Tibbiyot instituti talabalari uchun


Nafas olish sistemasi kasalliklaridan to’satdan o’lim



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Nafas olish sistemasi kasalliklaridan to’satdan o’lim.
Nafas olish 
kasalliklari ichida to’satdan o’limning eng ko’p sababchilaridan biri, ayniqsa 
dastlabki bolalik davridagi yallig’lanish jarayonlaridir. Murdani kesib ko’rishda 
ko’pincha laringotraxeit, bronxit, bronxiolit, bronxopnevmoniya kabi nafas 
yo’llarini stenozlovchi o’tkir respirator kasalliklarning belgilari topiladi.
O’tkir respirator kasalliklardan o’lgan bolalar murdasini kesib ko’rishda 
ko’pincha
timiko-limfatik
holatning belgilari aniqlaniladi. Bunda ayrisimon bez 
va butun limfatik apparatlar kattalashib, buyrak usti bezlarining gipoplaziyasi 
kuzatiladi. (Mityaev N.A., 1973).
Timiko-limfatik holatga moyil shaxslar kam chidamli bo’lib, ozgina ekzo- 
va endogen ta’sirlardan ham o’lib qolishi mumkin.
Ba’zan o’pka sili bilan kasallangan bemorlar ham to’satdan o’lib qolishi 
mumkin. Odatda, o’lim o’pkaning fibroz-kavernoz silidan o’pkadan qon ketish 
natijasida sodir bo’lishi mumkin. Nafas yo’llari va o’pkadagi har xil o’smalar ham 
to’satdan o’limning sababchisi bo’lishi mumkin. Hiqildoq o’smasi, agar ular o’zini 
holatini hatto biroz darajada o’zgartirish qobiliyatiga ega bo’lganda ham ma’lum 
sharoitda nafas olishni to’satdan qiyinlashuviga va o’tkir asfiksiyadan o’limga olib 
kelishi mumkin. O’pkani yomon sifatli o’smalarida to’satdan o’lim o’pkadan o’tkir 
qon ketishidan sodir bo’ladi.
Markaziy nerv sistemasi kasalliklaridan to’satdan o’lim.
Markaziy nerv 
sistemasining har xil kasalliklari ko’pincha keksa va qari odamlarga qaraganda 
yoshlarda to’satdan o’limning sababchisi hisoblanadi.
Bosh miya va uning pardalari o’smalari ba’zan noaniq klinik belgilarni 
beradi, shuning uchun ham to’g’ri tashxis o’z vaqtida qo’yilmagan bo’lishi va 
atrofdagilarga to’liq kutilmaganda bemorlar to’satdan o’lib qolishi mumkin. 
Odatda o’lim miyaning o’tkir shishi va siqilishidan yoki o’smaga va atrofdagi 
549


miya to’qimasiga qon quyilishi tufayli sodir bo’ladi. Ko’pchilik hollarda murdani 
kesib ko’rishda tashxis osongina aniqlaniladi. O’smani xarakterini aniqlashda 
gistologik usuldan foydalaniladi.
Epilepsiyadan o’lganda xarakterli morfologik o’zgarish topilmaydi. Tishi 
bilan tishlanish tufayli tilining jarohatlanishi, avval tishlagan joydagi eski 
chandiqlar, qontalashlar, shilinishlar va yaralar (tutqanoq paytidagi talvasalanish 
va yiqilishda) ko’rinishi mumkin. Tashxis qo’yish murdani kesib ko’rish natijalari 
bilan o’limni sodir bo’lish holatini solishtirish, anamnestik ma’lumotlar va 
shuningdek, boshqa barcha o’limning sababchisi bo’ladigan holatlarni hisobga 
olgan holda amalga oshiriladi.
Ko’pincha to’satdan o’limga bosh miya va uning pardalari yallig’lanish 
kasalliklari (entsefalitlar, miya abstsesslari, meningitlar, paximeningitlar va 
boshqalar) olib kelishi mumkin. Bunda gemorragik paximeningitning ahamiyati 
katta bo’lib, buni travmatik subdural va epidural qon quyilishdan farqlash zarurdir. 
Gemorragik paximeningitdan o’lganda, odatda miya qattiq pardasining ichki 
tomonida har xil muddatdagi qon quyilish o’chog’i topiladi va bular bir-birini 
ustiga joylashgan bo’ladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish