Tibbiyot instituti talabalari uchun


Tsitologik usul bilan sperma borligini aniqlash



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Tsitologik usul bilan sperma borligini aniqlash
amaliyotda uncha keng 
qo’llanilmaydi, biroq ayrim sud tibbiyoti tsitologlari spermatozoidlarni faqat 
boshiga, uni o’lchamlari, shakli va o’ziga xos tuzilishiga qarab aynan o’xshatish 
mumkin deb hisoblaydilar.
16.12. Ashyoviy dalillarning qo’shimcha tibbiy-kriminalistika usullari 
603


yordamida sud tibbiyoti ekspertizasi
16.12.1. Tana va kiyimlardagi o’tmas va o’tkir vositalar tomonidan etkazilgan 
jarohatlarni aynan o’xshatish hamda guruhlarga aloqadorligini aniqlash
Istagan predmetni xarakterlovchi belgilar guruhli va alohida turlarga 
bo’linadi.
Guruhli belgilar predmetning ma’lum turiga xos bo’lib, ular bunday 
predmetlarni boshqa predmet turlaridan farqlash imkoniyatini beradi.
Alohida belgilar ushbu predmet turini xuddi shunga o’xshash turlardan 
farqlashda ahamiyatga egadir.
Bir biri bilan yoki atrof muhit bilan o’zaro ta’sir qilganda predmetlar har xil 
izlar hosil qiladi yoki yuzaga keltiradi.
Izlarni o’rganuvchi fanga 
trasologiya
deyiladi. Trasologiyada izlar deb, bitta 
predmetni tashqi tuzilishi tasvirini boshqa predmetda izohlanishi natijasidagi 
o’zgarishga aytiladi. Iz qoldiruvchi predmetga iz qoldiruvchi, a izi bo’lganiga esa 
iz qabul qiluvchi deb ataladi. Uning izdagi belgilariga qarab ob’ektni aynan 
o’xshashligi aniqlaniladi. Bunga identifikatsiya (aynan o’xshashlik) deyiladi. 
Bunday ekspertizani ekspert-kriminalistlar tomonidan o’tkaziladi.
Biroq o’xshatishning alohida turlari sud tibbiyoti ekspertizasi byurosining 
tibbiy-kriminalistika bo’limida o’tkaziladi. Maxsus qoidaga muvofiq tibbiy-
kriminalistika bo’limida ekspertizaning quyidagi turlari o’tkaziladi:
1) odam tanasi va kiyimlarida o’tmas va o’tkir vositalar, o’q otar qurollari, 
elektr toki va boshqalarda jarohatlanishlar xarakteri va hosil bo’lish 
mexanizmini aniqlash;
2) odam tanasi va qiyimlaridagi jarohatlanishlarga qarab jarohatlovchi 
predmetni aniqlash;
3) suyak qoldiqlariga binoan turlarga aloqadorligini, shuningdek ko’milish 
vaqtini aniqlash;
4) rentgenologik va antropometrik usullar orqali yoshini aniqlash;
604


5) kiyimda qon dog’ini shakllari va hosil bo’lish mexanizmi, jarohatlovchi 
asboblar va boshqa sud tibbiyoti eksperti ob’ektlarini aniqlash.
Bunday ekspertizalar sud tibbiyoti sohasida va boshqa kerakli fanlar 
(antropologiya, kriminalistika va boshqalar) bo’yicha etarlicha bilimga ega bo’lgan 
mutaxassis vrachlar tomonidan bajariladi.
Yuqorida ko’rsatilgan savollarni echish uchun tibbiy-kriminalistika 
bo’limining sud tibbiyoti ekspertlari ko’pgina maxsus tekshiruv usullari, jumladan 
o’lchash, mikroskopik, rentgenologik, fotografik, kimyoviy, spektrografik va 
boshqalardan foydalanadilar. Ekspertizaning har bir aniq turida tekshiriluvchi 
ob’ektning xususiyatlari va echilishi zarur bo’lgan savollarning xarakteriga qarab 
tekshiruv usullari to’plami aniqlaniladi.
Jarohatlangan tirik shaxslar va murdalarni sud tibbiyoti ekspertizasini 
o’tkazishda vrach doimo qaysi predmet (asbob) bilan jarohatlanish etkazilganligi 
to’g’risidagi savolni echadi. Biroq tirik to’qimalarning xususiyatlari (teri, shilliq 
parda, ichki organlar) shundaki, ularning jarohatlanishida odatda guruhli 
ahamiyatli belgilar, birgina predmetga emas, balki bir xil guruh predmetlar 
(o’tmas, o’tkir vositalar, o’q otar qurollari) uchun ham xarakterli bo’ladi. Faqat 
kam hollarda, odatda jarohatlangan suyaklar va tog’aylarda alohida belgilar qolishi 
hamda bunga qarab jarohat etkazuvchi predmet (asbob) ni aynan o’xshashligi 
aniqlanilishi mumkin.
Odam tanasi va kiyimlaridagi jarohatlanishlarga qarab predmet va 
asboblarni aynan bir xilligini solishtirma tekshiruv orqali qon izlari, hujayra 
qoplamalari va shu predmetlarda bo’lgan tekstil tolalarini yo’qolishiga olib kelishi 
ko’rinadi. Shuning uchun ham solishtirma tekshirishgacha bunday ashyoviy 
dalillarni topish va tegishli tekshiruv o’tkazishda sud tibbiyoti laboratoriyasida 
serologik va tsitologik usullarni o’tkazish tavsiya qilinadi.
Tanasi va kiyimlarida jarohatlanishlarga qarab predmet, asboblarni bir xilligi 
va guruhlarga aloqadorligini aniqlash trasologik identifikatsiyalanish usuliga 
asoslanadi.
Har bir tirik yoki tirik bo’lmagan tabiatli ob’ekt shunday tashqi tuzilish 
605


belgilariga egaki, ular bu ob’ektni o’ziga xos, takrorlanmaydigan, o’ziga o’xshagan 
barcha boshqalaridan farqlanish qobiliyatini namoyon qilib identifikatsiyalanish 
asosini tashkil qiladi.
Bunday belgilar iz qoldiruvchi predmetlardagi izlarda o’z aksini topadi va 
o’zida iz qoldiruvchi predmetlardagi izlarga qarab aynan o’xshatish imkoniyatini 
beradi.
Identifikatsiyalash ekspertizasi odatda 2 etapda o’tkaziladi. Birinchi etapda 
tekshiriluvchi ob’ektlar, masalan voqea sodir bo’lgan joydagi iz va 
tenglashtiruvchi iz yoki predmet, alohida o’rganiladi, biroq keyin umumiy tuzilish 
belgilari bilan solishtiriladi. Umumiy belgilar farqlanganda bu belgilar guruhli yoki 
individual bo’lishidan kat’iy nazar aynan o’xshashlik yo’qligi to’g’risidagi 
xulosaga kelish mumkin. Bunday hollarda shu etapda tekshiruv to’xtatiladi. 
Umumiy belgilar bir-biriga to’g’ri kelganda ekspertiza davom ettiriladi.
Ikkinchi etap xususiy belgilar (tafsilot) ga qarab ob’ektni solishtirish va 
tekshirishdan iborat. Bir xil ismli tafsilot borligi, ularning nisbatan joylashishi, 
tashqi tuzilishining xususiyatlari solishtiriladi.
Solishtirish jarayonida asbob bo’lganda ko’pincha tekshirishda tajriba 
o’tkazish zaruriyati tug’iladi. Bunda ma’lum sharoitda asbobning tashqi tuzilishi 
xususiyatlarining tasviri tajribada aniqlaniladi. Tajriba izlari keyinchalik 
solishtirma tekshirishda foydalaniladi.
Dinamik izlarni tekshirishda (siljish, kesish) tajriba odatda tekshiriluvchi 
izlar faqatgina bir xil ob’ektlar bilan solishtirilibgina qolmasdan, balki uni tajriba 
izlari bilan ham solishtiriladi. Tajriba o’tkazish sharoiti tekshiriluvchi iz hosil 
bo’lish sharoitiga maksimal yaqinlashuvi zarur.
Qator bir biriga o’xshash ob’ektlarni tekshirishda farq topilmasa, faqat 
guruhli belgilar to’g’ri kelganda ob’ektni guruhlar (turlar) ga aloqadorligi haqidagi 
xulosa uchun asos bo’la oladi. Umumiy va xususiy belgilar to’g’ri kelganda hamda 
farq bo’lmaganda, ularning yig’indisi shu aniq ob’ekt uchun individual bo’lsa 
o’xshashlik haqidagi xulosaga kelish mumkin.
Asbob izlarini ekspertizasida quyidagi solishtirish tekshiruvini texnik 
606


usullari qo’llaniladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish