- 449 -
Gipotenziv moddalar umumiy qon bosimini tushiradi. Ularni asosan arterial
gipertenziyada ko’llaniladi. Qon bosim darajasi bir qancha faktorlarga ya’ni:
yurak ishiga, periferik tomirlarni
elastikligi va tonusiga, aylanib yuruvchi qon
xajmiga, yopishqoqligi va elektrolitlar tarkibiga bog‘liq. Bularning xammasi
neyrogumoral nazoratda bo’ladi.
Qon tomirlar tonusini boshqarishda simpatik (adrenergik) innervastiya va
katta miqdorda organizmda xosil bo’luvchi vazoaktiv birikmalar ishtirok etadi.
Vazoaktiv moddalar kelib chiqishiga ko’ra endotelial bo’lib,
qonda aylanib
yuruvchi gormonlar va boshqa biologik faol moddalardir.
Ma’lumki, qon tomir endoteliysida vazodilatator xususiyatga ega bo’lgan
(azot oksidi, prostastiklin, prostaglandin E
2,
natriy uretik peptid S) va tomirlarni
toraytiruvchi (endotelinlar) moddalar xosil bo’ladi.
Shunday qilib, tomirlarga moddalar maxalliy va sistemali ta’sir ko’rsatishi
mumkin.
Qon tomir muskullarining tonusini oshishi xujayra ichidagi
kalstiy ionlarining
miqdorini oshishiga bog‘liq. Bu kalstiy kanallari orqali Sa
2+
ionlarini jadal
ravishda xujayra ichiga kirishini boshqarib turuvchi resteptorlarga bog‘liq.
Sa
2+
ionlari konstentrastiyasi, xujayra ichi depolaridagi
kalstiy xisobiga
(endoplazmatik retikulumdan ajralishi xisobiga, ko’p G- oqsillari bilan
bog‘langan resteptorlar xisobiga) xam oshishi mumkin.
Shunday yo’l bilan angiotenzin II, endotelinlar va boshqalar vazokonstrikstiyani
chaqiradi. Qon tomir silliq muskullarini bo’shashishi , xujayra ichida Ca
2+
ionlarini mos ravishda kamayishiga bog‘liq. Masalan,
kalstiy kanallarini
bloklanishi natijasida Ca
2+
ionlarini tashqaridan xujayra ichiga kirishi kamayadi.
Shunga o’xshash effekt Ca
2+
kanalini bloklovchi (nifedipina) yoki K+ kanallarini
faollashtiruvchi (minoksidilom, diazoksidom) moddalarni qo’llaganda xam kelib
chiqadi.
Qon tomir mushaklarini bo’shashishi xujayra ichida stAMF yoki stGMF
biosintezini oshishiga xam bog‘liq. Xujayralarda stiklik
nukleotidlar miqdorini
- 450 -
fosfodiesterazani (milrinon bilan) ingibirlash natijasida xam oshirish mumkin. Bu
ferment sAMF va sGMF larni inaktivastiyasini regulyastiya qiladi. Bu qoidalar
xam arterial va xam venoz qon tomirlarga tegishlidir.
Bundan tashqari aralash ta’sirga ega bo’lgan moddalar xam mavjud.
Masalan, Serotonin ko’pgina tomirlarni (qorin bo’shlig‘i, buyrak, o’pka, miya
tomirlari) toraytiradi, ba’zi birlarini (yurak,skelet mushaklari tomirlarini)
kengaytiradi. Dofaminni tomirlarga bo’lgan effekti dozasiga bog‘liq. Kichik
dozalarda D
1
-resteptorlarni qo’zg‘atishi tufayli (buyrak va mezenterial) tomirlarni
kengaytiradi, katta dozalarda tomirlardagi a-adrenoresteptorlarni qo’zg‘atib,
tomirlarni toraytiradi va umumiy periferik qarshilikni oshiradi.
E
2
va D
2
prostaglandinlar faol vazodilatatorlar bo’lib, qon bosimini tushiradi. Shu
bilan birga ba’zi bir tomirlarni toraytiradi. Masalan,
prostaglandin D
2
o’pka
tomirlar tonusini oshiradi.
Gipotenziv dori vositalarini ta’siri, fiziologik ravishda qon bosimni
regulyastiya qiluvchi turli xil zvenolarga yo’naltirilgan. Masalan, neyrotrop
moddalar tomirlarni toraytiruvchi va kardiostimullovchi adrenergik ta’sirni
kamaytiradi. Ular vazomotor markazlarga, periferik adrenergik (simpatik)
innervastiya
bo’limlariga
–gangliyalar,
postganglionar
tola
oxiriga,
adrenoresteptorlarga ta’sir qilib, qon tomirlarni kengaytiradi, va yurak
faoliyatini susaytiradi.
Endogen moddalarni (katexolaminlar, angiotenzin II) pressor ta’sirini
yo’qotish yoki vazodilatatorlarni (bradikinin va boshqalar) effektini kuchaytirish
mumkinligi axamiyatga ega. Bundan tashqari,
periferik qon tomirlar
qarshiligini, tomirlar silliq mushaklariga ta’sir qilish yo’li bilan xam (masalan,
ion kanallariga, NO ni ajratuvchi moddalar, boshqa miotrop ta’sir qiluvchi
spazmolitik moddalar yordamida) kamaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: