747
ФИО автора:
Raximova Dilfuza
AndMI 1-bosqich magistranti
Название публикации:
«BANKNING RIVOJLANISH TARIXI»
Annotatsiya:
Ushbu maqola yordamida siz hozirgi kunda ko’pchilikning og’irini yengil
qilayotgan, xalq xizmatiga shay turgan banklarning qadim o’timishi, ilk banklarning
vujudga kelishi haqida bilib olasiz.
Kalit so’zlar:
Bank (lotincha: ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan,
vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga
va umuman pulga
muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va
turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin
va
chet
el
valutalari
bilan
bogʻliq
operatsiyalarni
bajarish
va
boshqa
faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
Bank (Italiyancha banco-skameyka,
skameyka, stol) - pul-kredit tashkiloti;
naqd va naqd pulsiz shaklda to'lov aylanmasini tartibga solish; jamg’armalarga ega
bo'lganlardan pul mablag'larini jalb qiluvchi va biznesni
rivojlantirish yoki shaxsiy
ehtiyojlar uchun zarur bo'lganlar uchun kreditlar shaklida pul ajratadigan moliyaviy
tashkilot.
Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular
asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan ijro-banklar
shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul
almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan.
Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta
asrlarda shimoliy Italiya
shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi.
Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi.
Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib XVII – asrdan boshlab Angliyada,
748
soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital
va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi
bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin bank
yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. bank muomalaga
xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari)
chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd
pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi
bilan kredit va
toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. Bank
boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular
korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisob-
kitoblarni olib bordi. Hozirgi davrda koʻpgina mamlakatlarda koʻplab (masalan, 1990-
yillar boshida AQShda 14,5 mingdan ortiq bank boʻlgan) bank boʻlishiga qaramay,
ulardan 3 — 4 tasigina yetakchi oʻrinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik bank
nihoyatda sertarmoq boʻlib, oʻz
mamlakati doirasidagina emas, shu bilan birga
jahonning juda koʻp mamlakatlarida boʻlim va filiallariga ega. Rivojlangan
mamlakatlarda bank iqtisodiyotni boshqarish va ragʻbatlantirish muassasasi
vazifalarini bajaradi. bank pul kapitalini iqtisodiyotning
sohalari va tarmoqlari
boʻyicha taqsimlanishida qatnashib, foyda normasining tenglashuvini taʼminlaydi.
Oʻzbekistondagi bank tizimi
Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan. Rossiya
imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. XIX – asrning oxirida Turkistonda rus
kapitali
ishtirokidagi
Oʻrta
Osiyo
aksiyadorlik banki (1881), Volgakama
banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo)
banki (1903), Azov-Don savdo banki
(1910), Nijniy
Novgorod-Samara banki
(1899), Poltava Yer banki (1901)ning
filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi. Oktabr toʻntarishidan soʻng barcha
bank sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. Oʻzbekistonda bank tizimi
1924-yildan boshlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi.
749
1992-yilga qadar SSSR Davlat banki (1923; 1921 — 1923 – yillarda RSFSR Davlat
banki), SSSR Qurilish banki (1959; 1922 — 1959 – yillarda SSSR Savdo banki), SSSR
Tashqi savdo banki (1924)ning Oʻzbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank
muassasalari ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar Oʻzbekistonda
mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy
Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank faoliyatining
huquqiy asoslari
belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati
toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy,
mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR bankining respublika idoralari
mustaqil bank sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan roʻyxatga
olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro
valyuta fondi va Jahon
bankning doimiy maslahatchilari xizmatidan foydalanadi.
2000-yil 1-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan mijozlarga
529 mlrd. soʻmlik kredit qoʻyilmalari ajratilib, shundan 237 mlrd. soʻmi qisqa
muddatli, 292 mlrd. soʻmi oʻrta va uzoq muddatli kreditlarni tashkil etdi. Oʻrtacha foiz
stavkasi qisqa muddatli kreditlar boʻyicha 33,7 %, oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha 23
%, uzoq muddatli kreditlar boʻyicha 13 % dan iborat boʻldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1.
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzME