www.ziyouz.com
кутубхонаси
104
Shermuhammadbek o‘z odamlarini tashqarida qoldirib, qaytib kirdi. O’zini o‘ng‘arolmay yo‘qotib
qo‘ygan Zinovev dedi:
— Sizlar o‘zi nimani xohlaysizlar:
— Nima, hali ham tushunmadingizmi?
— Hurriyat, istiqlol uchun kamida bir million qurollangan, harbiy ta’lim ko‘rgan yigit kerak
bo‘ladi, Bek. Sizda shuncha kuch bormi? Bundan tashqari, o‘zlaringizning ichingizda sizday
vatanparvarlar barmoq bilan sanarli-ku. Sizni istaklaringizni hukumatimiz qabul qilgani bilan,
o‘zlaringiz ichingizda sizga qarshilar ko‘p-ku.
— Gapingiz noto‘g‘ri. Bizning xalqimiz ichida siz aytgan murtadlar ko‘p emas, siz aytgancha
barmoq bilan sanarli. Askarlarga kelsak, yigitlarimiz adadini ikki millionga ham yetkaza olamiz.
Turkistonda bizlar o‘n besh millionmiz!
Shermuhammadbek shunday deganicha Zinovev bilan yakkama-yakka muzokarani tark etib, hay’ati
bilan qarorgohiga qaytib ketdi.
Muzokaralar shu ruhda keskin yakun topgan bo‘lsada, har holda, uzil-kesil javob qo‘rboshilar
qurultoyidan keyin berilishi ma’lum qilib qo‘yildi.
Zinovev Shermuhammadbek ortidan qarab qolarkan, shunday jasur, mard, diplomatiya sohasida
ham mohir qo‘mondon qaysi qozonda pishganiga aqli yetmay, qaltirog‘ini bosishga ojiz edi.
— O’rtoq qo‘mondon, bir oz dam oling, issiq choy tayyorladik, — deya ordinarets uni qo‘ltig‘idan
olib, o‘rindiqqa o‘tkazdi...”
O’sha davrdagi matbuot xabarlariga ko‘ra, qo‘rboshilar qurultoyidan so‘ng.
Shermuhamadbek sho‘ro qo‘mondonligini sulh tuzish haqidagi taklifiga uzil-kesil rad javobini
yuborgan. Yana sovet adabiyotlariga murojaat qilamiz:
“Keyingi kunlarda bosmachilar bilan bo‘lgan uzoq davom etayotgan, toliqtiruvchi kurashda, Far-
g‘onaning qishloq aholisi, shaharlarda istiqomat qiluvchilar va qizil armiyaning – barchaning joniga
tekkan kurashda keskin burilish ko‘zda tutilgan edi. “Musulmon armiyasi bosh qo‘mondoni
Ko‘rshermat” boshchiligidagi bosmachilar qo‘rboshilari bizning qo‘mondonligimiz bilan qurolli
kurashni to‘xtatish shartlari haqida muzokaralar olib bordilar. Tinchlikka sidqidil intilish holatidan
ruhlangan sovet hokimiyati qo‘rboshilarining tayanchiga zarba bera o‘laroq, qator iqtisodiy
masalalarda yon berish yo‘lini tutdi. Bizning vakillarimiz musulmon qonuni-shariat bo‘yicha sulhni
qarshiliksiz tan oldilar va shu kabi boshqa masalalarda yon berdilar. Illo, ular, Farg‘onada tinchlik
o‘rnatilgach, qishloqlarda haqiqiy Sovet qurilishini amalga oshirishga imkon topilgach, mahalliy
o‘zbeklarning ko‘z oldini qoplab olgan diniy tuman asta-sekin tarqalib ketadi va Sovet tuzumining
foydali tomonlari o‘z-o‘zidan tushunarli bo‘lib qolishini bilar edilar. Bizning vakillarimiz uchun eng
muhimi – cho‘zilib ketgan qattol urushga barham berish edi.
Bosmachilar qo‘rboshilariga esa, ko‘rinib turibdiki, butunlay boshqa narsalar kerak ekan; ular
bizning oldimizga eng muhimi — qurolni topshirishga rozi bo‘lmaslik kabi bajarib bo‘lmaydigan
shartlarni qo‘yib, qizil armiyaga hal qiluvchi zarba berish uchun o‘z qo‘shinlarini tartibga keltira
boshladilar.
Bizning qo‘mondonligimiz buni oldindan bilib, Ko‘rshermatdan uzil-kesil qurolsizlanishni talab
etdi, u bu talabni rad qildi; shundan so‘ng bosmachilarning bizga hujum qilishi rejasini amalga
oshishining oldini olish uchun qizil armiya 12 sentyabrdan 13 sentyabrga o‘tar kechasi Ko‘rshermat
qo‘shiniga qarshi operatsiyalarni boshlab yubordi...”
Zinovevning sulh muzokaralari natijasiz tugaganligi haqidagi hisoboti V.I.Leninga ham yetib bordi.
Lenin o‘sha paytda Toshkentda bo‘lgan, sulh muzokaralarida ishtirok etgan R.A.Ioffega xat yozib,
bosmachilik bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatni yashirmay, do‘stlik hurmati, haqiqiy ahvolni yozib
yuborishni hamda qo‘rboshi Shermuhammad to‘g‘risida batafsilroq ma’lumot berishni so‘radi.
Muzokaralar natijalari RKP (b) MK Turkiston byurosi, Turkfront qo‘mondonligi va hukumatning
qo‘shma majlisida muhokama etilib, mujohidlarga yon bermaslik, keskin choralar ko‘rishga qaror
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |