Keyingi yuz yillikda sanoatning
rivojlonishi natijasida
planetaning mineral resurslaridan jadal foydalanilmoqda - mineral
xom ashyoni iste‟mol qilish 100 mlrd. tonnadan ortiqqa etdi.
SHunday usulda mineral xom ashyodan foydalanish katta mikdordagi
chiqindilar va ularning qayta ishlashning turli boskichlaridagi
chiqindilar – konchilik korxonalarida tashish vaqtida va qayta ishlash
korxonalarida chiqindilar mikdori ko„p hollarda olingan mahsulotdan
ko„p bo„ladi. 1- jadvalda 2000 yilgacha bo„lgan davrgacha jahondagi
ishlab chiqarish chiqindilari va ularning hajmlari keltirilgan.
Tog„dagi
ishlanmalar, metallurgiya va ximoya zavodlari, issiklik
elektr stansiyalarini ishlatish jaraenida katta mikdorda kattik
chikindilar, masalan, fosfogips, kuyundi, shlak,
kul va xokozolar
xosil buladi. Bu chikindilar katta maydonlarda uyulib yotadi va kator
xollarda turli chikindi va ularning xajmlari (mln. tonna).
Qattiq chiqindilarga metal va yogoch chiqindilari, plastmassa va boshqa
materiallar, sanoat korxonolarining chang va gaz tozalagich
sistemalaridan mineral va organik chiqindilar : turli organik va mineral
moddalardan tashkil topgan sanoat chiqindilari kiradi ( rezina, kogoz,
mato, qum va boshqalar), suyuq chiqindilarga oqindi suvlarga ishlov
bergandan
keyin
ularning
cho„kindilari,
gazlarni tozalash
sistemalaridagi mineral va organik shlaklar (quyqalar) kiradi.
Atrof muxitga tushadigan qattik chiqindilar uchta toifaga bo„linadi.
Sanoat, qishloq xo„jalik va shaxar xo„jaligining maishiy chiqindilari.
Sanoat
chiqindilarining
asosiy
qismi
kon
va
kon-ximiya
(uyumlar,shlaklar va boshqalar); qora va rangli metallurgiya (shlak,
shlamlar, chang va boshqalar); metal ishlash korxonalari (qirindi, braka
chiqqan buyumlar va boshqalar); o„rmon va yog„ochga ishlov berish
sanoati (yog„och tayyorlash chiqindilari ,yog„och kipigi , mayda
bo„lakchalar va boshqalar), issiqlik elektrostansiyalari,
energiya
xo„jaligining (kul, shlak va boshkalar), Kimyo va boshqa turdagi sanoat
tarmoqlari (foffogips, ogarka, shlaklar, shlamlar, shisha siniqlar, sement
changi), organik ishlab chiqarishlar (rezina, platmassa va boshqalar),
oziq-ovqat (suyak, jun va boshqalar), engil to„qimachilik va paxta
tozalash sanoati (mineral va organik, chang, shlam, paxtani
tozalagandan keyingi organik va mineral iflos aralashmalar va
boshqalar).
Keyingi o„n yillikda qishloq xo„jaligini
keskin intensifikatsiyalash
natijasida atrof muxitga chiqariladigan dexqonchilik va chorvachilik
chiqindilari keskin oshdi. Qishloq xo„jaligi chiqindilari bilan bir
qatorda ko„p miqdorda plastmassa tara, ishdan chiqqan mashina va
extiyot
qismlarning eski rezinasi, ishlatilmagan o„g„itlar va boshqalar
ko„paydi.
Xozirgi vaqtda shaxar xo„jaligining maishiy chiqindilarini
utillashtirish muommosi tobora jiddiy tus olmoqda. Xar yili bir nafar
shaxar axolisiga singan shisha,
metal buyumlari, kog„oz, plastmassa va
ovqat qoldiqlaridan iborat 300kg axlat chiqadi. Ishlab chiqarishning
ko„pgina qattiq chiqindilari o„simliklarga,xayvonlarga va odamlarga
katta zarar keltiradi. Masalan, fosfogips uyumlari (fosforli o„g„itlar
olingandan keyingi qattiq chiqindilar) sizot suvlarini ifloslanishi va
zaxarlanishi mumkin. Ishlab chiqarishning ba‟zi
chiqindilari tarkibida
xrom, kalay, surma va boshqa zaxarli moddalarning birikmalari bor,
ular tuproqdan o„simliklar va xayvonlar orqali odam organizmiga
tushadi. Konserogen xossaga ega bulgan asbest changining ajralishi juda
xavfli. SHuning uchun sanoat tomonidan xom ashyoni tejamli sarflash
va chiqindilarni umuman kamaytirish, xosil bo„lgan chiqindilarni foydali
maxsulotlarga qayta ishlash choralari ko„rilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: