Muayyan sistema borliqda mavjud bo‘ladi. Ularni sezgi
a’zolari vositasida his etish (ko‘rish, o‘qish, eshitish, hidlash va b.)
mumkin. Masalan, har qanday she’r, har qanday sintaktik qurilma,
umuman, borliqdagi har bir narsa muayyan sistemadir.
Lison – abstrakt, nutq muayyan sistemadir.
Ferdinand de Sossyur lison-nutq munosabatini shatranj o‘yini
qoidalari asosida tushuntirib berishga harakat qilgan.
Shaxmat donalari va har bir donaning yurish qoidasi ongdagi
lisoniy birliklar va ularning birikish imkoniyatiga o‘xshaydi.
O‘yinchi bamisoli so‘zlovchi, shaxmat o‘yinini bilishi esa
so‘zlovchining
nutq
qobiliyatiga
monand.
Donalarning
harakatlantirilishini nutqqa qiyoslash mumkin:
27
Do'stlaringiz bilan baham: |