“Me’yor” tushunchasi haqida ma’lumot. Me’yor – lisoniy
birlikning nutqda voqelanishi uchun tanlanish omil va usullari
majmuyi. Masalan, o‘lmoq fe’li o‘rnida asfalasofilinga ravon
bo‘lmoq iborasini qo‘llab bo‘lmaydigan vaziyat va holatlar
mavjud. Ana shu vaziyat va holat – me’yorning bir ko‘rinishi.
Me’yorni lisonning nutqqa aylanish muhiti, sharoiti deyish ham
mumkin. Insonning nutqiy qobiliyati qaysi birlikdan qay vaziyatda
qaysisini qo‘llash malakasidir. Bu qobiliyat nutqiy muhitni his etib,
lisonga murojaat qilishni ta’minlaydi.
Bir-birini taqozo etuvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan lison –
me’yor – nutq zanjirida faqat nutq tashqi (moddiy) shaklda
(og‘zaki, yozma) namoyon bo‘ladi va sezgi a’zolarimizga ta’sir
qiladi.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |