“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


Mavorounnahrda Mirzo Ulug’bek hukmronligi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

4.Mavorounnahrda Mirzo Ulug’bek hukmronligi. 
Mirzo Ulug’bekning asl ismi Muhammad Tarag’ay bo’lib, u 1394 yilda 
Sultoniyada tavallud topgan. Bobosi Amur Temur unga katta mehr bilan qarab 
yoshligidan o’z tarbiyasiga olgan. Ulkan tug’ma iste’dod, aql zakovat sohibi 
bo’lgan Ulug’bek davlat boshqaruvini puxta egallashdan tashqari djiniy va 
dunyoviy bilimlarni ham yetuk darajada o’zlashtirgan. U Movarounnahr taxtini 
egallaganda endi 15 yoshga to’lgan edi. Mirzo Ulug’bek hukmronligi (1409-
1449) temuriylar davrining an’anaviy rivoji va muhim ijtimoiy o’zgarishlar 
yo’lidan ilgarilab borishida alohida alohida davrni tashkil etadi. O’sha davr 
tarixchilarining yakdil fikricha Ulug’bek bobosi davridagi boshqaruv tizimini, 
barcha tartib qoidalarni to’la saqlashga harakat qilgan. Soliq va moliya 
siyosatida ham bunga amal qilgan. To’g’ri, Ulug’bek Amur Temur singari jangu 
jadallarga qiziqmadi. Bu sohaga uning ortiqcha rag’bati ham bo’lmagan. Faqat 
zaruriyat taqoza qilgandagina u harbiy yurishlarga otlangan. Masalan, 1414 
yilda Farg’ona hukmdori shahzoda Ahmad itoatdan bosh tortgan paytda u katta 
qo’shin tortgan va bu yurishi bilan nafaqat Ahmadni itoatga keltirgan, ayni 
chog’da Turkiston yerlarini ham o’z davlati tarkibiga qo’shib olishga muvaffaq 
bo’lgan. 1425 yilga kelib Ulug’bek mirzo Issiqko’l tarafga yurish qilib, u 
yerdagi isyon ko’targan mahalliy muxolifatchi kuchlarni bartaraf etib, 
mamlakatning sharqiy chegaralarini ancha mustahkamlashga erishdi. Biroq 
hukmdorning 1427 yilda Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig’noq va uning atrofida 
hududiy davolar bilan bosh ko’targan Dashti Qipchoq aslzodalaridan sanalgan 
Baroqxonga qarshi yurishi uning uchun kutilmaganda muvaffaqiyatsiz yakun 
topdi. Bu mag’lubiyat Ulug’bekni hokimiyatdan mahrum bo’lishiga ham olib 
kelayozdi. Otasi Shohruxning katta qo’shin bilan yetib kelishi uni o’z 
hukmronligining qayta tiklashiga imkon berdi. Shundan so’ng Mirzo Ulug’bek 
urush harakatlaridan ko’ra ko’proq mamlakat ishlari, uning ichki siyosati 
masalalari bilan shug’ullanishga e’tibor qaratdi. Shu boisdan ham endilikda 
uning faoliyatida mamlakat obodonchiligi, yurt tinchligi, farovonligi, ilm-fan 
ravnaqiga oid masalalar asosiy o’rin egallaydi. Mamlakatda savdo-sotiq, 
hunarmandchilik, va ziroatchilik avvalgidek rivojlanishda davom etdi. Ko’plab 
sun’iy sug’orish inshoatlari barpo etildi. Buyuk ipak yo’li orqali xalqaro karvon 
savdosida faol ishtirok etadi. Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz, Shosh va boshqa 
shaharlarda ko’plab hashamatli madrasalar, masjidi maqbaralar, karvonsaroylar 
qad rostlaydi.Uning bevosita rahbarligida qurilgan tengi yo’q me’moriy inshoat 
rasadxona o’sha davr ilmu-fani va texnikasining eng so’ngi yutuqlarini o’zida 
mujassam etgan edi.
Ulug’bekning 1428 yilda o’tkazgan pul islohoti ham mamlakatda savdo-
sotiq va pul muomalasini, moliya siyosatini yo’lga qo’yishda muhim voqea 
bo’lgan. Ulug’bek muomalaga chiqargan yangi vazndagi tanga pullar o’z qadri, 
qimmati bilan iqtisodiy hayotni jonlantirish, savdo-sotiqni rivojlantirish alohida 
rol o’ynaydi. Uning davrida ham yuqori tabaqa vakillariga, harbiy sarkardalar, 


119 
oliy ruhoniylarga avvalgidek alohida imtiyozlar berish tartibi hukm surdi. 
Bundan tashqari davlatning katta ma’naviy tayanchi hisoblangan diniy 
muassasalar ixtiyorida ham ulkan miqyosdagi vaqf yerlari to’plangan edi.
Ulug’bek davlat siyosatida qanchalik oqil va izchil siyosat yuritmasin, ilm 
fan ahliga, din peshvolariga homiylik qilish, savdo, tijorat va hunarmand ahliga 
rag’bat qilmasin, unga qarshi muxolifat kuchlar ham anchagina bor edi. 
Ulug’bek 
katta 
yer 
egalarining 
oddiy 
fuqarolarga 
nisbatan 
suiiste’molchiliklarini cheklash tadbirlarini ko’rganda, ular Ulug’bekga qarshi 
chiqdilar. Ruhoniylar orasidagi jaxolatparstlar Ulug’bekni islom diniga zarar 
keltiruvchi “betavfiq hukmdor” deb tashviqot qildilar. Shu tariqa 
jaholatparastlar ilmga, o’z manfaatini xalq manfaatidan ustun ko’ruvchilar 
taraqqiyotga qarshi chiqdilar. Ulug’bek mamlakatdagi turli ijtimoiy-siyosiy 
guruxlar o’rtasidagi ichki ziddiyatlarni, muttaasib, reaktsion kuchlar 
muxolifatini oxirigacha barataraf eta olmadi. Bu esa 15 asrning 40 yillari 
oxirlariga kelib Movarounnahr davlatini beqarorlik va chuqur ijtimoiy 
larzalarga duchor etdi. 1447 yilda Shohrux mirzo vafoti munosabati bilan 
Ulug’bekning ota taxtiga da’vogarlik qilib Xurosonga yurishi, jiyani 
Alouddavla va boshqa merosxo’rlar bilan hokimiyat talashishi, uning yo’qligida 
Abulhayrxon boshliq Dashti qipchoqliklarning Movarounnahr yerlariga hujum 
qilishi, qora kuchlar ig’vosi tufayli o’z o’g’li Abdulatif bilan boshlangan 
nizoning katta jangga aylanib ketishi, unda Ulug’bekning mag’lub bo’lishi 
uning fojeali o’limi bilan yakun topdi va temuriylar sulolasi inqirozini yanada 
chuqurlashishiga 
olib 
keldi.Ulug’bek 
akademiyasi 
tarqalib 
ketdi. 
Kutubxonadagi ko’plab kitoblar yondirildi, olimlar boshqa yurtlarga ketishga 
majbur bo’ldi. Ulug’bekning o’limidan keyin o’g’li Abdulatifning o’ldirilishi, 
undan keyin Samarqand hokimiyati tepasiga Abu Said Mirzo keldi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish