2
-
Ma’ruza.
Biosferaning ekologik muammolari.
Reja
1.Biosferaning ekologik muammolari.
2.Atmosfera, litosfera va gidrosferani ifloslanishdan muxofaza qilish.
Biossferaning ekologik muammolari.
1)Keyingi davrlarda uglerodni yoqish
hisobiga karbonat angidrid-
SO
2
gazining ko„payib bormoqda. Bu esa parnik effektini hosil qiladi.
M.I.Budikonning ma‟lumotga qaraganda (1989 yil 10 yil ichida 0.2dan
0.3
o
Sga ortadi) 2000 yillar boshlariga borib Erning shimoliy yarim
sharida havo harorati 1.2 gradusga oshishi mumkin. Bu esa muzlilar
erishini tezlashtiradi va dunyo okeanlarining sathi ko„tarilishiga sabab
bo„ladi.
2)1980 yillarda Antarktidada ilmiy tekshirish
stansiyalarida havoda
ozon miqdorning kamayib borayotganini va “ozon teshik”larini paydo
bo„lganliklari aniqlandi. 1987 yil Antarktidada Amerika er yo„ldoshi
“Nimburk”-7dan olingan ma‟lumotlarga ko„ra, ozon teshigi janubiy
materikning 2/3 qismini egallagan. Buning asosiy sababchisi ko„plab
xloroftor uglevodorodlarining ishlatilishidir (har xil aerozollar,
ayniqsa
xlor oksidlari). Bular ozon qatlamini emiradilar, o„zlari esa juda sekin
parchalanadilar (50 yildan 200yilgacha).
1989 yilda Monrealda qabul qilingan xujjatga muvoffiq 1999 yil
freonlarni ishlab chiqarish dunyo bo„yicha 50%ga kamaytirildi. Ana shu
talbirlar amalga oshirilsa, ozon teshiklarini kamaytirish mumkin. Bu esa,
ozon qatlamini saqlab qolishga imkon berali.
3)Kislotali yomg„irlar. Hozirgi davrda texnogensulfidning havoga
ko„plab chiqarilishi biosfera moddalarning
aylanma harakatiga katta
ta‟sir ko„rsatmoqda. YUNESKO ekspertlarining ma‟lumotiga ko„ra
1980 yilda havoga chiqariladigan sulfidlar miqdorini-251 mil.tonnaga
teng, SHundan Er kurrasining shimoliyzonasiga 174 mil.tonnasi,
janubga -77 mil.tonnasi to„g„ri kelgan. Bu yomg„irlarning ta‟siri tufayli
AQSHdagi ko„llarda 80% hayot yo„qolgan. Konada, SHvedsya,
Norvegiya
davlatlarida suv havzalari shu
yomg„irlar tufayli
zararlanagan. Kislotali yomg„irlarning ta‟siri natijasida har yili 31
mil.gektarga yaqin erlardagi o„rmonlar qurib ketmoqd. A.V.YAblokov
tomonidan 1989yilda o„tkazilgan kuzatishlarda kislotali yomg„irlar
ta‟sirida o„rmonlar ham shikastlanadi va
chuchuk suvlarning organik
dunyosiga ham kuchli ta‟sir ko„rsatsdi. Bunga
Tojikistondagi
alyumini
zavodi,
Tursunzoda
shaharida
(ftro),
CHirchiqdagi kaprloktam zavdi misol bula oladi.
4)Tuproq unumdorligining kamayishiga inson faoliyatining ta‟siri.
Tabiatdagi biologik aylanishga inson faoliyati katta ta‟sir ko„rsatadi. Bu
aylanish moddalarning sirkulyasiya qilishi tufayli vujudga keladi.
Binobarin, tuproq, o„simlik, hayvolar va mikroorganizmlar o„rtasida
ssodir bo„ladi. Er osti boyliklarini ochiq qazib olish, erlarni quritish va
sug„orish binobarin tuproq unumdorligining pasayishiga va emirilishiga
olib keladi.
BMTning ma‟lumotga ko„ra, har yili dunyoda erroziya va
defolyasiya natijasida 7mil.gektar haydaladigan er qishloq xo„jaligi
oborotidan chiqib qolmoqda (masalan,
Hindiston, Pokiston, Meksiika,
Orol bo„yi). SHo„rlangan erlarda hosildorlik keskin pasayib
ketadi(masalan, paxta va bug„doy 50-60%ga, makkajo„xorda 40-
50%ga). Atrof muhitnin buzulishi tufayli Orol bo„yila katta cho„llar
yuzaga kelmoqda.
5)O„rmonlarning keskin kamayishi. Er yuzasidagi o„rmonlar
tabiatdagi ekosistemaning normal holatda
saqlanishida katta rol
o„ynaydi. Quruqlikdagi o„simliklar inson faoliyati tufayli havoga
chiqarilgan har xil zaxarli moddalarni yutib, havoni ifloslanishidan
himoya qiladi. O„rmonlarni kamayishi
atmosferadagi kislorod va
uglerod balansini buzilishiga olib keladi.
1 gektar erdagi o„rmonlar bir yilda 20mil.m
3
toza havo beradi.
SHunga qaramay insonlar o„rmonlarni kesishni to„xtovsiz davom
ettirmoqdalar.
Hozirgi kunda er yuzasidagi o„rmonlar 42mil.km
2
ni tashkil etadi.
Ular har yili 2%dan kamayib bormoqda. SHuning uchun keyingi vaqtda
G„arbiy Evropa mamlakatlarida sun‟iy o„rmonlarni ko„paytirishga
alohida e‟tibor berilmoqda. Masalan, 1974 yildan 1983 yilgacha sun‟iy
o„rmonlar Ispsniyada624ming gektarga, YUgoslaviyada 322ming,
Finlandiyada 161 ming, Polshada 108 ming, Bolgariyada 61 ming
gektarga etdi.