Mantiqiy mushohada uchun
1.Mavjudlik shaklsiz bo‘lmaydi, degan hukmni qanday
tushunasiz?
2.Ongdagi har bir lisoniy birlik (UMIS) tafakkur mahsuli degan
hukmni qanday tushunasiz?
3.“Dialektik yaxlit” bo‘lgan narsa bo‘linuvchanmi yoki
bo‘linmas?
“Nutq” tushunchasi haqida ma’lumot. Nutq lisoniy
birlikning jamiyat a’zolari ongida o‘rnashgan me’yor asosida
muayyan moddiy (yozma, og‘zaki va h.) shakllardan birida
voqelanishidir. Masalan, a fonemasi og‘zaki nutqda eshitiladigan
tabiatga ega bo‘ladi, bu eshitilish tovushning baland/pastlik,
cho‘ziq/qisqalik, kuchli/kuchsizlik, urg‘ulilik/urg‘usizlik kabilarni
o‘z ichiga oladi. So‘zlovchi fonemalarni nutq tovushiga qanday
sharoitda qay tarzda aylantirish qoidalarini biladi va bu qoidalarni
til jamiyatidan o‘zlashtirib oladi. Ana shu qoidalar me’yor deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |