Qonni turlarga alokadorligini aniqlashda bundan tashqari boshqa immun
reaktsiyalari (komplement bog’lanish,
passiv agglyutsinatsiya, anafilaksiya va
boshqalar) taklif qilingan, ammo ular sud tibbiyoti
amaliyotida odatda
qo’llanilmaydi.
16.7. Qonni guruhlarga aloqadorligini aniqlash
Qon guruhlari (AVO izoserologik sistemasi).
Aniqlanishicha, barcha
shaxslar qon zardobi va eritrotsitlarini agglyutsinatsiya berish xususiyatiga qarab 4
guruhga bo’lish mumkin: O (I), A (II), B (III), AB (IV).
Barcha shaxslarni
guruhlarga bo’linishi asosida izogemagglyutsinatsiya reaktsiyasi yotadi va bu
antigen hamda antitela orasidagi o’xshash reaktsiya holati sifatida qaraladi.
Eritrotsitlarda guruhli spetsifik antigen agglyutinogenlar A, B, va H topiladi. Qon
zardobida esa antitela – agglyutinin
α
va
β
– aniqlaniladi.
Ko’pchilik tadqiqotchilar tekshirishlarining ko’rsatishicha,
tarkibida A
antigeni bo’lgan qon guruhi bir jinsli hisoblanilmaydi. Bunda agglyutinogenda farq
borligi kuzatilib, qonning A
1
(«kuchli» A) va A
2
(«kuchsiz» A)
guruhchasiga
ajratiladi. Juda kuchsiz ko’rinuvchi A antigeni (A
3
, A
4
, A
5
, A
x
) saqlovchi qon
namunasi yozilgan. Kuchsiz V antigenining ancha kam hollari ma’lum.
Qon zardobida odatdagi
α
va
β
agglyutinindan tashqari ekstraagglyutininlar
yoki qo’shimcha agglyutininlar uchraydi. Masalan, qonning A
2
va A
2
V
guruhchasida agglyutinin
α
1
, A
1
va A
1
V guruhchasida esa agglyutinin anti-N (
α
2
)
juda kam topiladi. Kuchsiz antigen va qo’shimcha
agglyutininning mavjudligi
suyuq qon guruhini aniqlashda uncha kam bo’lmagan xatolikni sababchisi
hisoblanadi.
Guruhli antigenlar homila ona qornidagi hayotining ikkinchi oyida paydo
bo’ladi. Odamning butun hayoti bo’yicha guruhli belgilarning sifati o’zgarmaydi,
ammo miqdorida o’zgarish bo’ladi. Odamdagi organlar va to’qimalar xuddi
eritrotsitlar kabi guruhli shakllanadilar. Agglyutinogen va agglyutininlar odamning
ajralmalaridan ham topilishi mumkin. Genetika qonuniyatlariga muvofiq guruhli
574
antigenlar avloddan avlodga berilishi aniqlangan.
Suyuq qon guruhi qo’shaloq usulda, ya’ni agglyutinogen
va agglyutinin
bo’yicha aniqlaniladi. Buning uchun standart zardob va eritrotsitlardan
foydalaniladi. Agglyutinatsiya reaktsiyasi probirkada yoki shishachada o’tkaziladi.
Sud tibbiyoti amaliyotida probirkada tekshirish tavsiya etiladi.
Guruhli faktorlar quritilgan qonda aniqlaniladi. Quritilgan qonda
agglyutininlar birlamchi titriga bog’liq holda bir necha kundan bir necha yilgacha
saqlanadi. Agglyutinogenlar quruq qonda chirish va qandaydir emiruvchi tashqi
sharoitlar (yuqori haroratlar, ultrabinafsha nurlanish va boshqalar) ta’siri bo’lmasa
o’n, yuz va hatto ming yillab saqlanadi. Adabiyotlarda egipet mumiyasida 3500
yildan ortiq bo’lgan murdada qon guruhi muvaffaqiyatli aniqlanganligi yozilgan.
Quruq qonda agglyutininlar ikkala standart eritrotsitlar orasida bir tomondan
agglyutsitatsiya
reaktsiyasi orqali aniqlanilsa, ikkinchi tomondan qon dog’i
yuvindisi (ajratib olish usuli) yoki qon po’stlog’i (qoplamali shishacha usuli) da
topiladi (120-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: