Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Angionevrotik shish
, odatda dori yuborilgandan keyin yuzaga keladi. 
Shishni joylashgan joyi har xil bo’lib, u ko’pincha yuzi, oyoq-qo’llari, nafas 
yo’llarining shilliq qavati va hatto ichki organlari (o’pkasi, bosh miyasi, jigari) da 
ko’zga tashlanadi.
Nafas yo’llari shilliq qavatidagi kuchli shishdan, masalan, hiqildoqda 
bo’shlig’ining yopilishi tufayli asfiksiyadan tez o’lim sodir bo’lishi mumkin. 
Murdani kesib ko’rilganda shishning diagnostikasida qiyinchilik tug’ilmaydi.
Homiladorlik va tug’ishda to’satdan o’lim.
Ayollarda homiladorlik 
patologiyasi tufayli kuzatiladi. Ko’pincha bu homiladorlik toksikozi, ayniqsa 
eklampsiyada ko’rinadi. Eng muhim xarakterli o’zgarish murdani kesib ko’rish 
paytida jigarda topiladi. Bunda jigar biroz kattalashgan, ola-bula ko’rinishga ega 
bo’lib, kapsulasini tagida ko’plab qon quyilishlar ko’zga tashlanadi. Kesib 
qaralganda qon quyilish o’chog’ining kulrang-sarg’ish tusli nekroz o’choqlari bilan 
almashinuvi aniqlaniladi. Mikroskop tagida jigar to’qimasining 
diskompleksatsiyasi, yog’li distrofiyasi va jigar hujayralarining periferik 
bo’lagidagi nekrozi borligi ma’lum bo’ladi.
Nisbatan kamroq hollarda bachadondan tashqaridagi homiladorlikda 
bachadon nayining yorilishi tufayli qorin bo’shlig’iga massiv qon ketishi natijasida 
to’satdan o’lim kuzatiladi.
Shuni unutmaslik zarurki, xomiladorlik yoki tug’ish paytida o’lim sodir 
bo’lganda murdani kesib ko’rish pastki kovak venada va yurakda havo emboliyasi 
sinamasi o’tkazishdan boshlanishi kerak.
Alohida holatlarda to’satdan o’lim
ishlab chiqarishda, ish vaqtida, 
552


avtomobilni boshqarishda, davolash muolajalari, sport bilan shug’ullanish paytida 
va boshqa hollarda uchrashi mumkin. Bunday vaqtda, ayniqsa, zo’raki o’limga 
shubha tug’ilganida sinchiklab tergovdan o’tkaziladi va har xil turdagi ekspertiza 
tayinlanishi tavsiya qilinadi. Birinchi navbatda is gazi bilan zaharlanish, kislorod 
etishmasligidan asfiksiya, elektr tokidan jarohatlanish va boshqalar haqida fikr 
tug’iladi.
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa tufayli o’lim kuzatilganda murda topilgan 
joyda ish to’xtatiladi. Tuzilgan komissiya voqea sodir bo’lgan joyda o’limning 
sababini aniqlashga kirishadi. Havodan sinama olinadi, elektr simlari va asboblari 
ko’zdan kechirilib, ishchilar, texnik xodimlar va boshqalar so’roq qilinadi.
To’satdan o’limda o’limning zo’raki xarakterga egaligiga katta shubha 
tug’ilganda, ayniqsa o’ta xavfli kasbda ishlovchilar, masalan shaxtalarda 
qutqaruvchilar, sinovchi-uchuvchilar, g’avvoslar, cho’qqiga chiquvchilar va 
boshqalarda bunday holat ko’zga tashlanadi. Biroq bunda odatda to’satdan o’lim 
yuzaga kelishiga gumon qilinmaydi, chunki bunday mutaxassislarni tanlashda juda 
yuqori talab qo’yiladi va ularning sog’lig’i sinchiklab tekshiriladi. Shuning uchun 
ham, ularni alohida tibbiy ko’rikdan o’tkazilibgina qolmasdan, balki ular maxsus 
fiziologik tekshiruvdan ham o’tkaziladi.
Davolash muolajalari paytidagi to’satdan o’lim ko’pincha atrofdagilarga 
tibbiy xodimning noto’g’ri harakati sifatida qaraladi. Bunday hollar sinchiklab 
ekspertiza o’tkazishni talab qiladi. Buerda o’lim odatda asosiy kasallikdan yuzaga 
kelib, faqat vaqtiga qarab diagnostik yoki davolash muolajalariga to’g’ri keladi.
Masalan, 57 yoshli ayol tishini oldirish paytida xushini yo’qotadi va 
birdaniga o’ladi. Murdani kesib ko’rishda bosh miya moddasida keng qon quyilish 
gipertoniya kasalligi natijasida aniqlaniladi. Biroq marhumning eri stomatologning 
ta’siri bilan uning xotini o’limi o’rtasida shubhasiz bog’lanish borligi tufayli 
vrachni javobgarlikka tortilishi zarurligi to’g’risida shikoyat qilgan.
To’satdan o’lim qandaydir dorini yuborishda uni yuboriluvchi shaxs 
ko’taraolmagani natijasida sodir bo’lishi mumkin. Bunday hollarda sud tibbiyoti 
tashxisining to’g’ri qo’yilishi juda muhimdir.
553


Sport bilan shug’ullanayotganda to’satdan o’lim hollarida odatda zo’raki 
o’lim haqida har xil taxminlar va katta taajjublanish tug’iladi. Ba’zan o’lim 
yashirin kasallik bilan bog’langan bo’lib, u tibbiy ko’rik paytida topilmagan va 
bemorga sport bilan shug’ullanishga ruxsat berilganligi tufayli yuzaga kelishi 
mumkin. Ko’pincha ko’zdan kechiriluvchi qandaydir sabab bilan o’zining 
shikoyatini yashirishi tufayli kasallik tashxisini qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, 
bemorlar tibbiy ko’rikdan bosh tortib, hech bir ruxsatsiz sport bilan 
shug’ullanadilar.
Sud tibbiyoti amaliyotida haddan tashqari fizik kuchlanish va emotsional 
qo’zg’alish (musobaqalardan oldin) natijasida kuchli chiniqqan kishilarning 
to’satdan o’lish hollari ham uchraydi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish