Keywords
:
makhalla, national games, value, games on mobile, activity, upbringing, spiritual environment.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush
tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
735-sonli qarorida qayd etilgan muhim vazifalarni amalga oshirish maqsadida mahallalarda milliy o‘yinlar
vositasida ijtimoiy faollikni oshirish, mahalla bolalari orasida milliy qadriyatlarimiz, milliy o‘yinlar va
shaxs ijtimoiylashuviga ushbu o‘yinlarning ta’siri, hududlarda milliy o‘yinlarning tashkil etilishi nazariy va
amaliy shart-sharoitlarini aniqlash lozim. Asosiy e’tibor o‘zbek mahallalarida milliy o‘yinlar mazmuni va
tashkil etish metodikasi samaradorligini tekshirish, aniqlash imkonini beradigan metodikalarni tatbiq etish.
Mahallangizda milliy xalq o‘yinlari tashkil etiladimi? Milliy xalq o‘yinlari qaysi paytlarda o‘tkazilishi kerak
deb hisoblaysiz? Mahallangizda milliy xalq o‘yinlari tashkil etish uchun sharoit mavjudmi? va boshqa shu
kabi qator savolnomalar asosida o‘rganish.
Mahallalarda milliy o‘yinlar vositasida ijtimoiy faollikni oshirishning nazariy va amaliy masalalari,
pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish masalalari M.Abrorov, S.Bulatov, O.Bo‘riyev, I.Jabborov,
T.Javliyev, M.Inomova, Y.Ovlyakuliyev, N.Ortiqov, Q.Tohir, O.Usmonov, A.Madrahimov, I.Xayrullayev,
M.Quronov, D.Ro‘ziyevalarning ishlarida xalq og‘zaki ijodi namunalari, milliy urf-odat, marosim va
an’analarning mohiyati, ularda ilgari surilgan g‘oyalar, milliy madaniyat asoslari hamda ularning shaxs
ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni va roli ochib berilgan.
Mahallalarda milliy o‘yinlar bolalarning jismonan va ruhan sog‘lom etib tarbiyalash, mahalla
bolalarida xalqimizga xos bag‘rikenglik, jamoaviylik, jipslik tamoyillarini qaror toptirishga ko‘maklashadi.
Mahallalardagi milliy o‘yinlarni tashkil etish milliy qadriyatlar tarkibidagi xalqning eng sevimli ma’naviy
tadbirlaridan biridir. Kurash, ko‘pkari (uloq), “Oq terakmi, ko‘k terak”, “G‘ozlar va oqqushlar”, “Kuchlilar va
chaqqonlar”, “Arqon tortish”, “Quvlashmachoq” “Durra”, “Otib qochar”, “Uchtalik to‘ptosh”, “Xakkalakam
sharti”, “Otambaqala-Qoqbosh”, “Ikki tosh”, “Yong‘oq urish”, “Beshtosh” kabi o‘yinlar vositasida shaxs
ijtimoiy faolligi oshiriladi. Yurtimizda xalq milliy o‘yinlarini o‘rganish va ularni qayta tiklash bilan yoshlarning
ma’naviy va jismoniy kamolotini tarbiyalashda ulardan maqsadli foydalanish amalga oshirib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |