115
ko‘tarishga intiluvchi ko‘tarish kuchi vujudga kelishiga asosiy
sababdir. Lappak va nayza uchib chiqayotganda ana shunday
hodisa ro‘y beradi.
Havoning bunday harakati havo muhitining uchayotgan
asbobga ta’sirini kuchaytiradigan qarshidan esayotgan shamol
paytida ayniqsa sezilarli bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki,
agar ma’lum tezlik bilan (3–4 m/soniya gacha) esayotgan
shamolga qarshi lappak uloqtirilganda uning havodagi holati
to‘g‘ri bo‘lsa, natija tuzib chiqar ekan.
Asboblarning tuzilmasi o‘zgartirilganda (qoidalarda bun-
day imkoniyat cheklangan bo‘ladi) havo muhitining ta’siri
hisobga olinadi.
Masalan, lappakning uchayotganda ortiqcha tebranishiga
va uning aylanish radiusi kattalashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik
uchun (radius kattalashsa, havo muhitining qarshiligi ortadi)
lappakning og‘irlik markazini
uning giometrik markaziga
to‘g‘ri keltirish juda muhim. Musobaqa qoidalari yo‘l qo‘ya-
digan chegarada lappak shaklini havo eng qulay aylanib
o‘tadigan qilinadi va uning sathidagi g‘adir-budurliklar mi-
nimum darajasiga keltiriladi. Keyingi yillar tuzulmasi yuqori
natijaga erishishga imkon beradigan nayzalar ishlatilayapti.
Uchayotganda tebranishini kamaytirish uchun,
nayzani
qattiqroq materialdan yasaladi. Ko‘tarish kuchi ko‘payishi
uchun va ena borish (ïëàíèðîâàíèå) cho‘zilsin uchun nay-
zaning sathi (ya’ni yo‘g‘onligi) oshirilgan. Nayzaning og‘irlik
markazi uning o‘tkir uchidan musobaqa qoidasi yo‘l
qo‘ygancha maksimal masofada joylashgan bo‘ladi.
Nayzaning ko‘tarib boradigan sathining geometrik markazi
esa (shu markaz uchayotganda nayzaning bosim to‘g‘ri
keladigan markazi qayerda bo‘lishiga ancha ta’sir qiladi)
nayzaning og‘irlik markazidan oldinroqda,
lekin unga
yaqinroq joyda bo‘ladi (39-rasm). Bu bosim markazning
og‘irlik markazi atrofida uchi bilan pastga qarab aylanishga
sabab bo‘ladi. Agarda bosim markazi og‘irlik markazidan
116
ancha oldinda bo‘lsa, u paytda
nayza uchi bilan yuqoriga
buriladi va keyinchalik dum qismi bilan yerga tushadi
(markazlarning og‘irlik va bosim). Bunday har ikkala xil
joylanishida ham nayzaning tashqi qarshilikni yengib harakat
qilish xususiyati yomonlashadi, chunki havo qarshiligi ortadi
va ena borish masofasi qisqaradi.
Eng qulayi birinchi variant hisoblanadi.
Bunda bosim
markazi og‘irlik markazi oldida bo‘lib, unga mumkin qadar
yaqinlashgan bo‘ladi. Har qaysi nayzada bu masofa qancha
bo‘lishi kerakligini nayzani 30° burchak ostida uloqtirib sinab
ko‘rish bilan aniqlanadi. Yaxshi nayza ufqqa nisbatan eng
kichik burchak hosil qilib yerga tushadi.
Nayza tuzulmasini o‘zgartirayotganda shuni nazarda tutish
kerakki, bosim markazini oldinga siljitish maqsadida
nayzaning old qismini yo‘g‘onlashtirish, og‘irlik markazining
ham oldinga nayza uchi tomonga surilishiga sabab bo‘ladi.
Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun
nayzaning qoplami uchini
yengil narsadan yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: