Ключевые слова:
подростки, профессия, карьерная мотивация, профессиональное образование,
выбор профессии.
Annotation.
The article describes the family environment in the choice of profession of adolescents, the
state of employment in the mahalla, the social cooperation in the field of youth employment in our country,
it’s social necessity. The author emphasizes that the process of choosing a profession is of social significance,
but behind it is a physical individual.
Keywords:
adolescents, profession, career choice motivation, vocational education, career selection.
Hozirgi kunda juda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi dunyo xaritasida o‘zining munosib o‘rniga ega
bo‘lgan yangi O‘zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson
omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‘tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy
barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog‘ladi. Bundan inson va uning
mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, o‘z mukammalligi xususida qayg‘urishi muammosi har qachongidan
ham dolzarb masalaga aylandi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga
oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni
o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha turdosh oliy ta’lim hamda tarmoq tashkilotlariga biriktirish, o‘rta maxsus va
professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida 2021-2022-o‘quv
yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi
89
.
Bunday dolzarb masalani har tomonlama hal etishda yoshlarni kasbga yo‘naltirishning ahamiyati
juda ham katta. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish uchun yoshlar psixologiyasini bilish, o‘z taraqqiyotini va
iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli
o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorgarlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y
berayotgan jarayonlarni obyektiv va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari suradi.
Pedagogika va psixologiya fanlarida o‘quv va kasbiy faoliyatning motivlari tarkibi yetarlicha ishlab
chiqilgan. Lekin o‘quvchilar va ishlayotgan yosh mutaxassislarning ijtimoiy-kasbiy yo‘naltirish bilan bog‘liq
kasbiy motivatsiyaning mazmuniy tomonlari yetarlicha o‘rganilmagan.
89
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari
o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-5241-son
qarori
.
Do'stlaringiz bilan baham: |