“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
163
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tafakkurini milliy markazlar yoshlarida shakllantirishda bir
komponentli ta’lim va tarbiya tizimidan (stixiyali), ko‘p komponentli ta’lim tizimiga (ta’lim tizimi va nodavlat
ta’lim tizimi o‘rtasidagi integratsiya, bilim, malaka va ko‘nikmalar integratsiyasi, turli davlat va nodavlat
tashkilotlarining maqsadlar integratsiyasi va amallar muvofiqlashuvi, shaxs kompetensiyasi, inson kapitali
ustuvorligi, pedagogik maqsad bilan uni samarali amalga oshirishning shakl, vosita va usullari o‘rtasidagi
integratsiya) o‘tish darkorligi kuzatiladi.
Binobarin, aynan, mana shunday yuqorida ta’kidlangan barcha unsurlar xususiyatlarini o‘zida mujassam
etgan ko‘p komponentli ta’lim va tarbiya jarayoni millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tafakkuriga
ega bo‘lgan shaxs shakllanishini ta’minlab beradi.
Tadqiqotda milliy totuvlik va diniy bag‘rikenglikning ilmiy-pedagogik ta’rifini ishlab chiqish muhimligi
inobatga olindi. Unga ko‘ra, milliy totuvlik va diniy bag‘rikenglik inson ruhiy, ma’naviy va mafkuraviy
tinchligini saqlash va muhofaza qilish shart sharoitlariga qo‘yiladigan huquqiy norma va axloqiy sifatlar
majmualardan biri bo‘lib, u insonning yashash shart-sharoitlarini tinchlik, osudalik, birodarlik, hamkorlik
asosida tashkil etishga qaratilgan amallar majmuyidir. U tarixiy xususiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy,
ma’naviy-axloqiy qadriyatlar yig‘indisidan iborat. Uning mazmuni inson hayot xavfsizligini muhofaza qilish,
uning yashash tinchiligini asrash, uning hayotini va tinchligini ta’minlashga qaratilgan g‘oyalar, qarashlar,
tushunchalar, sa’y-harakatlar, bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar va faoliyatga tayyorlik yig‘indisiga teng keladi.
Xulosalarga ko‘ra, milliy totuvlik va diniy bag‘rikenglik tafakkuriga egalik demokratik va fuqarolik
jamiyatlari hayotida kundan kun ahamiyat kasb etib borayotgan eng muhim talablardan biriga aylanib
bormoqda. Insonda milliy totuvlik va diniy bag‘rikenglik madaniyati bo‘lsagina, u ijtimoiy muhitda o‘zi
va boshqalarning rang-barangligini tan ola oladi, va mana shu rang-barang olam bilan kelishgan holda
va rang-baranglikni tan olgan holda ijtimoiy inqirozlarsiz yashashga o‘rganadi. Bugungi ijtimoiy talab,
inson millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik posboni bo‘lishi shart. Jamiyat va o‘zining shaxsiy hayot
manfaatlarini muhofaza qilish millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik posboni bo‘lgan insonlar qo‘lidadir.
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tafakkurini shakllantirish bu – totuvlik va bag‘rikenglik
borasidagi eng zamonaviy tushuncha, ong, tafakkur, qadriyatlar, axloq, fe’l-atvor va madaniyatni bugungi
ustuvor yo‘nalish sifatida yoshlarda mutanosib shakllantirish uchun maqsadli pedagogik jarayonni tashkil
qilishdir.
* * *
Do'stlaringiz bilan baham: |