234
hamma a'zolar
ichak hujayralari
Jigar
Glutamin
NH.
Glutamat
NH ■
*- Glutamin
P -
Glutamat ^
^
Piruvat
a-Keto-
Jk
glutarat
^ A la n in -
i
c o 2,
h
3
o
• »-NH,
- Alanin
Ornitin sikli
Siydikchil
7.15-rasm.
A m m ia k d a n siy d ik c h ilg a c h a b o ‘la d ig a n o ‘z g a r is h J a r
Turli aminokislotalar am inog‘ruhi transaminlanish reaksiyalari
yordamida piruvatga 0 ‘tkaziladi, uning asosiy manbayi bo lib
glyukozaning oksidlanish jarayoni hisoblanadi. Mushaklaming
massasi katta boTganligi, jism oniy ishda glyukoza taol ishlatilganligi,
shuningdek aminokislotalar parchalanishi hisobiga ko p energiya
olganligi sababli, mushaklar ko'p alanin ajratadi. Hosil bo Igan
alanin jigarga boradi, u yerda bilvosita dezaminlanadi. Ajralgan
ammiak zararsizlantiriladi, piruvat esa glyukoneogenezga qo shiladi.
Glyukoza jigardan to ‘qimalarga oTkaziladi va u yerda glikoliz
jarayonida yana piruvatgacha oksidlanadi (7.16-rasm).
•,*: r
M. ::M
Siydikchil
Siydikchil
sikli
7.16-rasm. Ammiakdan siydikchilgacha boUadigan
o Azgarishlar
235
A rgininosuksinat sintezi uchun zarur bo‘lgan aspartat jigarda
oksaloatsetatning alanin bilan transaminlanishi natijasida hosil
b o ‘ladi. A lanin, asosan, mushak va ichak hujayralaridan tushadi. Bu
reaksiya uchun oksaloatsetatning manbayi om itin sikli reaksiyalarida
hosil bo‘lgan fumaratning o ‘zgarishi deb hisoblash mumkin. Fumarat
sitrat siklidagi ikki reaksiya natijasida oksaloatsetatga aylanadi,
undan transam inlanish y o ‘li bilan aspartat hosil boTadi. Shunday
qilib, om itin sikli bilan fumaratdan aspartatni regeneratsiya qilish
sikli birgalikda sodir bo‘ladi. Bu siklda alanindan hosil bo‘lgan
piruvat glyukoneogenez uchun sarflanadi.
Om itin sikli uchun aspartatning yana bir manbayi bo‘lib,
oksaloatsetatning glutamat bilan transaminlanishi hisoblanadi.
Jarayonning boshqariluvchi bosqichlari - karbamoilfosfat va sitrullin
sintezlari ham da arginaza yordamida boradigan oxirgi bosqich.
Insonning m e’yorda ovqatlanishi va o ‘rta darajadagi jism oniy
zo ‘riqishlarida om itin sikli ishlashining samaradorligi uning
imkoniyatlarining 60% ni tashkil etadi. Imkoniyatlaming zaxirasi
ovqat bilan ko‘p oqsil qabul qilganda giperammoniemiyaning
rivojlanm asligi uchun zamrdir. Uzoq muddat jism oniy ish bajarganda
yoki uzoq ochlikda to ‘qim a oqsillari parchalanganda siydikchil
sintezining tezligi ortadi. To‘qima oqsillarining jadal parchalanishi
bilan boradigan ba’zi patologik holatlar (qandli diabet va boshqalar)
omitin siklining faollanishi bilan kechadi.
Ko‘p miqdorda oqsil iste’mol qilinganda jigarda omitin sikli
fermentlarining miqdori ortadi, bu esa siydikchil sintezining
jadallashuviga olib keladi.
Giperammoniemiya. Ammiakni zararsizlantirish reaksiyalari-
ning buzilishi qonda ammiak miqdorining ko‘payishi - giperam-
moniemiyaga olib keladi, bu esa organizmga toksik ta’sir etadi.
Giperam moniemiyaning sabablari jigarda omitin sikli fermentlarining
genetik nuqsonlari, shuningdek sirroz, gepatit va boshqa kasalliklarda
jigam ing ikkilamchi jarohatlanishi bo‘lishi mumkin. Omitin sikli 5
fermentining nuqsonlariga bog‘liq 5 irsiy kasalliklar m a’lum.
Turli etiologiyali gepatitlarda va ba’zi virusli kasalliklarda
omitin siklining o ‘zgarishi kuzatiladi. Gripp virusi va boshqa
respirator virusli infeksiyalar karbamoilfosfatsintetaza I faolligini
pasaytiradi. Jigarning sirroz va boshqa kasalliklarida ham ko‘pincha
236
giperammoniemiya kuzatiladi.
Siydikchil sintezida qatnashuvchi u yoki bu ferment faolligining
pasayishi qonda bu ferment substrati va uning o ‘tmishdoshlari to‘p-
lanishiga olib keladi. Argininosuksinatsintetaza fermenti nuqsonida
sitrullin miqdori ortadi (sitrullinemiya); arginaza nuqsonida —
arginin, argininosuksinat, sitrullin konsentratsiyasi va boshqalar
ortadi. I va II giperammoniemiyalarda omitinkarbamoiltransferaza
nuqsoni natijasida mitoxondriyalarda karbamoilfosfat to‘planadi
va sitozolga chiqadi. Bu pirimidin nukleotidlari sintezi tezligining
ko‘payishini chaqiradi (karbamoilfosfatsintetaza II faollanishi
natijasida), bu esa orotat, uridin va uratsil to ‘planishiga va siydik
bilan chiqarilishiga olib keladi. Barcha metabolitlarning miqdori
ko‘payadi va ovqat tarkibida oqsil miqdori ko‘payganda bemorlar
holati yomonlashadi. Kasallik kechishining og‘ irligi ferment
faolligining pasayishi darajasiga bog‘liq.
O m itinsikli barcha o ‘zgarishlari qonda am m iak,glutam invaalanin
konsentratsiyasining ko‘payishiga olib keladi. Giperammoniemiya
quyidagi simptomlar paydo b o iish i bilan kechadi: ko ngil aynashi,
qaytalanuvchi qusish, bosh aylanishi, tirishish, hushdan ketish,
miya istisqosi (og‘ir holatlarda), aqliy rivojlanishdan ortda qolish
(surunkali tug‘ma shaklida).
Giperammonemiyaning barcha simptomlari — ammiakning
MNS ta’siri natijasidir.
Turli turdagi giperammoniemiyani tashxis qilish uchun qonda
ammiak miqdori, qon va siydikda omitin sikli metabolitlari, jigar
bioptatida fermentlar faolligi aniqlanadi. Tashxisning asosiy belgisi
— qonda ammiak konsentratsiyasining ko payishidir. Qonda
ammiakning miqdori 6000 mkmol/1 ga yetishi mumkin (me
yorda — 60 mkmol/1). Lekin ko‘p surunkali shakllarda ammiak
miqdori faqat oqsilli yuklama yoki o ‘tkir asoratlangan kasalliklarda
ko‘payishi mumkin.
Omitin siklining turli nuqsonlari bo‘lgan bem orlam i davolash
asosan kam oqsilli parhez hisobiga qonda ammiak konsentratsiyasini
pasaytirish, ratsionga aminokislotalam ing ketoanaloglarini kiritish
va ammiak chiqarilishini quyida keltirilgan usulda stimullashga
asoslangan. Ammiakning chiqarilishini stimullash usullari:
° fenilatsetilglutamin va gippur kislota tarkibida NH, ni bog‘lash
237
va chiqarish;
•
bloklanmagan reaksiyalardan tashqari hosil bo‘luvchi siklning
oraliq metabolitlari (arginin, sitrullin va glutamat) konsentratsiyasini
oshirish.
Karbamoilfosfatsintetaza I nuqsoni bo‘lgan bemorlarga ovqatga
qo‘shimcha sifatida fenilatsetatni qo‘shishganda, uning glutamin
bilan konyugatsiyasi natijasida fenilatsetilglutamin hosil bo‘ladi,
u buyraklar orqali ekskretsiyalanadi. Bunda bemorlaming holati
yaxshilanadi, chunki glutamin sintezining faollanishi sodir bo‘ladi
va qonda am m iak konsentratsiyasi kamayadi. Xuddi shunday
ta’simi benzoat k o ‘rsatadi, u glitsin molekulasini b o g ia b oladi.
Hosil bo‘lgan gippur kislotasi siydik bilan chiqariladi. Gippurat
ta ’sirida organizmdan azot chiqariladi. Glitsinning yetishmasligi
uning serindan sintezlanishi hisobiga kompensatsiyalanadi. Bunda
glitsin hosil bo‘lishi bir molekula ammiak bog‘lanishi bilan kechadi.
Giperam moniemiyaning II turida (omitinkarbamoiltransferaza
nuqsoni) katta miqdorda sitrullinni kiritilishi aspartatdan siydikchil
sintezini stimullaydi, bu ham organizmdan azotni chiqarishga olib
keladi. A rgininosuksinaturiyada katta miqdorda argininni kiritish
(argininosuksinatliaza nuqsoni) omitin regeneratsiyasi va sitrullin
argininsuksinat tarkibida azotni chiqarilishini stimullaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |