O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehmonxona xizmatlarini standartlash jarayonlari



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
#51199
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103
Bog'liq
mehmonxona xojaligini boshqarish

2.Mehmonxona xizmatlarini standartlash jarayonlari 
Standartlashtirish  jarayonida  standartlashtirish  obyektiga  doir  normalar,  qoidalar, 
talablar, shartlar ishlab chiqiladi va normativ hujjat tarzida rasmiylashtiriladi. Normativ 
hujjatlarning  turlari  Standartlashtirish  halqaro  mehmonxonai  (ISO)  tomonidan  tuzilgan 
ISO

MEK  2  qo‗llanmasida  tavsiya  etilgan.  Bular  standartlar,  texnik  shartlar,  qoidalar 
to‗plamlari, reglamentlardir.  
Standart  –  muayyan  kelishuvga  ko‗ra  ishlab  chiqilgan,  e‘tirof  etilgan  organ 
tomonidan  tasdiqlangan,  ma‘lum  sohada  oqilona  tartib  o‗rnatishga  yo‗naltirilgan 
normativ  hujjat.  Standartda  faoliyatning  har  xil  turlari  yoki  ularning  natijalariga  doir 
umumiy  yoki  ko‗p  karra  qo‗llaniladigan  umumiy  prinsiplar,  qoidalar,  shartlar 
belgilanadi.  Standart  fan,  texnika  va  amaliy  tajribaning  umumlashtirilgan  natijalariga 
asoslanishi, jamiyat uchun mumkin qadar ko‗proq foyda keltirishga yo‗naltirilishi lozim.  
ISO

MEK 

qo‗llanmasi  standartlashtirish  bo‗yicha  halqaro  tajribani 
umumlashtirib, standartlarning qo‗llash mumkin bo‗lgan quyidagi turlarini tavsiya etadi: 

  asosiy  standart  keng  amal  qilish  sohasiga  ega  bo‗ladi  yoki  ma‘lum  soha uchun 
umumiy qoidalarni o‗zida jamlaydi. Asosiy standart bevosita standart sifatida qo‗llanishi 
yoki boshqa standartlarga asos bo‗lib xizmat qilishi mumkin; 

  terminologik  standart,  qoida  tariqasida,  muayyan  ta‘rif,  ayrim  hollarda  esa  – 
izoh,  illyustratsiya  va  h.k.  beriladigan  atamalarga  nisbatan  amal  qiladi.  Misol  uchun, 
quyidagi  atamalar  standartlashtirilishi  mumkin:  mehmonxona  xizmati,  umumiy 
ovqatlanish xizmati, mehmonxona, restoran, kafe, bar va h.k.; 

  sinov  uslublari  standarti  har  xil  sinovlar  va  ular  bilan  bog‗liq  harakatlar 
uslubikasi, qoidalari, taomillarini belgilaydi; 

  xizmat,  jarayon,  mahsulot  standarti  xizmat,  jarayon,  mahsulotning  o‗z 
maqsadiga muvofiqligini ta‘minlash uchun ular qanoatlantirishi lozim bo‗lgan talablarni 
belgilaydi; 

  muvofiqlik  standarti  mahsulot  yoki  tizimlarning  ular  qo‗shiladigan  joylardagi 
muvofiqligi bilan bog‗liq talablarni belgilaydi; 

  ochiq  ifodalarga  ega  bo‗lgan,  standartni  identifikatsiya  qilmaydigan  standart 
xizmat  yoki  jarayonni  muayyanlashtirish  uchun  miqdorlar  yoki  boshqa  ko‗rsatkichlar 
ko‗rsatilishi  lozim  bo‗lgan  tafsilotlar  ro‗yxatidan  tashkil  topadi.  Qoida  tariqasida, 
bunday  ma‘lumotlar  ishlab  chiqaruvchi  yoki  iste‘molchi  tomonidan  shartnoma 
munosabatlarida muayyanlashtiriladi.   
Texnik  shartlar  hujjati  xizmat  (mahsulot,  jarayon)  qanoatlantirishi  lozim  bo‗lgan 
texnik  talablarni  belgilaydi.  Texnik  shartlar  hujjatida,  zarur  holda,  mazkur  talablarga 
rioya qilingan-qilinmaganligini aniqlash tartib-taomillari ko‗rsatilishi lozim.  
Qoidalar  to‗plami  –  loyihalash,  tayyorlash,  xizmat  ko‗rsatish,  foydalanish  texnik 
qoidalari yoki tartib-taomillarini tavsiya etuvchi hujjat. 
Reglament  –  majburiy  huquqiy  normalar  ifodalangan  va  hokimiyat  organi 
tomonidan qabul qilingan hujjat.  


 

117 
Inson  faoliyatining  barcha  sohalarida  halqaro  savdo  va  halqaro  hamkorlikning 
rivojlanishi  obyektiv  tarzda  milliy  standartlarni  muvofiqlashtirish  (uyg‗unlashtirish), 
xalqaro  standartlar  ishlab  chiqish  va  ularni  amalda  keng  qo‗llashni  taqozo  etdi.  Sifatni 
boshqarish  sohasidagi  jahon  tajribasi  1987  yil  martda  qabul  qilingan  va  1994  yilda 
yangilangan  ISO  9000-9004  halqaro  standartlar  paketida  jamlangan.  ISO  9000 
standartlari o‗z klassik variantida sanoat uchun ishlab chiqilgan edi.  
Biroq,  ularda  bayon  etilgan  sifat  tizimlari  falsafasi  universaldir.  Shu  bois,  hozirda 
turli  faoliyat  sohasidagi  korxonalar  va  mehmonxonalar  bu  metodologiyadan  faol 
foydalanmoqdalar.  SHuni  qayd  etish  kerakki,  chet  elda  minglab  mehmonxonalar  va 
restoranlar  o‗z  sifat  tizimlarini  milliy  va  halqaro  sertifikatlashtirish  tizimlarida 
ro‗yxatdan  o‗tkazadilar.  Bu  ularga  raqobat  kurashida  muayyan  ustunliklar  beradi.  ISO 
9004-2  «Sifatni  umumiy  boshqarish  va  sifat  tizimi  elementlari.  2-qism.  Xizmatlar 
bo‗yicha  rahbar  ko‗rsatmalar»  halqaro  standartining  qabul  qilinishini  xizmatlar  sifatini 
boshqarish sohasida jahon tajribasi erishgan yutuq deb hisoblash mumkin.  

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish