Ishchi kasbini egallash



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/64
Sana28.03.2022
Hajmi3,12 Mb.
#514941
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64
Quritish fazasi. 
Tamakini so’litishda xlorofill donachala-rining parchalanishi oqsil va 
kraxmalning parchalanishi bilan bir vaqtda borishi sababli bargning sarg’ayishi so’litish 
tamom bo’l-ganligi va ikkinchi faza – quritishga o’tish kerakligini bildiradi. 
So’litilgan tamaki bargi tarkibida 65-70 foiz suv bo’ladi. Agar bu suv ma’lum tezlikda 
barg tarkibidan chiqarib yuborilmasa, barg to’qimalarida oksidlanish jarayoni natijasida 
sariq rang to’q tus olib, asta-sekin jigarrang va qo’ng’ir tusga kiradi. Bu esa, mahsulot 
sifatining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun quritirgda tamaki barglaridagi suvning 
bug’lanish tezligini boshqarib, turli rang va tusdagi xom ashyo olish mumkin. 
Xom ashyoni saqlash. 
Quritilgan xom ashyoni saqlash uni qayta ishlashda muhim 
bosqich hisoblanadi. Tamaki ko’pincha toylar qilingan holatda saqlanadi va tashiladi (50-
rasm). 
O’zbekiston sharoitida quritilgan tamaki barglarini qayta ishlash avgust oyida 
boshlanib, yanvar-fevralgacha davom etadi. Shuning uchun quritilgan tamaki xom ashyosi 
qayta ishlanguncha bir necha oy xo’jaliklarda saqlanadi.
Barglarning qulay sharoitda saqlanishi uning kimyoviy tarki-biga, fizik xossalariga 
hamda chekuvchanlik xususiyatiga ijobiy ta’sir etadi. Bunda uglevodlar qisman, nikotin va 
boshqa modda-lar, shuningdek, barglarning nam sig’imi sezilarli kamayadi.
Tamaki quritilgandan keyin quritish maydonchasini, asosan, ertalab, havo namligi 
yuqori bo’lgan vaqtda olinadi va to’rt-besh ipdan qilib to’plam holiga keltiriladi. 


29 
Tamaki to’plamlarini maxsus bostirmalar yoki shiyponlarga, har bir terimi alohida 
qilib zichlashtirib osish kerak. Unda 1 m joyga 4-5 to’plam tamaki osiladi. Sifatli 
tamakilarni xonaning o’rta qismiga joylashtirilgani ma’qul. Tamakini to’plam qilib 
zichlashtirib osish ularni haddan tashqari nam bo’lishi yoki qurib ketishi hamda 
mog’orlashdan saqlaydi. Aksincha, tamaki to’plamlari siyrak qilib osilsa, ular haddan 
tashqari qurib ketishi natija-sida xom ashyo sifati pasayadi. Tamaki saqlanadigan joylarda 
haro-rat 15-17
0
S va nisbiy namlik 60-70% bo’lishi qulay hisoblanadi. 
Havoning nisbiy namligi 75 foizdan ortib ketsa, tamaki mog’orlab, buzila boshlaydi. 
Natijada, xom ashyo tarkibidagi oqsil miqdori ko’payib, uglevodlar miqdori keskin 
kamayib ketadi. Agar havoning nisbiy namligi 60% dan kamayib ketsa, tamaki haddan 
tashqari qurib ketadi. 
Tamaki saqlanadigan joylar toza bo’lishi lozim. Tamaki saq-lanadigan xonalarda 
o’g’it, turli kimyoviy moddalar va
 
boshqa mah-sulotlar bo’lishi mumkin emas. 
“Gruzgiproselstroy” loyihalash instituti tomonidan xo’jaliklarda tamakini saqlash uchun 
maxsus ombor loyihasi ishlab chiqilgan. Ombor 15 t tamakiga mo’ljal-langan bo’lib, 
balandligi 4,22 m, o’lchami 18x24 m to’g’ri to’rtburchak shaklida. U tamakini to’plam 
holda saqlashga mo’ljallangan. 

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish