Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


 MASHQNI BO‘LAKLAB O‘RGAÒISH MEÒODI



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   154
Bog'liq
engil atletika

5.7. MASHQNI BO‘LAKLAB O‘RGAÒISH MEÒODI
Bu metod yaxlit mashqning ayrim qismlari to‘g‘risida
tasavvur hosil qilish, ularni o‘rganish, tuzatish, tako-
millashtirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi. O‘quvchi


124
birmuncha vaqt mashqning bir unsurini, qismini o‘zlashtiradi.
Ayrim harakat yetarli darajada mustahkam o‘zlashtirilgandan
so‘ng, u yaxlit faoliyat bilan bog‘lanadi. Buning uchun
o‘quvchi tuzatilgan qismning to‘g‘ri bajarilishiga e’tibor berib,
yaxlit faoliyatni qaytadan bajaradi. Shuni nazarda tutish
kerakki, alohida o‘zlashtirilgan harakat yaxlit faoliyatning
strukturasini o‘zgartirmasagina u bilan oson bog‘lana oladi.
Bo‘laklab o‘rgatish metodi bilan yaxlit o‘rgatish metodi
bir-birini to‘ldiradi. O‘rgatish jarayonida ular navbatma-
navbat qo‘llaniladi. Oldin harakat yaxlit o‘rgatiladi, keyin
bo‘laklab o‘rgatiladi, keyin yana yaxlit o‘rgatiladi va hokazo.
5.8. SPORÒ ÒEXNIKASINI AMALIY BAJARISHNI
O‘RGAÒISH USULLARI VA YO‘LLARI
Ko‘rsatilgan metodlar bilan sport texnikasini o‘rgatish
jarayonida mashqni birinchi bor bajarishga va to‘g‘ri
bajarishga yordam beradigan turli xil usullar va yo‘llar
qo‘llaniladi. Odatda, bu usullar va yo‘llar o‘rganilayotgan
mashqni bajarish sharoitini yengillashtirishga asoslangan.
Mashqni to‘g‘ri bajarish uchun, ayniqsa birinchi gal to‘g‘ri
bajarish uchun tashqi sharoitni yengillashtirish, ya’ni
uloqtiruvchilar uchun asbob og‘irligini kamaytirish, g‘ov
osharlar va sakrovchilar uchun to‘siq balandligini pasaytirish,
langarcho‘p bilan sakrovchilar uchun ushlash balandligini
pasaytirish, yuguruvchilar uchun masofani qisqartirish va
hokazolar tavsiya etiladi. Òashqi sharoitni yengillashtirish,
unchalik to‘g‘ri bo‘lmagan malaka mustahkamlanib qolmasin
uchun, vaqtincha bo‘lishi kerak.
Bir qator hollarda mashqning dastlabki ijrosi to‘g‘riroq
bo‘lsin uchun, uni sekinlashtirib bajariladi. Lekin kichik
tezlikda ko‘p mashq qilish yaramaydi, chunki noto‘g‘ri
malaka hosil bo‘lib qolishi mumkin. O‘rgatilayotgan harakat
yoki faoliyatni sekin bajarish ta’lim berish uchungina kerak.


125
U harakatlarni birinchi gal o‘rganayotganda to‘g‘riroq ba-
jarish va xatolarni tuzatish uchungina qo‘llaniladi.
Dastlabki sekin ijroning to‘g‘ri bo‘lishiga o‘qituvchi bilan
bir vaqtda bajarish bilan erishish mumkin. «Men bilan birga
bajaring»-deb, o‘qituvchi harakatni sekin bajaradi, o‘quvchi
esa, unga qarab harakatni takrorlaydi. Shu usul bilan ayrim
harakatlarni ham bajarish mumkin. Masalan, o‘quvchi,
oldinga parallel siljiyotgan o‘qituvchi bilan birga, ikki qadam
yugurishni, langarcho‘pni «qayta ushlab», uni tayanch holatiga
o‘tkazadi.
O‘rgatishning boshlang‘ich davrida ko‘proq, alohida-
alohida ketma-ket tushuntirish va ijro etish usuli qo‘llanadi.
Bu usuldan oddiy texnikaning dastlabki holatini, gavda
tutishini, ayrim qismlarini o‘rgatish paytida foydalaniladi.
Ayrim holatni yoki harakatni qisqa tushuntirishdan keyin
o‘quvchi shu qismni ijro qiladi, keyin yana yangi detalni
o‘qituvchi tushuntirib, o‘quvchi ijro etadi va hokazo. Òoki
talab qilingan faoliyatni o‘quvchi alohida-alohida, ketma-
ket to‘la bajaradigan bo‘lgunicha shunday qilinaveradi.
Yengillashtirilgan sharoitda sport texnikasini to‘liq yoki
uning ayrim qismlariga o‘xshatib bajariladigan imitatsiya
(taqlid qilish) mashqlari ham foydalidir. Ularni talab
qilinayotgan harakatni odatdagi sharoitda bajarayotgandek
bajarish kerak.
Imitatsiya ko‘proq uloqtirish texnikasini o‘rganishda
qo‘llanadi. Uloqtiruvchi bunday mashqlarda ko‘p kuch
sarflamasdan, faqat harakat to‘g‘ri bo‘lishiga e’tibor berib,
uni ko‘p marta takrorlay oladi. Yengil atletikaning boshqa
turlarini o‘rganishda ham texnikaning ayrim unsurlari taqlid
qilinadi.
Òajriba shuni ko‘rsatadiki, imitatsiya mashqlari, faqat
endi boshlovchi sportchilarga emas, balki sport ustalariga
ham texnikani bilib olishda va uni takomillashtirishda yordam
beradi.


126
Òo‘g‘ri bajarish tashqi mo‘ljallar qo‘yish bilan yengil-
lashadi. Bunday mo‘ljallar har xil bo‘lishi mumkin. Bu avvalo
harakat yo‘nalishini mo‘ljallab olishdir. Masalan, asbobning
yuqori trayektoriyada uchishiga erishish va oyoq kuchidan
maksimal foydalanish uchun, yadroni baland qo‘yilgan planka
yoki daraxt shoxi ustidan o‘tadigan qilib itqitish tavsiya
qilinadi. Yengil atletikada yerga chizilgan har xil chiziqlar
keng qo‘llanadi (to‘g‘ri yo‘nalishda yugurish, uch hatlab
sakrash, yugurib kelish va boshqalar uchun). Mo‘ljallar
harakat aylanasini oshirishga ham yordam berishi mumkin.
Masalan, balandlikka sakrovchilarga texnikani o‘rgatish
paytida balandlikka sakrab osib qo‘yilgan to‘pga siltovchi
oyoq tagini yetkazish tavsiya qilinadi. G‘ov ustidan o‘tishda
tanani oldinga egilishini oshirish uchun, o‘quvchi g‘ovning
narigi tomonida o‘qituvchi ushlab turgan ro‘molchaga
oldindagi qo‘lini tekkiza olishi kerak.
Yo‘lkadagi mo‘ljallar yugurish paytida qadamning
uzunligi va shiddatini o‘zgartirishga yordam beradi. Masalan,
qadam shiddatini oshirish uchun, yo‘lkada bir-biridan 150
sm masofada qo‘yilgan tayoqchalar ustidan to‘xtamasdan
yugurib o‘tish qo‘llaniladi. Yo‘lkadagi mo‘ljallar g‘ovlar osha
yugurishda, uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrashda
yugurib kelishda qadam ma’romini bilib olishga yordam
beradi. Masalan, yangi shug‘ullanuvchi qayerdan tepsinishni,
qayerga tushishni va to‘siqlar o‘rtasida qanday qadam tash-
lashni ko‘rib tursa, g‘ov oshish unga osonroq bo‘ladi. Nayza
uloqtirishda «tashlash» qadamlari ma’romini, tashlashni va
boshqalarni o‘rgatishda ham belgilar qo‘yishdan foydalaniladi.
Sport texnikasini o‘rgatishda boshqa yo‘llardan ham
foydalaniladi.
Bir analizatorni yaxshi ishlatish uchun, ikkinchisini
vaqtincha ishdan chiqarib qo‘yish ham mumkin. Masalan,
o‘quvchiga lappak uloqtirish texnikasini o‘rgatayotganda,
ko‘zni yumib aylanish tavsiya qilinadi. Ko‘zni yumish,


127
muvozanatning aylanish paytida muvozanatni saqlashdagi
rolini oshiradi.
Bunday yo‘l oddiy sharoitda aylana oladigan shug‘ul-
lanuvchilarga beriladi.
Sport mashqlarini ortiqcha mushak kuchisiz, erkin bajarish
imkonini beradigan o‘rgatish usullariga alohida to‘xtalish
kerak. Asosiy yo‘l-harakatlarni to‘liq kuch sarflamay bajarib,
sekin-asta maksimumga yetkazish yo‘lidir. Sport texnikasini
o‘rganishda ko‘pincha shug‘ullanuvchilar maksimal kuch
sarflashga-tezroq yugurishga, uzoqroqqa uloqtirishga,
balandroq sakrashga intiladilar. Xuddi ana shu harakatlarni
zo‘r bermasdan erkin bajarishni o‘rganishga to‘sqinlik qiladi.
Sportchi e’tiborini boshqa narsaga jalb qilish yo‘li bilan
ortiqcha zo‘r berishga yo‘l qo‘ymasligi mumkin. Ortiqcha
zo‘r berishdan qutilish uchun, mashqni bajarish vaqtida,
masalan, start tezlanishidan masofa bo‘ylab yugurishga o‘tish
paytida 2–3 qadam va 200 m masofaga yugurishda buri-
lishdan chiqqandan keyin 5 qadam ko‘zni yumib yugurish
mumkin. Kuchlanishni bo‘shatishga o‘rgatishning eng
samarali usullaridan biri — mashqlarni goh maksimal
jadallikda, goh kamroq jadallikda bajarishdir. Buning tipik
misoli- o‘zgaruvchan sur’atda yugurishdir.
Ko‘rsatilgan hamma usullar va yo‘llarning faqat o‘rgatish
ahamiyati bor xolos. Sportchi ortiqcha zo‘r bermasdan,
maksimal kuch sarflay oladigan bo‘lib olgandan keyin bunga
ehtiyoj qolmaydi.
O‘rgatish jarayonida texnikani o‘stirishga mo‘ljallangan
maxsus mashqlardan eng ko‘p foydalaniladi. Shuningdek,
o‘rganilayotgan mashqlarni o‘yin jarayonida bajarish (ayniqsa
yosh sportchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda) ham
qo‘llaniladi. Bunda shug‘ullanuvchilar o‘rganganlarini
mustahkamlaydilar hamda harakatlarni va faoliyatni ortiqcha
kuch sarflamasdan, erkin bajaradiga bo‘ladilar.


128

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish