“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
169
Adabiyotlar va tadqiqotlar natijalari quyidagi kasbiy-ahamiyatli sabablarni ajratib olish imkonini beradi:
– kasb va o‘quv muassasasini tanlash sabablari;
– o‘qish, o‘quv kasbiy faoliyat sabablari;
– ish joyini tanlash sabablari;
– mehnat (kasbiy faoliyat) sabablari;
– kasbiy o‘sish va martabasi oshish sabablari
90
.
Texnikum o‘quvchilarining motivatsiyalash tizimini shakllanishi ko‘proq maktabda shakllangan
o‘qishga, bilimlarni egallashga bo‘lgan munosabatga, bo‘lajak, kasbga va kasbiy faoliyat vazifalari va
mohiyatini tushunishga bo‘lgan munosabatga bog‘liq. Texnikumda o‘qish davomida kasb tanlash va “kasbiy
motivatsiya”ning nutq shakllanishi o‘quvchilar ongida aks etgan aniq ijtimoiy-kasbiy yo‘nalish ta’sirida
ham shartlanadi, ya’ni:
– jamoatchilik fikri bo‘yicha kasbning nufuzi;
– mazkur kasb bo‘yicha iste’molchilar uchun mehnat natijalarining (mahsulotlar, xizmatlar) ahamiyati;
– mehnat bozorida kasbga (nomutaxassislikka) bo‘lgan talab;
– katta maosh olish imkoniyati;
– kasbiy faoliyatning ijodiy xususiyati;
– mazkur kasbga bo‘lgan qiziqish va yaxshi mutaxassis bo‘lishga intilishi;
– kasbiy o‘sish, mehnatda martaba oshirish istiqbollari
91
.
Yoshlarni kasbga yo‘naltirish jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligidan kelib chiqqan Sharq
mutafakkirlari (Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qashg‘ariy, Alisher
Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar)ning qarashlari alohida ahamiyatga ega.
N.P.Krilov tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, o‘z niyatlarini amalga oshirish maqsadida oliy ta’lim
muassasalariga kirgan talabalarning ko‘pchiligi o‘zining kim bo‘lishini oxirigacha hal qila olmaydi. Bunga
sabab maktabni bitirgan o‘smirlarni mazkur oliy ta’lim muassasasiga olib kirgan kasb haqidagi tasavvurlari
bilan bu kasbning haqiqiy mazmuni o‘rtasidagi muammo nomuvofiqlik hisoblanadi
92
.
Tabiiyki, bugungi yoshlarning ko‘pchiligida o‘zlarining kasbiy taqdirlarini tasodifan hal etishlari
ma’lum ma’noda murakkab kechinmalarga, tanlagan kasb sohasi yuzasidan ikkilanishlarga, ichki nizolarga
olib kelmoqda. Jumladan, A.N.Leontyev talqinidagi shaxs, faoliyat, ong va ijtimoiy faollik o‘rtasidagi
psixologik mutanosiblikning mavjudligi shaxs munosabatlari tizimining pedagogik-psixologik mexanizmlarini
yaratilishida muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. V.D.Shadrikov esa, munosabat motivatsiyasi jarayonini
faoliyat tizimining funksional psixologik modeliga bog‘lagan holda faoliyatli yondashuv motivatsiyasi kasbiy
tayyorgarlikning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik istiqbollarini ochib berishini ta’kidlaydi
93
.
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkahol)
shaxs turadi. Holbuki shunday ekan, har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga
oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatiga binoan kasb maorifini amalga
oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi
va qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks holda umumiy xususiyatli yo‘llanma, ko‘rsatma ijobiy natijaga
olib kelmaydi, chunki individuallik o‘ziga xos talablarni taqozo etadi. Hatto, oddiy kasb maorifi turlicha
yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni qondirmasdan turib tub maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Kasb maorifi o‘quvchilarni kasbning mohiyati bilan, har bir kasbning shaxs oldiga qo‘yadigan talablari
bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar majmuasidir. Ma’lumotlarning aniqligi, to‘liqligi, xususiy
va ijtimoiy ahamiyati ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi.
Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasiga ko‘ra xilma-xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa
verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, ko‘rgazmali va grafik, uchrashuv kabi tadqiqlarga ega.
Kasbiy maslahat yo‘llashning mohiyatini inson ongiga chuqurroq singdirish uchun, shaxning ishtiyoqi
va qobiliyatlariga mos kasb-hunar (ixtisos) tanlashi uchun muhim obyektiv va subyektiv shart-sharoit yaratish
90
Карандашев В.Н. Психология введения в профессию. 2-е изд. – Москва: Смысл, 2003. – C. 22.
91
Jumayev U.S. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-psixologik asoslari. – Buxoro, 2002. – B. 98-99.
92
Климов Е.А. Как выбирать профессию. – Москва: “Проcвещение”, 1990. – C. 37
.
93
Климов Е.А. Как выбирать профессию. – Москва: “Проcвещение”, 1990. – C. 46.
Do'stlaringiz bilan baham: |