nutqiy
turlarga
ajratishga
asosiy
urg‘u
berilib,
lisoniy
imkoniyatlarning nutqiy voqelanishiga e’tibor
qaratilmadi;
4)
tilshunoslikning antroposentrik davri. Bu davrda til
sistemalarining amal qilish xususiyatlariga,
lisoniy imkoniyatlardan
kishilarning nutqda amaliy foydalanish samaradorligiga e’tibor
qaratila boshladi.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Tilshunoslikda substansial-pragmatik yo‘nalish
Bugungi kunda taraqqiyot o‘zbek tilshunosligidan aniqlangan
lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishini tekshirishni, ona tili
imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligiga erishish muammosi
bilan shug‘ullanishni talab qilmoqda. Yangi asr fani zimmasiga
yuklatilayotgan bu ijtimoiy buyurtma tilni yangi – substansial-
pragmatik (“imkoniyatdan voqelikka”) tamoyillar asosida tadqiq
qilish asosida amalga oshiriladi.
Tilshunoslikning yangi yo‘nalishini ifodalovchi substansial-
pragmatik terminining tarkibiga kirgan pragmatika so‘zi yunoncha
pragma, pragmatos so‘zidan olingan va “ish”, “harakat”
ma’nolarini bildiradi, tilshunoslikda til birliklarining qo‘llanish
xususiyatlarini
o‘rganishni anglatadi. Substansial-pragmatik
yo‘nalish muayyan til imkoniyatlarini egallab, undan amalda
foydalanuvchilarning ushbu birliklar sistemasiga ongli, amaliy
munosabatini tekshiradi.
Substansial-pragmatik
yondashuv
–
o‘zbek
fanida
shakllanayotgan tilshunoslikning yangi empirik yo‘nalishi. U
lisoniy imkoniyatlarni so‘zlovchi, tinglovchi, ularning o‘zaro
munosabati, muloqot vaziyati singari nolisoniy hodisalar bilan
bog‘liq holda o‘rganadi. Shaxsning lisoniy imkoniyatlardan amaliy
foydalanishi so‘zlovchi hamda tinglovchining shaxsiy sifatlari,
nutq maqsadi, uning turlari (oshkora yoki yashirin), shakllari
(xabar, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, va’da berish,
salomlashish, so‘rashish, xayrlashuv, uzr, tabrik, shikoyat kabilar),
nutq strategiyasi va taktikasi, nutq odobi, muloqot madaniyati,
so‘zlovchi yoki tinglovchining dunyoqarashi, bilim darajasi,
qiziqishlari kabi qator nolisoniy omillar bilan mushtarak holda
yuzaga chiqadi.
20
Substansial-pragmatik yo‘nalish Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent
davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universitetida
shakllanmoqda.
Har bir davr o‘z fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablarni
qo‘yadi. “Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilg‘or falsafiy fikri,
davr uchun yetakchi bo‘lgan fan sohalarining yutuqlari bilan uzviy
bog‘liq. Turli fanlarning manbalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli,
davrning yetakchi falsafiy fikri fanlardan o‘rganish manbayining
qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini, borliqdagi
mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda aks
ettirish yo‘llarini belgilab beradi” (H.Ne’matov). Shu asosda aytish
mumkinki, zamonaviy o‘zbek tilshunosligi
sistem-struktur
Do'stlaringiz bilan baham: