119
Ammo shuni nazarda tutish kerakki, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan
samaradorlikni aniqlashning ma‘lum usullarini ko‗r-ko‗rona ko‗chirishning ma‘nosi
yo‗q. Mehmonxonalarning o‗ziga xosligiga asoslanib, uning samaradorligini aniqlash
uchun nimalarni hisoblash zarurligini aniq bilib olish lozim. Chunki mehmonxona
industriyasining samarasi yo mehmonxonaga keluvchi turistlar soni bilan, yoki o‗ziga
xos mahsulot ishlab chiqaruvchi turizm tijorat bo‗linmalari faoliyatining hajmi bilan
aniqlanadi.
Mehmonxona industriyasi faoliyatining keng doiradagi turlarini o‗z ichiga oladi va
uni faqat dam olish bilan bog‗liq hodisa sifatidagi an‘anaviy tasiy tasavvur doirasidan
chetga chiqadi, shu sababli uning samarasiga ancha sodda va kam mehnat talab qiladigan
sanoat uchun xos bo‗lgan takliflar nuqtai nazaridan emas, balki iste‘molchining alohida
turining talablari nuqtai nazaridan qaramoq lozim.
Boshqa tarmoqlarda tijorat korxonalari tovar ishlab chiqarish va xizmat bilan
shug‗ullanadi. Lekin, mehmonxona industriyasini faqat tovarlar (xizmatlar) ishlab
chiqarishdan iborat deb bo‗lmaydi, chunki faoliyatning bu turi ishlab chiqariladigan
tovar
(xizmat)ning
qandayligiga
qarab
emas,
ko‗proq turizm mahsuloti
iste‘molchilarining xususiyatlari va miqdoriga qarab aniqlanadi. Demak mehmonxona
industriyasining samarasi uning har qanday mahsulotining pirovard iste‘molchisiga
bog‗liq, bu ko‗p darajada iste‘molchining qandayligiga va kamroq darajada mahsulot
turiga bog‗liq.
Mehmonxona mahsulotining iste‘molchisi samaradorlikning mahim elementi
ekanligini aniqlab, uning puli mehmonxona tovariga yoki xizmatiga almashtirilishini
ko‗zda tutamiz, bu esa «mehmonxona xarajatlari»ga olib keladi. Har qanday xarajat
tarmoq faoliyatining samarasiga bevosita ta‘sir qiladi. Shu sababli, turizm xarajatlariga
tegishli ma‘lumotlar mehmonxona xo‗jaligini boshqarish asosiga qo‗yilgan eng muhim
jihat hisoblanadi. Undan mehmonxona industriyasining milliy iqtisodiyot va
mehmonxona industiyasining turli sektorlariga ta‘sirini kuzatish va baholash uchun
foydalaniladi.
Menejment samarasi inson faoliyatining turli sohalarini qamraydi. Ishni samarali
yuritish, natijali, unumli ishlashni bildiradi. Samaradorlik maqsadga qarata ta‘sir qilishga
o‗xshashdir. Shuning uchun, u boshqaruv tusida bo‗lib, qo‗yilgan maqsadlarga erishish
darajasini aks ettiradi. Demak, samaradorlikni natija va maqsadning yoki natija va uni
olishga xarajatning nisbati deb qarash kerak.
Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish ham ana shunga asoslangan. «Mehmonxona
industriyasi» tushunchasi birlashtiradigan barcha kichik tizimlarning samarali ishlashi
to‗g‗risida bormoqdaki, bozor iqtisodiyotida boshqaruvchi tizim uning samarali
ishlashini ta‘minlaydi. Shuning uchun ham, turizmda menejmentning samaradorligi
deganda bu tarmoqdagi har bir tashkiliy-xo‗jalik bo‗g‗inning muvaffaqiyatli ishlashi va
rivojlanishini ta‘minlaydigan boshqaruvni tushunmoq kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: