Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


 OXIRGI KUCH BERISHGA ÒAYYORLANISH



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154
Bog'liq
engil atletika

4.5.3. OXIRGI KUCH BERISHGA ÒAYYORLANISH,
OXIRGI KUCH BERISH VA ÒO‘XÒASH
Oxirgi kuch berishga tayyorlanish turli xil uloqtirishda
har xil bo‘ladi, ammo barcha hollarda uloqtirish oxirida
asbob harakati tezligini oshirish katta ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, oxirgi kuch berishni bajarmoq uchun
uloqtiruvchi shunday holatda turishi kerak-ki, u holat oxirgi
fazani asbob eng katta tezlik bilan uchib chiqadigan qilib
bajarishga imkon bersin.
Uloqtirishning ko‘pchilik turlarida uloqtiruvchining
asbobni ayni qo‘ldan chiqarishgacha bo‘lgan oraliq
holatlarining umumiy jihatlari ko‘p. Bu oraliq holatlar uchun
uloqtirayotganda gavda, oyoq mushaklaridan to‘liq
foydalanish maqsadida 
UOM
bir qancha pastga tushishi
xarakterlidir. 
UOM
oxirgi kuch berish oldidan oyoqlarni
ma’lum kenglikda va bukib qo‘yilishi hisobiua pasayadi.
Bu paytda asbob mo‘ljaldagi uchib chiqish nuqtasidan
mumkin qadar uzoqda bo‘lishi (uning harakat yo‘li bo‘ylab)
juda muhim. Asbob uchib chiqish nuqtasidan va oldindagi
tayanch nuqtasidan eng ko‘p uzoqlashtirmoq uchun, asbob
tutgan qo‘l bilan birga gavdani uloqtirish yo‘nalishiga qarama-


103
qarshi tomonga engashtiriladi yoki
aylantirib buriladi (28-, 29-, 30-
rasmlar). Gavda qismlarining bunday
turishi uloqtiruvchi kuchining as-
bobga ta’sir etish yo‘lini uzaytirishga
imkon beradi.
Oxirgi kuch berish oldidan
oyoqlarni asbobga nisbatan sezilarli
ildamlatishdan maqsad ham shu.
Uloqtirishga tayyorlanishda yugurib
kelish tartibi buzilmasa, uloqtirish tomon umumiy olg‘a
intiluvchi harakat saqlab qolinsa, shundagina uloqtirishga
tayyorlanish eng to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi.
Oxirgi kuch berishga tayyorlanish jarayonida va asbobni
qo‘ldan chiqarish paytida uloqtiruvchi gavdasining ayrim
qismlari siljish tezligining o‘zgarish tavsifi umumiydir. Buni
chizmaviy tasavvur etsa ham bo‘ladi. (G.V.Vasilev fikricha):
1. Uloqtiruvchining asbob bilan birga dastlabki tezligi
(yugurib kelishga tayyorlanish va yugurib kelish).
2. Òezlikning umumiy oshirilishi (tezlanib yugurib kelish).
3. Uloqtiruvchi gavdasining yuqori qismiga va asbobga
nisbatan gavdaning pastki qismlari tezligini oshirish (oxirgi
kuch berishga tayyorlanish).
29-rasm.
 Lappak
uloqtirishdan oldingi holat.
30-rasm.
 Nayza uloqtirishdan oldingi
holat.
28-rasm.
 Yadro itqitishdan
oldingi holat.


104
31-rasm.
 Yadroni itqitib
yuborishdan oldingi holat.
32-rasm. 
Lappakni uloqtirib
yuborishdan oldingi holat.
33-rasm.
 Nayzani uloqtirib
yuborishdan oldingi holat.
4. Gavdaning pastki qismlari siljishini sekinlatib,
gavdaning yuqori qismlari bilan asbob harakatini tezlatish.
5. Olg‘a intiluvchi va aylanma harakatlarning to‘liq
to‘xtatilishi.
Uloqtirishga tayyorlanish bilan uloqtirishning o‘zi o‘zaro
bog‘liq bo‘lib, uni uloqtiruvchining bir holatdan ikkinchi
holatga oddiygina o‘tishi deb bo‘lmaydi. Bunda oyoqlar,
gavda, uloqtiruvchi va bo‘sh
qo‘l qanday holatda eka-
nining barcha qismlari bir-
biriga aloqador bo‘lib, bu-
ning muhim ahamiyati bor.
Masalan, har qanday uloq-
tirish turida ham asbobni tor-
tish jarayonida (31-, 32-,
33-rasmlar), uloqtiruvchi
bukilgan holatdagidan ko‘ra
kuchliroq ish bajarishi
uchun, u gavdasini tezroq
tiklashi muhim.


105
Oxirgi kuch berishdan to‘la foydalanish uchun mushak-
larning qayishqoqlik xususiyatidan foydalanish imkoniyatini
ham nazarda tutish kerak. Uloqtirishni bajarayotganda
mushaklar qayishqoqligidan bilib foydalanish, sportchilarga
iroda kuchi sarflash bir xil ekanida ham asbobga ko‘proq
kuch bilan ta’sir etish imkonini beradi. Mushaklarning
qayishqoq xususiyatidan foydalanish ayniqsa yakunlovchi
fazada muhimdir. Ma’lumki, mushaklar cho‘zilgandan keyin
o‘z uzunliklarini tiklash (qisqarish) xususiyatiga ega. Mu-
shaklarni cho‘zish uchun qanchalik ko‘p kuch sarflangan
bo‘lsa, ular qisqarayotganda shunchalik ko‘p ish bajaradilar.
Mushak cho‘zadigan kuchni ko‘paytirish, uning qisqa-
rayotganda shunga yarasha ko‘p ish bajarishiga, ya’ni uning
qisqarish tezligi shunchalik ortishiga imkon beradi.
Shunday qilib, muskullar elastikligidan foydalanishda ham
uloqtiruvchilarning samarali imkoniyatlari bor ekan. Mushak-
larning qayishqoq xususiyatidan mohirlik bilan foydalanishni,
masalan, yadro itqituvchilar panja bilan yakunlovchi harakat
bajargan paytda kuzatish mumkin. Yadroni itqitish vaqtida
barmoqlarga juda zo‘r kelib, panja va barmoqlarni bukuvchi
mushaklar cho‘ziladi. Harakat oxirida asbobning siljish tezligi
ortib, uning harakatining barmoqlarga bosimi kamayadi-
da, bukuvchi mushaklar qisqarib, o‘zlarining qisqarish kuch-
larini barmoqlar orqali yadroga o‘tkazadi. Demak, cho‘zi-
layotganda mushaklar qanchalik katta bosimga bardosh bera
olsa (albatta, haddan ortiq cho‘zilmasdan), ular qisqarish
uchun shunchalik ko‘p samarali kuchga ega bo‘ladi, ya’ni
yadroni itqitish shunchalik samarali bo‘ladi. Ma’lumki,
unchalik rivojlanmagan mushaklar qarshilikni keraklicha
samara bilan yenga olmay qolishlari ham mumkin. Lekin
bizning tekshirishlar (D.Markov) shuni ko‘rsatdiki, agar
oldindan (dastlabki holatda) panja va barmoq mushaklari
taranglansa, bunday holda ham anchagina samaraga erishish
mumkin ekan. Buning sababi shuki, taranglangan mushaklarni


106
34-rasm. 

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish