O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


-MAVZU.   MEHMONXONA XO„JALIGIDA BOSHQARUV QARORLARI



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
#51199
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103
Bog'liq
mehmonxona xojaligini boshqarish

18-MAVZU.
 
MEHMONXONA XO„JALIGIDA BOSHQARUV QARORLARI 
VA ULARNING IJROSINI TA‟MINLASH 
Reja: 
1.Boshqaruv qarorlarining ahamiyati 
2.Boshqaruv qarorlarining tasnifi 
3.Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar 
4.Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ijrosini ta‟minlash va nazorat qilish 
 
1.Boshqaruv qarorlarining ahamiyati 
Boshqaruv qarori muayyan muammoni hal qilishga yo‗naltirilgan ijtimoiy hujjatdir. 
Qarorlar  qabul  qilish  menejer  faoliyatining  asosiy  va  eng  mas‘uliyatli  turlaridan  biri 
hisoblanadi,  chunki  boshqarishning  samaradorligi,  binobarin,  mehmonxona  ishining 
samaradorligi  boshqaruv  qarorlari  to‗g‗ri  va  o‗z  vaqtida  qabul  qilinishiga  bog‗liq 
bo‗ladi.  
Qarorlar  qabul  qilish  zaruriyati  boshqarish  jarayonining  barcha  bosqichlarida 
yuzaga  keladi  va  boshqaruvchi  mehnatining  turli  jihatlari  bilan  bog‗liq  bo‗ladi.  Garchi 
biz  har  birimiz  kun  davomida  o‗nlab  qarorlar  (qaerda  tushlik  qilsam  ekan?  nima  sotib 
olsam ekan? va h.k.) qabul qilsak-da, boshqaruv qarorlari qabul qilish kundalik shaxsiy 
hayotda qabul qilinuvchi qarorlardan ancha farq qiladi.  
Menejer  uchun  qarorlar  qabul  qilish  –  doimiy  va  mas‘uliyatli  ish.  Har  qanday 
darajadagi  mehmonxona  rahbari  o‗z  faoliyatida  har  qadamda  muayyan  qarorlar  qabul 
qilish  zaruriyatiga  to‗qnash  keladi.  Qabul  qilingan  qarorlar  nafaqat  menejerga,  balki 
boshqa  odamlarga  va  aksariyat  hollarda  butun  mehmonxonaga  ham  tegishli  bo‗lganligi 
uchun  mazkur  jarayonning  tabiati  va  mohiyatini  tushunish  boshqarish  sohasida 
muvaffaqiyatga erishishni istagan har bir odam uchun juda muhimdir.  
Menejer  to‗g‗ri  qarorlar  qabul  qilishga  qodirligi  uning  muvaffaqiyatli  faoliyati 
ko‗rsatkichlaridan  biridir.  Menejerlar  boshqarishning  to‗rt  funksiyasini  –  rejalashtirish, 
tashkil  etish,  motivlashtirish  va  nazorat  qilish  funksiyalarini  bajaradilar.  Shu  bois,  ular 
har  bir  funksiya  bo‗yicha  muayyan  qarorlar  oqimi  bilan  ishlaydilar.  Qarorni  ishlab 
chiqish va qabul qilish – rahbar faoliyatidagi ijodiy jarayon. U quyidagi bosqichlarni o‗z 
ichiga oladi: 
1) maqsadni aniqlash va qo‗yish; 
2) muammoni o‗rganish; 
3) qabul qilinayotgan qarorlarning oqilonalik mezonlarini tanlash, bu mezonlarni va 
qabul qilinuvchi qarorlarning mumkin bo‗lgan oqibatlarini asoslash; 
4) qaror variantlarini ko‗rib chiqish; 
5) qarorni tanlash va uzil-kesil ta‘riflash; 
6) qarorni qabul qilish; 
7) qarorni ijrochilarga etkazish; 
8) qarorning ijrosi ustidan nazorat. 
Pirovardida  boshqaruv  qarori  boshqarish  faoliyatining  natijasi  sifatida  namoyon 
bo‗ladi. Boshqaruv qaroriga boshqarish mehnatining asosiy turi, boshqaruv vazifalarini 
amalga oshirish imkonini beruvchi o‗zaro bog‗liq, muayyan maqsadga yo‗naltirilgan va 
mantiqan izchil boshqarish harakatlari majmui deb qaraladi.  


 

109 
Qarorni  har  xil  belgilarga  qarab  tasniflash  mumkin.  Ammo  qaror  qabul  qilingan 
sharoit  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega.  Odatda,  qarorlar  aniqlik  sharoitida  yoki 
tavakkalchilik (noaniqlik) sharoitida qabul qilinadi.  
Aniqlik sharoitida menejer har bir qarorning natijalariga muayyan darajada ishonchi 
komil bo‗ladi. Tavakkalchilik (noaniqlik) sharoitida esa menejer faqat qarorning har bir 
varianti muvaffaqiyatini faqat taxmin qilishi mumkin.  

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish