Sabirova rixsi abdukadirovna yuldashev nosirjon muxam edjanovich


hamma a'zolar ichak hujayralari Jigar Glutamin NH



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/221
Sana26.03.2022
Hajmi7,48 Mb.
#511479
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   221
Bog'liq
Biokimyo

234


hamma a'zolar
ichak hujayralari
Jigar
Glutamin
NH.
Glutamat
NH ■
*- Glutamin
P -
Glutamat ^
^
Piruvat
a-Keto- 
Jk
glutarat 
^ A la n in -
i
c o 2, 
h
3
o
• »-NH,
- Alanin
Ornitin sikli
Siydikchil
7.15-rasm.
A m m ia k d a n siy d ik c h ilg a c h a b o ‘la d ig a n o ‘z g a r is h J a r
Turli aminokislotalar am inog‘ruhi transaminlanish reaksiyalari 
yordamida piruvatga 0 ‘tkaziladi, uning asosiy manbayi bo lib 
glyukozaning oksidlanish jarayoni hisoblanadi. Mushaklaming 
massasi katta boTganligi, jism oniy ishda glyukoza taol ishlatilganligi, 
shuningdek aminokislotalar parchalanishi hisobiga ko p energiya 
olganligi sababli, mushaklar ko'p alanin ajratadi. Hosil bo Igan 
alanin jigarga boradi, u yerda bilvosita dezaminlanadi. Ajralgan 
ammiak zararsizlantiriladi, piruvat esa glyukoneogenezga qo shiladi. 
Glyukoza jigardan to ‘qimalarga oTkaziladi va u yerda glikoliz 
jarayonida yana piruvatgacha oksidlanadi (7.16-rasm).
•,*: r 
M. ::M
Siydikchil
Siydikchil
sikli
7.16-rasm. Ammiakdan siydikchilgacha boUadigan
o Azgarishlar
235


A rgininosuksinat sintezi uchun zarur bo‘lgan aspartat jigarda 
oksaloatsetatning alanin bilan transaminlanishi natijasida hosil 
b o ‘ladi. A lanin, asosan, mushak va ichak hujayralaridan tushadi. Bu 
reaksiya uchun oksaloatsetatning manbayi om itin sikli reaksiyalarida 
hosil bo‘lgan fumaratning o ‘zgarishi deb hisoblash mumkin. Fumarat 
sitrat siklidagi ikki reaksiya natijasida oksaloatsetatga aylanadi, 
undan transam inlanish y o ‘li bilan aspartat hosil boTadi. Shunday 
qilib, om itin sikli bilan fumaratdan aspartatni regeneratsiya qilish 
sikli birgalikda sodir bo‘ladi. Bu siklda alanindan hosil bo‘lgan 
piruvat glyukoneogenez uchun sarflanadi.
Om itin sikli uchun aspartatning yana bir manbayi bo‘lib, 
oksaloatsetatning glutamat bilan transaminlanishi hisoblanadi. 
Jarayonning boshqariluvchi bosqichlari - karbamoilfosfat va sitrullin 
sintezlari ham da arginaza yordamida boradigan oxirgi bosqich. 
Insonning m e’yorda ovqatlanishi va o ‘rta darajadagi jism oniy 
zo ‘riqishlarida om itin sikli ishlashining samaradorligi uning 
imkoniyatlarining 60% ni tashkil etadi. Imkoniyatlaming zaxirasi 
ovqat bilan ko‘p oqsil qabul qilganda giperammoniemiyaning 
rivojlanm asligi uchun zamrdir. Uzoq muddat jism oniy ish bajarganda 
yoki uzoq ochlikda to ‘qim a oqsillari parchalanganda siydikchil 
sintezining tezligi ortadi. To‘qima oqsillarining jadal parchalanishi 
bilan boradigan ba’zi patologik holatlar (qandli diabet va boshqalar) 
omitin siklining faollanishi bilan kechadi.
Ko‘p miqdorda oqsil iste’mol qilinganda jigarda omitin sikli 
fermentlarining miqdori ortadi, bu esa siydikchil sintezining 
jadallashuviga olib keladi.
Giperammoniemiya. Ammiakni zararsizlantirish reaksiyalari- 
ning buzilishi qonda ammiak miqdorining ko‘payishi - giperam- 
moniemiyaga olib keladi, bu esa organizmga toksik ta’sir etadi. 
Giperam moniemiyaning sabablari jigarda omitin sikli fermentlarining 
genetik nuqsonlari, shuningdek sirroz, gepatit va boshqa kasalliklarda 
jigam ing ikkilamchi jarohatlanishi bo‘lishi mumkin. Omitin sikli 5 
fermentining nuqsonlariga bog‘liq 5 irsiy kasalliklar m a’lum.
Turli etiologiyali gepatitlarda va ba’zi virusli kasalliklarda 
omitin siklining o ‘zgarishi kuzatiladi. Gripp virusi va boshqa 
respirator virusli infeksiyalar karbamoilfosfatsintetaza I faolligini 
pasaytiradi. Jigarning sirroz va boshqa kasalliklarida ham ko‘pincha
236


giperammoniemiya kuzatiladi.
Siydikchil sintezida qatnashuvchi u yoki bu ferment faolligining 
pasayishi qonda bu ferment substrati va uning o ‘tmishdoshlari to‘p- 
lanishiga olib keladi. Argininosuksinatsintetaza fermenti nuqsonida 
sitrullin miqdori ortadi (sitrullinemiya); arginaza nuqsonida —
arginin, argininosuksinat, sitrullin konsentratsiyasi va boshqalar 
ortadi. I va II giperammoniemiyalarda omitinkarbamoiltransferaza 
nuqsoni natijasida mitoxondriyalarda karbamoilfosfat to‘planadi 
va sitozolga chiqadi. Bu pirimidin nukleotidlari sintezi tezligining 
ko‘payishini chaqiradi (karbamoilfosfatsintetaza II faollanishi 
natijasida), bu esa orotat, uridin va uratsil to ‘planishiga va siydik 
bilan chiqarilishiga olib keladi. Barcha metabolitlarning miqdori 
ko‘payadi va ovqat tarkibida oqsil miqdori ko‘payganda bemorlar 
holati yomonlashadi. Kasallik kechishining og‘ irligi ferment 
faolligining pasayishi darajasiga bog‘liq.
O m itinsikli barcha o ‘zgarishlari qonda am m iak,glutam invaalanin 
konsentratsiyasining ko‘payishiga olib keladi. Giperammoniemiya 
quyidagi simptomlar paydo b o iish i bilan kechadi: ko ngil aynashi, 
qaytalanuvchi qusish, bosh aylanishi, tirishish, hushdan ketish, 
miya istisqosi (og‘ir holatlarda), aqliy rivojlanishdan ortda qolish 
(surunkali tug‘ma shaklida).
Giperammonemiyaning barcha simptomlari — ammiakning 
MNS ta’siri natijasidir.
Turli turdagi giperammoniemiyani tashxis qilish uchun qonda 
ammiak miqdori, qon va siydikda omitin sikli metabolitlari, jigar 
bioptatida fermentlar faolligi aniqlanadi. Tashxisning asosiy belgisi
— qonda ammiak konsentratsiyasining ko payishidir. Qonda 
ammiakning miqdori 6000 mkmol/1 ga yetishi mumkin (me 
yorda — 60 mkmol/1). Lekin ko‘p surunkali shakllarda ammiak 
miqdori faqat oqsilli yuklama yoki o ‘tkir asoratlangan kasalliklarda 
ko‘payishi mumkin.
Omitin siklining turli nuqsonlari bo‘lgan bem orlam i davolash 
asosan kam oqsilli parhez hisobiga qonda ammiak konsentratsiyasini 
pasaytirish, ratsionga aminokislotalam ing ketoanaloglarini kiritish 
va ammiak chiqarilishini quyida keltirilgan usulda stimullashga 
asoslangan. Ammiakning chiqarilishini stimullash usullari:
° fenilatsetilglutamin va gippur kislota tarkibida NH, ni bog‘lash
237


va chiqarish;
• 
bloklanmagan reaksiyalardan tashqari hosil bo‘luvchi siklning 
oraliq metabolitlari (arginin, sitrullin va glutamat) konsentratsiyasini 
oshirish.
Karbamoilfosfatsintetaza I nuqsoni bo‘lgan bemorlarga ovqatga 
qo‘shimcha sifatida fenilatsetatni qo‘shishganda, uning glutamin 
bilan konyugatsiyasi natijasida fenilatsetilglutamin hosil bo‘ladi, 
u buyraklar orqali ekskretsiyalanadi. Bunda bemorlaming holati 
yaxshilanadi, chunki glutamin sintezining faollanishi sodir bo‘ladi 
va qonda am m iak konsentratsiyasi kamayadi. Xuddi shunday 
ta’simi benzoat k o ‘rsatadi, u glitsin molekulasini b o g ia b oladi. 
Hosil bo‘lgan gippur kislotasi siydik bilan chiqariladi. Gippurat 
ta ’sirida organizmdan azot chiqariladi. Glitsinning yetishmasligi 
uning serindan sintezlanishi hisobiga kompensatsiyalanadi. Bunda 
glitsin hosil bo‘lishi bir molekula ammiak bog‘lanishi bilan kechadi.
Giperam moniemiyaning II turida (omitinkarbamoiltransferaza 
nuqsoni) katta miqdorda sitrullinni kiritilishi aspartatdan siydikchil 
sintezini stimullaydi, bu ham organizmdan azotni chiqarishga olib 
keladi. A rgininosuksinaturiyada katta miqdorda argininni kiritish 
(argininosuksinatliaza nuqsoni) omitin regeneratsiyasi va sitrullin 
argininsuksinat tarkibida azotni chiqarilishini stimullaydi.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish