va oldingi nutqiy gap qolipidan mutlaqo farqlanmaydi.
So`zlarning nutqiy voqelanishi ular bevosita konstruktiv bo`lakka bog`langanda
yuz beradi. Konstruktiv bo`lak bo`lishi uchun kesimlik shakllanishi zarur bo`ladi.
Chunki kesim mavjud bo`lsagina, unga bog`langan ayrim so`zlar konstruktiv bo`lak
tabiatiga ega bo`ladi. Masalan, qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali
butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o`rinni egallashi nutqiy hosilasi xabar
ifodalash xususiyatiga ega emas. Chunki unda kesim yo`q. Demak,
bu hosila gap
emas va unda gap bo`laklari ham mavjud emas. Bu hosila gap qolipiga daxldor
qilinsa, qolip to`ldiruvchisi maqomini olsa, so`zlardan mutlaq hokimlarining mavqei
o`zgaradi va boshqalari ham Shu hokim unsur orqali gap qolipiga kiradi. Bu yoyiq
unsur gapda kesim, ega, hol kabi konstruktiv bo`laklar mavqeini egallashi mumkin.
Kesim: Mening orzuim - qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali
butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o`rinni egallashi.
Ega: qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali
butun jahon bosqichi
mintaqa tanlovida yuqori o`rinni egallashi -mening orzuim.
Hol: qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi
mintaqa tanlovida yuqori o`rinni egallaganligi uchun biz behad ruhlandik.
Demak, dastlabki nutqiy hosila gap tarkibiga kiritilsa, undagi bosh kengayuvchi
unsur (egallashi) gapning konstruktiv bo`lagiga aylanadi, sifat o`zgarishiga uchraydi,
gap qolipiga bevosita daxldorlik kasb etadi. Lekin uning kengaytiruvchilari u orqali -
bilvosita gap qolipiga aloqador bo`ladi, ular mavqeidagi o`zgarish sifat o`zgarishi
darajasida bo`lmaydi.
So`z va gap kengaytiruvchilari bir-biriga aylanib turadigan hodisalardir.
Masalan, Kecha kelgan bolani tanimadim gapida kecha so`zi kelgan so`zining
kengaytiruvchi. Lekin Bola nega keldi? gapida u gap kengaytiruvchisi maqomini
olgan. Birinchi birikuvda u kelgan so`zshaklidagi zamon ma‘nosiga bog`langan.
Ikkinchi gapda esa so`zshakl kesimlik kategoriyasi tarkibidagi zamon ma‘nosiga
daxldordir. Kecha kelgan bola birikuvidagi kelgan so`zshaklidagi zamon ma‘nosi
bilan keldi so`zshaklidagi zamon ma‘nosi farqlanadi. Birinchi so`zshakldagi zamon
sifatdosh shaklining ma‘nosi bo`lsa, keldi gap markazida tasdiq-inkor,
modallik,
shaxs-son va kesimlik pozitsiyasi unsurlari sistemasidan iborat butunlikning tarkibiy
qismidir. To`g`ri chiziq uchburchakning tomoni sifatida boshqa mohiyatga,
kvadratning tomoni sifatida boshqa mohiyatga ega bo`lgani kabi, zamon ham Kecha
kelgan bola birikuvida boshqa, Bola kecha keldi birikuvida boshqa butunlikning
tarkibiy qismidir. Harakatning bajaruvchisi ham goh so`z kengaytiruvchisi, goh gap
kengaytiruvchisi sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Salim kecha kelgan.
Salim
kecha kelganda men yo`q edim juftligining birinchisida Salim gap kengaytiruvchisi
(ega), ikkinchi gapda esa so`z kengaytiruvchisidir, Ya‘ni konstruktiv bo`lak emas.
Shuningdek, keltirilgan misoldagi mintaqa bosqichida unsuri egallashi so`zi kesim
mavqeida kelganda konstruktiv bo`lak, boshqa hollarda (hol va ega bog`langanda)
esa so`z kengaytiruvchisidir.
Demak, ma‘lum bo`ladiki, muayyan aktant birlikning gap yoki so`z
kengaytiruvchisi mavqeida bo`lishi kengayuvchi so`zning sintaktik mavqei bilan
belgilanadi.
Gap bo`lagi maqomida so`z ham, so`z birikmasi ham kelishi mumkin. Gap
bo`lagi vazifasida kelgan so`z o`z kengaytiruvchilari bilan bir butun holda bitta gap
bo`lagi (yoki bo`lakning bo`lagi) sanaladi.
Gapni bo`laklarga ajratish va so`z birikmasiga ajratish sintaktik tahlilning ikki
xil ko`rinishidir. Gapni bo`laklarga ajratish kommunikativ birlik tahlili bo`lsa, so`z
birikmalariga ajratish nominativ birlik tahlilidir.
Demak, to`ldiruvchi va aniqlovchi so`z kengaytiruvchilari bo`lganligi
bois gap
bo`laklari tahlilida e‘tiborga olinmaydi. Gapni so`z birikmalariga ajratishda esa
kengayuvchi so`z kengaytiruvchi so`z bilan birikma sifatida olinadi. Gap
kengaytiruvchilari biror so`z (atov birligi) ma‘nosini emas, balki kesimlik
qo`shimchasi ma‘nosini muayyanlashtirganligi bois, so`z birikmalari sifatida
olinmaydi.
Demak,
xulosa
qilish
mumkinki,
so`z
kengaytiruvchilari
va
gap
kengaytiruvchilari munosabatidan kelib chiqqan holda so`z
birikmalari tahlilini gap
bo`laklari tahlili bilan qorishtirmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: