YAllig‘lanish o‘chog‘ida hosil bo‘lgan ekssudatsiya jarayoni ko‘pincha zaharli
moddalarni neytrallab, suyultirib himoya fiziologik ahamiyatga ega. YAllig‘lanish
o‘chog‘iga
emigratsiyalangan
leykotsitlar
kasallik
chaqiruvchi
sababni
zararsizlantiradi va hujayra-to‘qima bo‘lakchalaridan yallig‘lanish o‘chog‘ini tozalab,
keyinchalik proliferatsiya jarayonida ishtirok etadi.
Qon harakatini sekinlashishi,
fibrinni cho‘kishi, limfani ivishi mexanikaviy bar’er hosil qilib, mikroblarni organizm
bo‘ylab tarqalishini va toksinlarni so‘rilishiga qarshilik ko‘rsatadi. To‘plangan
ekssudat yallig‘langan to‘qima elementlarini oralariga tarqalib, yallig‘langan
to‘qimani qotiradi. Boshqa holatlarda ekssudat bo‘shliqlarda to‘planib, atrof
to‘qimalarga bosim beradi. Ba’zan suyuqliklarni qon va limfaga so‘rilishi evaziga
mikrob va uning toksinlarini organizm bo‘ylab tarqalishiga sabab bo‘ladi. Demak,
leykotsitlar emigratsiyasi aktiv biologk jarayon bo‘lib unda mexanikoviy va fiziko-
kimyoviy o‘zgarishlar muhim o‘rin egallar ekan.
Proliferatsiya jarayoni yallig‘lanishning barcha davrlarida hosil bo‘lib,
alteratsiya kechayotgan davrda kam miqdorda bo‘lsada to‘qima hujayralari ko‘payib
o‘zining eng kuchli ko‘payish davriga yallig‘lanishning oxirgi davrlarida etadi.
To‘qima hujayralarini ko‘payishini kuchayishi
parchalangan mahsulotlar va
to‘qimalarda moddalar almashinuvining buzilishidan hosil bo‘lgan moddalar hamda
patogen agentining o‘zining ta’siridan hosil bo‘ladi. To‘qima va hujayralarni
tiklanishida yallig‘lanish markazidagi RES hujayralari ya’ni qon tomirlar endoteliyasi,
adventitsiyasi, fibroblastlar, gistiotsitlar, fibrotsitlar
va qon tomirlari orqali
emigratsiyalangan monotsitlar ishtirok etadi. Hujayra elementlari harakatchan bo‘lib
fagotsitoz jarayonida ishtirok etadi. Bularga makrafaglar deyilib, ularga Ranve
plazmaditlari, poliblastlar, Maksimovning tinchlikdagi adashgan hujayralari,
turli
gistioditlar kiradi. Makrofaglar hujayra bo‘lakchalarini tromb, hujayralarni
parchalanish mahsulotlarini va b. hujayra ichidagi parchalanishini ta’minlaydi.
Proliferatsiya jarayonidan so‘ng regeneratsiya jarayoni rivojlanib,
biriktiruvchi to‘qimalarni o‘sishi, qon tomirlari, qoplovchi to‘qimalar ko‘payib bez
hujayralari qayta tiklanadi. YOsh tez usuvchi biriktiruvchi to‘qima qon tomirlariga
boy bo‘lib, granulatsiyalovchi to‘qima deyiladi. Biriktiruvchi to‘qima periferiyadan
markazga qarab o‘sib, sog‘lom to‘qima bilan yallig‘langan to‘qima o‘rtasida to‘siq
bo‘lib, mikroorganizmlarni yallig‘lanish o‘chog‘idan organizmga tarqalishga yo‘l
qo‘ymaydi. YAllig‘lanish tugashi bilan granulatsiyalangan to‘qimada
oraliq tolador
moddalar hosil bo‘lib, qon tomirlar kamayib, yosh mezenxima hujayralari o‘sishdan
to‘xtab, oxirda zichlashgan biriktiruvchi to‘qimali chandiq hosil bo‘ladi. Hosil
bo‘lgan chandiqlar turli funksiyalarni buzilishiga sabab bo‘lib, qizilo‘ngach, me’da,
siydik yo‘llarida hosil bo‘lib, ularni torayishiga sabab bo‘ladi, bug‘imlar
harakatchanligi va boshqalar o‘zgaradi. Agar kichik qismlar jarohatlansa to‘qima
xususiy hujayralar hisobiga tiklanadi va chandiqlar hosil bo‘lmaydi.
To‘liq tiklanish yallig‘lanish o‘chog‘idagi kasallik chaqiruvchi sabablarni
bartaraf qilib, parchalanish mahsulotlari so‘rilib, hosil bo‘lgan deffekt chandiq hosil
qilmasdan spetsifik hujayralar evaziga tiklanishi bilan xarakterlanadi.
Qisman tiklanishda hosil bo‘lgan defekt xususiy to‘qimalar evaziga emas, balki
biriktiruvchi to‘qima hisobiga tiklanadi. Ba’zi holatlarda ya’ni
teridagi kichik
chandiqlar deyarli funksional o‘zgarishlar chaqirmasada, lekin plevra, perikard
bo‘shliqlarini yallig‘lanish jarayonlarida yoki funksional o‘zgarishlarni chaqirishi
mumkin (MNSda chandiq hosil bo‘lishi). Hayotiy muhim organlarda hosil bo‘lgan
yallig‘lanishlarda kuchli chegaralanish yuz beradi.
Surunkali holatlar qarri yoki zaiflashgan organizmlarda kuzatiladi.
Bu vaqtda
yallig‘lanish belgilari xususan qon tomirlar reaksiyalari (ekssudatsiya, emigratsiya,
qon aylanishini buzilishi) zaiflashgan va bunda proliferativ jarayonlar ustunligi bilan
kechadi, fibrin o‘sgan to‘qima qotadi. Ba’zi holatlarda N.S. trofik funksiyasi
buzilganida uzoq tuzalmaydigan yarali yallig‘lanish rivodlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: