O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

11. Qaytar ta’sir
– bu “modda-retseptor” orasidagi bog‘lanishning 
mustahkamligiga bog‘liq holda ko‘pchilik dori moddalariga xos tarzdagi ta’sir 
turidir. Masalan, prozerinning yoki galantaminning atsetilxolinesteraza fermenti 
bilan bog‘lanishi. 
12. Qaytmas ta’sir
– ayrim dori moddalarida “modda-retseptor” orasidagi 
bog‘lanishning kovalent bog‘lar orqali amalga oshirilishi natijasida mustahkam 
bog‘lanish paydo bo‘lishi. Bu holda dori moddasining ta’siri juda ham uzoq 
davom etishi mumkin. Masalan, armin preparatining atsetilxolinesteraza 
fermenti bilan bog‘lanishi “qaytmas” ta’sirga asoslangan. 
13. Allergik
6
ta’sir
– organizmga kiritilayotgan dori moddasini organizm 
antigen sifatida qabul qilishi natijasida yuzaga chiqadigan o‘ziga xos samara 
hisoblanadi. Ko‘pincha allergik reaksiyalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Allergik reaksiyaning yuzaga chiqishi kiritilayotgan dori moddasining dozasiga 
bog‘liq emas. Bunda dori moddasi antigen (allergen) vazifasini bajaradi. Dori 
allergiyasining odatda 4 turi mavjud: 
I turi– tezkor turdagi allergik reaksiyalar.
Mazkur yuqori sezuvchanlik 
allergik reaksiyaga IgE – antitanachalarning jalb qilinishiga bog‘liq. U eshakem, 
tomirlar shishi, tumov, bronxospazm va anafilaktik shok orqali namoyon 
6
Yunonchadan 
allos
– boshqа, 
ergon
– ta’sir, samara 


- 52 -
bo‘ladi. Bunday reaksiyalar ko‘pincha penitsillinlar, sefalosporinlar, 
sulfanilamidlar va b. qo‘llanilganida yuzaga chiqishi mumkin. 
II turi.
Allergik reaksiyaning mazkur turida komplement tizimini 
faollashtiruvchi IgG- va IgM-antitanachalar qonda aylanib yuruvchi hujayralar 
bilan o‘zaro ta’sirlashib, ularning lizisini chaqiradi. Masalan, analgin 
qo‘llanilganda agranulotsitoz, metildofada esa gemolitik anemiya paydo bo‘lishi 
mumkin. 
III turi.
Mazkur turdagi allergik reaksiyaning yuzaga chiqishida shubhasiz 
IgG-, shuningdek, IgM- va IgE-antitanachalar (+komplement) ishtirok etadi. 
Ular “antigen–antitanacha–komplement” kompleksini hosil qiladilar va u qon 
tomirlar endoteliysi bilan o‘zaro ta’sirlashib, ularni shikastlaydi. Natijada zardob 
kasalligi deb nomlanadigan kasallik paydo bo‘ladi. Ushbu kasallik eshakem, 
artralgiya, artrit, limfadenopatiya, tana haroratining oshishi kabilar bilan 
kechadi. Zardob kasalligini penitsillinlar, sulfanilamidlar va b. chaqirishi 
mumkin. 
IV turi. 
Ushbu turdagi allergik reaksiya immunitetning hujayra 
mexanizmlari orqali ifodalanadi va unda sensibilizatsiyalangan T-limfotsitlar 
hamda makrofaglar ishtirok etadilar. Ko‘pincha dori moddasini mahalliy 
qo‘llanilganda yuzaga chiqadi va dermatit bilan namoyon bo‘ladi. 
14. Idiosinkraziya
7
– bu dori moddasiga nisbatan organizmning atipik 
reaksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Bunda organizmdagi fermentopatiyalar natijasida 
qo‘llanilayotgan dori moddasiga nisbatan ko‘tilmagan og‘ir ko‘rinishdagi 
nojo‘ya ta’sir paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, agarda bemor qonida 
fermentopatiya 
natijasida 
psevdoxolinesteraza 
fermenti 
etishmovchiligi 
bo‘ladigan bo‘lsa, u holda miorelaksantlar guruhiga mansub bo‘lgan ditilin 
preparatining ta’sir davomiyligi odatdagi 5-7 daqiqa o‘rniga 6-8 soatgacha 
cho‘zilib ketishi mumkin. Bunday nojo‘ya ta’sirlar to‘g‘risida shifokor oldindan 
7
Yunonchadan 
idios
– o‘ziga xos, 
synkrasis
– aralashish, siljish 


- 53 -
bilib qo‘ymasa, keyin bemorga yordam ko‘rsatishda katta qiyinchiliklarga 
uchrashi mumkin. 
Ko‘pincha dori moddalarning dozasini behosdan yoki suitsedal 
maqsadlarda o‘ta oshirib yuborish yohud ularni homiladorlik paytida noo‘rin 
ishlatish oqibatida turli salbiy oqibatlar kuzatilishi mumkin. Bularda yuzaga 
chiqadigan ta’sir turlarini alohida keltirib o‘tishni lozim deb hisoblaymiz. 
15. Mutagen
8
ta’sir
– bu dori moddasi ta’sirida embrionning hujayralarini 
hamda genetik apparatini kuchli darajada izdan chiqarib tashlashi natijasida 
uning o‘zidan keyingi nasli genotipining ham o‘zgarishlariga sabab bo‘lishidir. 
Bunday ta’sir yangi dori vositalarini yaratish jarayonida eksperimental 
hayvonlarda o‘rganiladi va agarda yangi yaratilayotgan preparatning mutagen 
ta’siri borligi aniqlanadigan bo‘lsa, u holda bunday preparatni klinik sinovdan 
o‘tkazishga ruxsat berilmaydi. 
16. Kanserogen
9
ta’sir
– dori moddasi ta’sirida xavfli o‘smalar paydo 
bo‘lishi. Bunday ta’sir ham yangi yaratilayotgan dori vositalarini eksperimental 
hayvonlarda o‘rganish bosqichida aniqlanadi va agarda preparatning kanserogen 
ta’siri borligi aniqlansa, bunday preparat klinik sinovdan o‘tkazilmaydi.
17. Embriotoksik
10
 ta’sir 
deb dori moddasini homiladorlikning dastlabki 12 
haftasigacha bo‘lgan davrda qabul qilinganda yuzaga chiqadigan toksik yoki 
zaharli ta’siriga aytiladi. 
18. Fetotoksik
11
ta’sir
– dori moddasining homiladorlikning 12 haftasidan 
boshlab u tug‘ilganiga qadar qabul qiliganida yuzaga chiqadigan toksik yoki 
zaharli ta’siridir. 
19. Teratogen
12
 ta’sir
– dori moddasini homiladorlik paytida qabul qilinishi 
oqibatida uning homilaga nisbatan salbiy ta’siri tufayli bolaning turli 
anomaliyalar bilan mayib-majruh bo‘lib tug‘ilishidir.
8
Lotinchadan 
mutatio
– o‘zgarish, 
genos
– kelib chiqish 
9
Lotinchadan 
cancer
– qisqichbaqа (rak), xavfli o‘sma 
10
Yunonchadan 
embryon
– homila, murtak 
11
Lotinchadan 
fetus
– homila 


- 54 -

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish