40
ildizmevalarni yig’ishtiradigan mexanizmlar bilan yig’ishtiriladi. Ildizmevalar
qo’lda tozalanganda ildizmevalilarning boshchasidagi barg bandlari 3-4 sm
uzunlikda kesiladi va saqlanadigan joyga keltiriladi. Urug’li ildizmevalar
saqlanadigan handaklarning kattaligi, ozuqa uchun
oldizmevalar saqlanadigan
handaklar bilan bir xil, lekin havo almashishi uchun qo’yiladigan shamollatgichlar
har 2 metrga o’rnatiladi.
Tipik holatdagi urug’lik ildizmevalar ajratiladi, kasallangan, o’lchami katta
ildizmevalar ajratib olib tashlanadi. Bu vaqtda aprbator bloknoti to’ldiriladi.
Urug’lik ildizmevalari kuzda saralanganligi haqida akt to’rdiriladi.
Bahorda handak ochilgandan so’ng, saralangan ildizmevalar qayta saralanadi
va «Urug’liklarni bahorda saralash» akti to’ldiriladi va so’ngra urug’lik
ildizmevalar ekiladi.
Asosiy va ekishdan oldin tuproqni ekishga tayyorlash, solinadigan fosfor va
kaliy o’g’itlari miqdori lavlagining birinchi yili yetishtirish bilan bir xil.
Urug’lik ildizmevalarni ekish fevralning oxiri va martning boshlarida
oldindan tayyorlangan qator oralari 60 sm qilib qo’lda ekiladi. 1 pog.metr yerga 2-
3 dona lavlagi ildizmevasi ekiladi. Ildizmevalar qurib qolmasligi uchun 2-3 sm
qalinlikda tuproq bilan bekitiladi. O’sish nuqtasi qurib qolgan ildizmevalardan
urug’ poyasi o’sib chiqmaydi va urug’ hosili kamayadi.
Ekilgan urug’lik ildizmevalar o’sish davrida 1-2 marta qo’lda
chopiq
qilinadi va 1 marta 90 kg/ga azot bilan oziqlantiridib, o’simliklar gulpoya chiqara
boshlashi, gullashi, urug’ tuganaklari rivojlana boshlaganda sug’oriladi. Bu vaqtda
«Urug’lar gullash oldidan» aprbatsiya qilinib, akt to’ldiriladi. Urug’ hosilining
umumiy urug’ tuganaklaridagi urug’lar 70% qo’ng’ir rangga kirganda ertalab
qo’lda o’riladi. O’rilgan urug’liklar xirmonga yoki asfaltlangan joyga keltiriladi va
20-30 sm qalinlikda yoyib quritiladi. Urug’liklar poyasi tezroq qurishi uchun har
kuni ag’darib turiladi. Urug’lik poyasi don kombaynlarida maydalaniladi va
«Petkus-gigant» qo’rilmasida ko’p pishli urug’ uchun 3,5 mm yoki bir pishli urug’
uchuye 2-3 mm fraktsiyalarga ajratilib tozalanadi. Urug’lardagi
yopishib qolgan
tayoqchalarni va chiqitlari ajratish uchun lavlagi urug’i OSG-0,5 rusumli
tozalagichdan chiqariladi. O’zbekistonda qand lavlagi urug’ini ildizmeva
ekmasdan olish usuli ishlab chiqilgan.
Qand lavlagining urug’ini ekib urug’lik olish mumkin. Buning uchun ertagi
ekinlar (sabzavotlar, kartoshka, silos uchun makkajo’xori) dan bo’shagan
maydonlar sug’orilib, 90R 60K o’g’itlari solib, 25-28 sm chuqurlikda hadayladi.
41
So’ngra maydon chizellanadi, mola bostirilib avgustning oxirida yoki sentyabrning
boshlarida qand lavlagi urug’i qator oralari 60 yoki 70 sm qilib seyalkalarda
ekiladi. Ekish miqdori 8-10 kg/ga, bunda urug’lik tuganaklari har biri 3-5 sm da
ekilgan bo’lishi kerak. Urug’ yaxshi unib chiqishi uchun sug’oriladi, nihollar
ko’karib chiqqandan so’ng kultivatsiya qilinib, sovuq tushguniga kadar 1-2 marta
sug’oriladi. O’simliklar qator oralari kultivatsiya qilinganda usti 4-5 sm qalinlikda
tuproq bilan ko’miladi. O’simliklarda birinchi yili azotli o’g’itlar
berilmaydi,
chunki azotli o’g’it ularning qishda saqlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Bahorda o’simliklardag urug’poyalar o’sib chiqadi. Bu vaqtda (aprelda)
traktorda kultivatsiya, chopiq qilinib, o’simliklar shoxlay boshlaganda (90-100)
azotli o’g’itlar bilan oziqlantiriladi. Urug’liklar 3 marta (gulpoyalar chiqara
boshlaganda, gullash, urug’ tuganaklari hosil bo’lish davrlarida) sug’oriladi. Bu
usulda urug’ olishda ildizmevalarni kavlash, qishda handaklarda saqlash,
bahorda
ekish, yerga qadash ishlari bajarilmaydi va odatdagi usulga nisbatan urug’liklar 10-
12 kun oldin pishadi. Urug’ hosili gektariga 15-20 ts/ga ni tashkil etadi.
Ko’p urug’oik navlari uchun GOST 2890-82, urug’larning unishi birinchi
klass urug’lari uchun 85% ikkinchi klass urug’lari uchun 75% bir urug’lik nav va
duragaylar uchun 80-75% ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: