Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

16.3. Namuna olish
Tergovchi ekspertni oldiga dog’da qonni guruhlarga aloqadorligini aniqlash 
to’g’risidagi savolni qo’yishda bir vaqtning o’zida ashyoviy dalillar bilan 
birgalikda shu ishga aloqador kishining qonidan nusxa xam yuborishi zarur, chunki 
uning qoni ham laboratoriyaga yuboriluvchi predmetlarga ham tushishi mumkin. 
Qonning nusxasi alohida shaxsning qoni ashyoviy dalil sifatida bo’lishi mumkin 
yoki mumkin emasligini solishtirish va xulosa chiqarishda muhimdir. Ashyoviy 
dalil sifatida ekspert tekshirishi uchun namuna olish O’zbekiston Respublikasi 
Jinoyat protsessual kodeksining 205 moddasida ko’rsatilgan.
Qonning namunasi tergovchi ishtirokida sud tibbiyoti eksperti tomonidan 
laboratoriyada yoki boshka vrachlar yordamida poliklinikaning muolaja bo’limida 
olinadi. Oxirgi holatda qonni olingani to’g’risida bayon tuziladi va unga vrach, 
567


hamshira hamda tergovchi imzo chekadi. Qonni barmog’idan yoki bilak bo’g’imi 
venasidan 2-3 ml miqdorida olinadi. Agar qonni laboratoriyaga jo’natish muddati 
1-2 sutkadan oshmasa (yilning issiq bo’lmagan faslida), bunda qonni penitsillin 
flakonida suyuq holatda ustini rezinali probka bilan zich yopilgan holda jo’natiladi 
va qonni olingan vaqti, qon olingan kishini familiyasi, ismi, sharifi ko’rsatiladi.
Qonni ancha kech yuborilayotganda u taxminan tarelkada yoki Petri 
kosachasida quritiladi. Bunda ularning tagiga 4 qavatli marli solinadi. Quritish uy 
haroratida amalga oshirilib, unga hashoratlar yaqinlashmasligi zarur. Qon 
qurigach, marli konvertga joylashtirilib unda qonni olingan vaqti, kimdan 
olinganligi yoziladi. Boshqa konvertga xuddi shu marlining toza joyidan nazorat 
tekshiruvi uchun joylashtiriladi. Qonni namunasi, ayniqsa suyuq holdagi ashyoviy 
dalillarni alohida o’ralishi tavsiya etiladi.
Murdadan qonni namunasini sud tibbiyoti eksperti murdani kesib ko’rish 
paytida yuragining bo’shlig’i yoki katta qon tomirlaridan oladi. Tana bo’shliqlarida 
yig’ilgan qonni olish taqiqlanadi.
Sperma va odam boshqa ajralmalarining izlari borligiga shubha bo’lgan 
ashyoviy dalillarni sud tibbiyoti laboratoriyasiga jo’natishda tergovchi ekspertning 
ixtiyoriga qon namunasidan tashqari barcha ishga aloqador shaxslarning so’lagidan 
ham namuna taqdim qiladi. Bunday namunalar bu kishilar ajralmalarining izlari 
bo’lishi yoki bo’lmasligi to’g’risidagi savolni echishda ahamiyati kattadir. Jinsiy 
jinoyatlar vaqtida shubhalanuvchi qoni va so’lagidan tashqari xuddi shunday 
namunani jabrlanuvchidan ham olinishi zarur, chunki ashyoviy dalillarda sperma 
dog’lari, qon va qinning boshqa ajralmalari aralashgan bo’lishi mumkin.
So’lagi og’zini chayqalgandan keyin probirkaga 2-3 ml yig’iladi. 
Tsentrifugadan o’tkazilgach, probirkaning ustidagi suyuqlik marliga quyiladi va u 
uy haroratida quritiladi. Suyuq so’lakni hatto muzlatgichda saqlash mumkin emas, 
chunki u antigen guruhini emirilishga olib keladi. So’lakni namunasini sud 
tibbiyoti laboratoriyasida to’g’ridan to’g’ri olingani ma’qul. Ayrim hollarda 
ekspert uchun shubhalanuvchi shaxs spermasi nusxasi talab qilinadi.
Sperma poliklinika yoki kasalxona urologik kabineti sharoitida prostata 
568


bezini paypaslash orqali olinishi mumkin.
Voqea sodir bo’lgan joyda topilgan sochni o’xshashligi to’g’risidagi savolni 
echish zaruriyati tug’ilganda shubhalanuvchi shaxsdan sochni namunasi olinadi. 
Solishtirish uchun sochini ishni holatiga qarab, boshidan yoki tanasini boshqa 
qismidan olinadi, chunki tananing bir yoki shu joyi sochlari faqat solishtirilishi 
muhimdir.
Boshidan sochlari 5 joyidan (iloji bo’lsa terisiga yaqin): peshona, tepa, 
engsa, o’ng va chap chekkasidan qaychi bilan kesiladi. Har bir qismdan 15-20 
donadan soch tutami kesilib alohida paket yoki konvertga joylashtirilib, kerakli 
yozuv bilan belgilanadi. Bir kishidan olingan soch paketlari birgalikda o’ralib, 
yoziladi va surg’uch yordamida tamg’alangach laboratoriyaga jo’natiladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish