337
uloqtirishga ruxsat etiladi.
Mashg‘ulotda nayza bir to-
mongagina uloqtiriladi.
Uloqtirilgan nayzani olib
kelish
uchun maydonga
chiqishni ustoz boshqarib
turadi.
Quyida ayrim vazifalar,
ularni hal etish vositalari va
metodik ko‘rsatmalar be-
rilgan.
1-vazifa.
Shug‘ullanuv-
chilarning yugurib kelib
nayza
uloqtirish texnikasi
bilan tanishtirish.
Vositalar:
1. Ko‘rgazmali
qurollardan foydalangan
holda yugurib kelib nayza
uloqtirish texnikasi asos-
larini tushuntirish. Eng yax-
shi nayza uloqtiruvchilar tex-
nikasini kuzatish. 2. Nayza,
nayza uloqtirish joyi va mu-
sobaqa
qoidalari bilan ta-
nishtirish.
2-vazifa.
Nayzani to‘g‘ri
ushlash va qo‘ldan chiqarib
yuborishni o‘rgatish.
Vositalar:
1. Nayzani
to‘g‘ri ushlashni ko‘rsatish
va tekshirib ko‘rish. 2. Uloq-
tirish tomoniga qaragan
holda nayzani bir qo‘llab va
ikki qo‘llab oldinga, pastga
121-rasm.
Nayza uloqtiruvchining
maxsus mashqlari.
1
3
4
5
6
2
9
10
7
8
11
12
338
va oldinga uloqtirish. 3. Yengil (200–300 gramm)
xarsang
tosh, koptoklarni yoki granatlarni uloqtirish (erkaklar uchun
500–700 gramm, xotin-qizlar uchun 300–400 gramm).
Metodik ko‘rsatmalar.
Nayza ushlashni o‘rta va bosh
barmoq bilan ushlashdan boshlash kerak.
Nayzani chiqarib yuborish bosh orqasidan, yelka orqali
bajariladi. Bunda chap oyoq oldinda, o‘ng oyoq esa orqada
uchida turadi. Yuz uloqtirish tomoniga qarab turadi. Uloq-
tiradigan qo‘l dastlabki holatda yuqoriga ko‘tarilib turiladi.
Keyin u nayza og‘irligi ostida yengilgina orqaga cho‘ziladi.
Buning uchun gavda sal orqaga tashlanadi. Uloqtirish, asosan,
qo‘l tirsak bo‘g‘inining to‘g‘rilanishi hisobiga, oldinga-yuqo-
riga qaratib bajariladi.
Nayzani qiya tuproq yerga otib mashq qilish qulaydir.
Ushlash
uslubi qanday ekaniga qarab, oldiniga nayzani,
asosan, o‘rta qo‘l bilangina yoki ko‘rsatkich barmoq bilangina
tutiladi. Keyin qo‘lning yelka bo‘g‘inida erkin harakat qili-
shiga, mushaklarning qayishqoqlik xususiyatlaridan foyda-
lanishga, bilak bilan panja to‘g‘ri harakat qilishiga va uchib
chiqayotgan nayzani idora qila bilishga e’tibor beriladi. Nay-
zani boshqarish qanchalik o‘zlashtirilganini tekshirib ko‘rish
uchun, uni yerdagi nishonga (chizilgan doira, kvadrat yoki
uloqtirish chizig‘iga) tashlab ko‘rish kerak.
Bilak va panja harakatini bila borgan sari nayza uloqtirish
tobora kengroq doirada bajarila boradi. Gavdani orqaga
tashlash va nayzani orqaga tortish endi gavda og‘irligini
o‘ng oyoqqa o‘tkazib bajariladi.
Keyin asosiy e’tibor oyoqlar va butun gavda prujinasimon
harakatlanishiga, bunda ko‘krak bilan oldinga uloqtirayotgan
qo‘ldan ko‘ra ilgariroq siljishga beriladi.
Uloqtirish vaqtida
oyoqni — «o‘ta yozib» keyin uning ustidan olg‘a o‘tishga
intilmoq lozim. Bu mashqda nayzani tashlash qanchalik
to‘g‘ri ekani nayzaning uchish shiddati va aniqligiga, shu-
ningdek, yerga qanday tushganiga qarab baholanadi. Nayza-
339
ning dum qismi biron yoqqa og‘gudek bo‘lsa, bu tashlash
noto‘g‘ri bo‘lganini ko‘rsatadi.
Òosh, koptok, granat uloqtirish
bilan nayza uloqtirish
almashtirib turiladi. Bu uloqtirishni ancha erkin bajarishga
o‘rgatish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: