3.Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar
Oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish omillariga quyidagilar kiradi:
qarorlar qabul qilishda ierarxiyaga rioya qilish;
funksiyalararo guruhlardan foydalanish;
to‗g‗ridan-to‗g‗ri gorizontal aloqalardan foydalanish;
rahbarlikni markazlashtirish.
Qarorlar qabul qilishda ierarxiya - qarorlar qabul qilish vakolatini boshqaruvning
zarur axborot ko‗proq bo‗lgan va qabul qilingan qarorni amalga oshirishda bevosita
ishtirok etadigan darajasiga o‗tkazish. Bu holda turdosh darajalarning xodimlari qabul
qilingan qarorning ijrochilari hisoblanadi.
Funksiyalararo maqsadli guruhlardan foydalanish. Mazkur guruhlarning a‘zolari
mehmonxonaning turli bo‗limlari va darajalaridan tanlab olinadi.
To‗g‗ridan-to‗g‗ri (bevosita) gorizontal aloqalardan foydalanish. Bu holda (ayniqsa,
qaror qabul qilishning dastlabki bosqichida) axborot yig‗ish va unga ishlov berish yuqori
rahbariyatga murojaat etmasdan amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv qarorlarni
nisbatan qisqa muddatda qabul qilish va ularning bajarilishi uchun javobgarlikni oshirish
imkonini beradi.
Rahbarlikni markazlashtirish. Qaror qabul qilish jarayoni bir (umumiy) rahbarning
qo‗lida jamlanadi. Bu holda qarorlar qabul qilishda ierarxiya vujudga keladi, ya‘ni har
bir quyi rahbar o‗z muammolarini eng yuqori darajadagi rahbar bilan emas, balki
o‗zining bevosita rahbari bilan birga hal qiladi (qarorlar qabul qiladi).
Qabul qilingan qaror hal qilinayotgan muammo va mehmonxona maqsadlaridan
kelib chiqadigan talablarga javob berishi, ya‘ni:
oqilona;
tejamli;
asoslangan;
real;
o‗z vaqtida qabul qilingan bo‗lishi lozim.
Qarorlarning oqilonaligini ta‘minlashda qabul qilingan qarorlarni ijrochilarga
etkazish uslublari alohida rol o‗ynaydi. Qarorlarni ijrochilarga etkazish odatda gruppaviy
va individual topshiriqlarni ajratish va ijrochilarni tanlashdan boshlanadi. Natijada, har
bir xodim o‗zining bevosita xizmat majburiyatlariga qarab muayyan topshiriq oladi.
Ijrochilarga topshiriqlar bera olish qabul qilingan qarorning samaradorligini
ta‘minlashning bosh manbaidir. Shu munosabat bilan qarorlar bajarilmasligining to‗rt
asosiy sababi farqlanadi:
qarorni menejer etarli darajada aniq ta‘riflamagan;
111
qaror aniq ta‘riflangan, biroq ijrochi uni yaxshi tushunmagan;
qaror aniq ta‘riflangan va ijrochi uni yaxshi tushungan, biroq u mazkur qarorni
bajarish uchun zarur shart-sharoit va vositalarga ega bo‗lmagan;
qaror aniq ta‘riflangan, ijrochi uni yaxshi tushungan va bajarish uchun barcha
zarur vositalarga ega bo‗lgan, biroq u qarorning menejer taklif qilgan variantiga ichdan
rozi bo‗lmagan. Ayni holda ijrochi mazkur muammoni hal qilishning o‗z, uning nazarida
yanada oqilona yechimiga ega bo‗lishi mumkin.
Ijrochilarga topshiriqlar berish ishining asosiy mazmuni ongda boshqaruv qarorini
bajarish
bo‗yicha bo‗lg‗usi faoliyatning muayyan obrazi (texnologiyasi)ni
gavdalantirishdan iborat. Ijrochi topshiriqni olganidan va uni idrok etganidan keyin unda
mazkur ish haqida dastlabki tasavvur paydo bo‗ladi. Shundan so‗ng, g‗oya (topshiriq
modeli) aniqlanadi, ichki va tashqi muhitning amaldagi va obyektiv sharoitlariga
moslashtirish yo‗li bilan boyitiladi.
Shu asosda qarorni bajarish texnologiyasi (ijrochining menejer topshirig‗ini
bajarish bo‗yicha faoliyatining ideal modeli) ishlab chiqiladi. Ijrochi faoliyatining
modeli menejerning dastlabki g‗oyasiga muvofiq bo‗lishi uchun unga (modelga) bir
qancha talablar qo‗yiladi:
modelning mukammaligi;
dastlabki g‗oyaning modelda aks etish darajasi;
stressga chidamliligi va mustahkamligi;
modelning moslashuvchanligi;
muvofiqlashtirilganligi;
motivlashtirilganligi.
Qaror modelining mukammalligi uning, bir tomondan, rahbar g‗oyasiga, uning
qaroriga va qo‗ygan vazifalariga, ikkinchi tomondan esa – ijrochilik faoliyatining
mazmuni, tuzilishi va shartlariga muvofiqligini tavsiflaydi. Ijrochiga ishga kirishishdan
oldin bo‗lg‗usi faoliyatning barcha jihatlarini tasavvur qilish imkonini beruvchi model
mukammal modelning ideal variantidir.
Dastlabki g‗oyaning modelda aks etish darajasi operativ modelni unda bo‗lg‗usi
faoliyatning butun dinamikasi mujassamlashganligi nuqtai nazaridan tavsiflaydi.
Modelning stressga chidamliligi va mustahkamligi ijrochining o‗z ongida
shakllangan harakatlar rejasini har qanday murakkab sharoitda aniq bajarishga
qodirligini nazarda tutadi.
Modelning moslashuvchanligi - bu mezon bir qarashda yuqorida keltirilgan
mezonlarga
zid
tuyuladi.
Bu
modelning
barqarorligi
(turg‗unligi)
va
moslashuvchanligining oqilona nisbatini tanlashni taqozo etadi.
Qaror modelining muvofiqlashtirilganligi shu bilan bog‗liqki, ijrochi ko‗pincha
ishning o‗z bosqichini yolg‗iz bajaradi, shu bois uning harakatlari vazifalar, vaqt va
joyga ko‗ra boshqa ijrochilarning vazifalari bilan muvofiqlashtirilishi lozim.
Qaror modelini motivlashtirish. Ma‘lumki, qarorni tushunish va uning ideal
modelini o‗zlashtirish ijrochilarning bor imkoniyatlari lozim darajada safarbar etilishini
doim ham ta‘minlayvermaydi, shu bois ularning faoliyatini motivlashtirish talab etiladi.
Topshiriqlarni bajarishda ijrochilarni faollik ko‗rsatishga da‘vat etuvchi motivlarga ta‘sir
112
ko‗rsatish rahbariyat tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarishga mehnat jamoasini
safarbar etishning bosh mazmunidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |