bosimni egri tiklanish ma‘lumotlari asosida quduq tubining atrofi zonasidagi tog‗
jinslarining filtratsiya hossalarini, alohida bir zonasidagi hamda bir zumda ko‗p
martalik qatlamdagi hosil qilinadigan depressiyani va repressiyani hosil bo‗lishi
tezkor nazorat qilinadi.
―Bir zumlik‖ bosimning depressiyasini pasayishi
yoki uning tiklanishi
tushunchasi deganda bir necha sekunddan 100 sekundgacha bo‗lgan oraliq
tushuniladi. Oqimli apparatlardan foydalanib o‗zlashtirishda bir bo‗lak ishlarni yoki
quduq tubi zonasiga sun‘iy ta‘sir qilishdi quyidagi turdagi
ishlarning turi amalga
oshiriladi;
1.
Quduqlardan bosimni egri tiklanish ma‘lumotlari bo‗yicha tadqiqotlash;
2.
Qatlamning quduq tubi zonasiga bir zumda ko‗p martalik depressiyali va
repressiyali ta‘sir qilish;
3.
Reaksiya mahsulotlarini tezkor olib chiqish uchun qatlamning zonasida har xil
kimyoviy reaksiyalarni haydash;
4.
Indikator diagrammalarni qurish uchun har xil depressiyalarda quduqqa
oqimni kelishini tadqiqotlash.
10.6-rasm. Oqimli apparatlarning yer ustki jihozlarining va lift jamlanmasining sxemasi
tasvirlangan.
1-ishchi suyuqlik uchun sig‗im idishi; 2-nasos agregatlari; 3-filtrlar; 4-haydovchi chiziq; 5-
manometr; 6-bufer; 7-NKQ; 8-sirkulyasiya klapani; 9-bosim bilan siquvchi klapan; 10-shar;11-
oqimli apparat; 12-paker13-mahsuldor qatlam; 14-mustahkamlash tizmasi; 15- tizma boshchasi; 16-
chorbamroq; 17-planshayba; 18-tez olinuvchi birikma; 19-shtutser 20-ajratgich; 21-safr o‗lchagich;
22-mash‘ala chizig‗i; 23-ombor; 24-texnologik eritma uchun idish; 25-o‗lchov idishi; 26-qabul
idishi; a,b,v, g, z, d, n, k, l, m - zulfinlar.
391
Texnologik jarayonlar qatlamga ko‗p martalik depressiya va repressiyani hosil
qilishi, bosimni egri tiklanishini tahlil qilish
imkoniyatini beradi lekin, ularni aniq
sharoitlarda qo‗llash tavsiya qilinadi; mahsuldor yotqiziqning g‗ovakligi va
o‗tkazuvchanligi shu konning meyoriy qiymatidan kichik bo‗lishi
afzalroq, qatlam
mustahkam tog‗ jinislaridan tashkil topgan hamda ko‗p martalik bir zumda qatlamga
depressiya hosil qilinganda parchalanmasligi kerak.
Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda quduqning ustiga loyihaga muvofiq
favvora armaturasi maksimal kerakli ishchi bosimdagi ishlarni o‗tkazishni
ta‘minlash, NKQlarning maksimal kerakli bo‗lgan ichki bosimdagi mustahkamlikka
hisoblanadi.
Quvurning orqa fazasidagi ishchi bosim pasayganda mustahkamlash tizmasi
hosil bo‗ladigan ichki maksimal texnologik bosimga, nasos kompressor quvurlari esa
pachoqlanishga tekshiriladi.
Quduqning ichki jihozlari jamlanmasiga
quyidagilar kiradi; oqimli apparatlar
(barqaror, suqma va boshqa) pakerlar (mexanik, gidravlik yoki gidromexanik), nasos
kompressor quvurlari,
siquvchi, klapanlar (nasos kompressor quvurlarni ichki
bosimga siqish uchun), sirkulyasiya klapanlari, pakerni sinash uchun klapanlar.
Quduqning yer usti jihozlari – SA 320M, SA 400, 4 AN-700 turidagi nasos
agregatlari, 25 m
3
hajmdan kichik bo‗lmagan ishchi
suyuqliklarni saqlash uchun
hajmli idishlar; quduqdan chiqib keladigan flyuidlarni qabul qilish uchun 50 m
3
hajmdan kichik bo‗lmagan idishlar yoki omborlar;
quduqlarni bostirishda
(uchirishda) qo‗llaniladigan suyuqliklar kiradi. Quduqlarni uchirish uchun texnologik
eritma sifatida kalsiy xlor yoki natriy xlor bilan ishlangan texnik suvlardan
foydalaniladi.
10.7-rasmda quduqlarga ishlov berish qurilmasi (QIBQ) tasvirlangan bo‗lib, u
korpusdan (1) va nasosning ejektoridan (2) tashkil topgan.
Shar (8) klapan vazifasini bajaradi va ishchi suyuqlikni ishchi qisqa quvurga
(5) yunaltiradi va halqaga (3) qisilgan. Texnologik berkitgich (6)
quvurning orqa
fazosiga pakerni qisishni ta‘minlaydi.
10.8-rasmda quduqlarni o‗zlashtirish uchun ejektor qurilmasi (QUEQ) ning
oqimli apparati keltirilgan.
10.9-rasmda sinash asboblarining yer usti va yer osti jihozlarning
bog‗lanmasining moslamalari (UGIP) keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: