5- ma’ruza.
Don dukkakli ekinlarning umumiy biologiyasi.
Reja
1.
Don-dukkakli ekinlar ahamiyati.
2.
Ekinlarning kelib chiqishi.
3.
Don-dukkakli o’simliklarning biologiyasi.
Dukkakli don ekinlariga ko’k no’xat, no’xat, soya, mosh, loviya, yasmiq, burchoq,
hashaki dukkak, vigna, lyupin, vika kiradi. Ularni hammasi dukkaklilar - oilasiga
mansub. Biologiyasi, o’stirish texnologiyasi, olingan mahsulot sifati bo’yicha bu ekinlar
o’xshash.
Dukkakli don ekinlarini etishtirish qishloq xo’jaligidagi uchta asosiy muammoni hal
qilishga imkon beradi: 1) Don etishtirishni ko’paytirish; 2) O’simlik oqsili muammosini
hal etish; 3) Tuproq unumdorligini oshirish.
Bu ekinlar foydalanishiga ko’ra oziq-ovqat (ko’k no’xat, no’xat, mosh, loviya,
soya), em-xashak (vika, xashaki no’xat, lyupin, xashaki dukkak va boshq.) universal
(yasmiq, burchoq), ko’k o’g’it (alkoloidsiz lyupin) uchun ekiladigan guruhlarga
bo’linadi.
Ularning donida oqsilning miqdori 25 - 50 % bo’ladi. Sifatli tayyorlangan dukkakli
don ekinlarining somonida 8-14 % oqsil bor, don ekinlarinikida esa 3-4 %. Ammo
ularning somoni hozirga qadar oziqa sifatida ishlatilmaydi.
Malumotlarga ko’ra 1 kg hayvon oqsili olish uchun 5-7 kg, ba’zan 8-9 kg o’simlik
oqsili sarflanadi. Oziqa moddalarni yo’qolishi ularni tayyorlash davrida 20-30 % tashkil
qiladi. Bu oqsil tanqisligini yana kuchaytiradi. Zootexnik me’yorlariga ko’ra bir energetik
oziqa birligi (EOB)da 110-115 g hazmlanadigan oqsil bo’lishi kerak. Hozirda
chorvachilikda foydalaniladigan bir oziqa birligida 85 g hazmlanadigan oqsil bor.
Oziqalardan foydalanishni taxlillarini ko’rsatishicha oziqa birligida oqsil tanqisligi
kovush qaytaradigan mollarda oziqa sarfini 1,3-1,5 cho’chqalarda 2 barobar oshirishga
olib keladi.
17
Dukkakli don ekinlarining urug’larida oqsil, yog’, energiya, oqsil to’la qimmatligini
saqlanishi (Posipanov bo’yicha, 1993)
Ekin
Oqsil%
AQM
qisobida
Oqsilni to’la
qimmatligi,%
YOg’,%
AQM
hisobida
Energiya, MJ 1 kgda
Oqsil 1OBda,
g
urug’
YAshil
massa
Soya
40
88
18
23,0
18,11
185
Oq lyupin
38
80
10
21,2
18,0
188
Sariq lyupin
42
80
7
20,8
18,08
212
Ekma vika
31
77
2
19,1
18,05
170
Tukli vika
30
73
2
19,0
18,00
166
YAsmiq
30
85
5
19,8
-
160
Loviya
30
85
3
19,2
-
163
Burchoq
28
77
2
18,9
18,21
164
Xashaki
dukkaklar
28
75
2
18,9
17,79
164
Ekma ko’k
no’xat
24
78
2
18,7
17,91
128
Dala ko’k
no’xati
21
76
2
18,5
17,80
119
No’xat
23
78
5
19,2
17,80
122
AQSH, Kanada, Argentina va boshqa rivojlangan mamlakatlarda oqsil tanqisligi
dukkakli don ekinlari, bedani ko’p ekish hisobiga qoplanadi. O’simlik oqsilini ishlab
chiqish arzon. Dukkakli don ekinlarining urug’ida oqsil ko’p, arpa va sulining 1 o.b.da
hazmlanadigan oqsil 70 va 63 g., ko’k no’xat, vika, soyada 160, 186, 300 g. etadi.
SHuning uchun dukkakli don ekinlari ajoyib oziqa va oziq-ovqat ekinlari bo’lishi bilan
bir qatorda boshqa oziqalarning ham qimmatini oshiradi.
Dukkakli don ekinlarining urug’laridagi oqsil miqdori faqatgina nav genotipiga va
o’stirish sharoitiga bog’liq bo’lib qolmasdan simbioz yo’li bilan qavo azotini o’zlashtirish
18
sharoitiga- tuproq agrokimyoviy kursatkichlariga hamda o’simlikni nam bilan
ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi. Unumdorligi past, nam bilan kam ta’minlangan
tuproklarda simbioz faolligi past bo’lganligi uchun qosil va undagi oqsil miqdori past
bo’ladi.
Dukkakli don ekinlarining urug’i va yashil massasida oqsil miqdorini simbioz
faolligiga bog’liqligi, % AQM qisobida (Posipanov bo’yicha, 1992)
Do'stlaringiz bilan baham: |