“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
166
“Arg‘imchoq”, “Tortishmachoq”, “Oq terakmi ko‘k terak”, “Bekinmachoq” va shunga o‘xshash o‘yinlar
yoshlikdan otalikka, onalikka, mehnatga, hayotga tayyorlov vositasidir.
Shunday ekan, yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalashda mahallalarda milliy xalq o‘yinlarini keng
tatbiq etish orqali yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga erishiladi. Ularda mehr-oqibat, chidamlilik, zukkolik,
chaqqonlik va shu kabi qator fazilatlar o‘yinlar orqali rivojlantirishga erishilishi qadimdan ma’lum. Asrlar
osha avlod-ajdodlarimiz milliy o‘yinlarni o‘ynashgan va e’zozlashgan. Mahallada yoshi ulug‘ ota-onalar
tajribasini yosh avlodga o‘rgatishning o‘zida ham tarbiyaviy jarayonga benihoya ta’sir etadi. “Ajdodlarimiz o‘z
o‘yinlarida ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Ba’zi hollarda esa o‘yin mehnat qilish istagi
orqali yuzaga keladi. Ayrim hollarda o‘z o‘yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi, keyinchalik ularning
mehnatida qatnashadi. Psixologlar o‘yinni bog‘cha yoshi davridagi yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O‘yin
tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlovchi sifatlar shakllanishini, ruhiyatda sezilarli
o‘zgarishlar sodir bo‘lishini e’tirof etadilar”
87
.
Mahallada, oilada bolalarning turli salbiy muhit ta’sirida qolmasligi uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil qilish uchun xalq milliy o‘yinlarining turli usullarini faol tatbiq etish zarur.
Xalqimiz orasida, mahallalarda har bir faslga mos milliy o‘yinlar mavjud bo‘lib ular qadimdan o‘ynalib
kelingan. O‘zbek milliy o‘yinlari hayotiyligi, har tomondan puxta o‘ylab yaratilganligi uchun ham katta-yu
kichik va hatto xotin-qizlar tomonidan sevib o‘ynalgan. Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini qiyinchiliklar
oldida dovdiramaslik, o‘z-o‘zini tahlil qilishga, qo‘rqmaslik ruhida tarbiyalab, uni yechishga o‘rgatganlar.
Ko‘p yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib, o‘z farzandlariga o‘yinlar orqali tarbiya berganlar va
shuningdek, aqliy o‘yinlardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatganlar.
Mehnatkash xalqimiz og‘ir mehnatdan keyin kishilar mahallada bir joyga to‘planib turli milliy o‘yinlar
bilan mashg‘ul bo‘lganlar, madaniy hordiq chiqargan, dam olgan. Bu o‘yinlar orqali ular kayfiyatlarini
ko‘targan, tetiklashib kuch to‘plab olgan. Fasllarga mos bo‘lgan o‘yinlarni butun-butun qishloqlar o‘ynab,
o‘zlarini shod etishga harakat qilganlar. Bu o‘yinlar katta bayramlarga ulanib, o‘yinlarning rivojlanishiga
katta yo‘l ochib bergan.
Mahalla milliy o‘yinlarning keng rivojlantirish aholining sog‘lomlashtirish maskani bo‘lib, milliy
o‘yinlar qadim-qadimdan milliy qadriyatlarimiz timsoli ularni rivojlantirishda aynan mahalla yoshlarining
kundalik hayotida o‘z aksini topgan. To‘g‘ri, bugungi kunda mahallalar o‘rtasida milliy o‘yinlar turli sayllar,
tadbirlar doirasida o‘tkazilib, musobaqalar tashkil etilmoqda. Mahalla yig‘inlarida targ‘ibot ishlari olib borilib,
87
Сиддиқов Б. Ҳаракатли ўйинларнинг вариантлари / “Алпомиш халқ ўйинлари ва миллий спорт турларини
ривожлантириш муаммолари” мавзусидаги илмий-амалий анжуман материаллари. – Фарғона, 2000. – Б. 84.
Do'stlaringiz bilan baham: |