19
Vazifa:
talabalarga turli moyli ekinlarning urug’lari (maydalangan va
maydalanmagan) namunalari beriladi, ularni talabalar mustaqil ravishda yuqorida
keltirilgan uslublar asosida baholashadi.
Кerakli jixozlar va materiallar:
moyli ekin urug’lar namunalari, analitik torozi,
kalkulyator, chizg’ich, qalam.
Nazorat savollari:
1. Kungaboqar rushankasini tahlil qilish.
2. Loviyaning maydalangani (yanchilma)ni tahlil qilish.
3. loviya elangandan keyin qolgan po’choq miqdorini aniqlash.
5-ish: O’SIMLIK MOYI SIFATINI BAHOLASH.
Darsning maqsadi:
o’simlik moyi sifatini belgilovchi ko’rsatkichlar bilan tanishish.
Talabalarga laboratoriya sharoitida o’simlik moyi sifatini baholashni o’rgatish.
Ning mazmuni.
O’simlik moyining sifati uning tashqi ko’rinishi, fizik xossalari va
kimyoviy tarkibi bo’yicha baholanadi. Moy sifatini baholash uchun uning ishlab chiqarish
turkumi miqdoriga qarab standartga ko’ra, yaxshilab aralashtiriladigan va tahlillar uchun 0,5 l
ajratib olinadigan o’rtacha namunasi tanlab olinadi.
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan o’simlik moyi tiniq shaffof va och sariq rangga ega
bo’lishi kerak. Standartga muvofiq hid, rang va shaffoflik moyning harorati 20
0
S
bo’lganda aniqlanadi.
Moy hidini belgilash uchun uning yupqa qatlami shisha plas-tinkaga yoki qo’lning
orqa tomoniga surtiladi. Ranggini aniqlash uchun uni kamida 50 mm qalinlikda stakanga
quyiladi va oq fonda undan o’tadigan hamda aks etadigan nurga tutib ko’riladi. Shaffof-
ligini aniqlash uchun 100 ml moy shisha silindrga quyiladi va bir kun 20
0
S haroratda tinch
qo’yiladi. Tingan moy oq fonda undan o’tadigan va aks etadigan nurga tutib ko’riladi.
Agar moy unsimon yoki unda har xil zarralar bo’lmasa, u shaffof hisoblanadi. Paxta
moyining faqat silindrning yuqori ustunida moy unsimon yoki muallaq zarralar bo’lmasa,
u shaffof hisoblanadi.
Moydagi namlik va uchuvchi moddalar tarkibini aniqlash uchun 5 gr moyni 105
0
S
haroratda doimiy massaga aylanguniga qadar quritiladi.
Moy sifatini qoldiq (moysiz aralashmalar) miqdori kabi belgi ham tavsiflaydi.
Standartga ko’ra nazarda tutilgan usulga binoan moydagi qoldiqni vaznli va hajmli usullar
bilan aniq-lanadi. Vaznli usul bilan petroley efirda yoki engil benzinda aniqlanadi. Vaznli
usul bilan petroley efirda yoki engil benzin-da erimaydigan moy tarkibidagi mexanik
aralashmalar (g’ijimlar, qobiqlar, kletchatka zarrachalar va shu kabilar) miqdori aniqlana-
di. Hajmli usul bilan silindrga quyilgan va bir kun davomida 15-20
0
S da tinch qo’yilgan
moy qoldig’i aniqlanadi. Qoldiq millilitrlari soni qoldiqning hajmga ko’ra foizini
ko’rsatadi.
Moy sifatini baholashda sovunlanish miqdori va yodlar soni kabi belgilar ham
ko’rsatiladi.
Moyning ovqatga yaroqliligini tavsiflaydigan eng muhim belgilardan biri kislotalar
soni hisoblanadi. Кislotalar soni-ning ortiqligi xom ashyo sifati pastligi, uning saqlanishi
yoki moy uzoq vaqt davomida saqlanishida buzilganidan dalolat beradi. Кislotalar soni
standartda nazarda tutilgan uslub bo’yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: