683
o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga
xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta,
bunday tadqiqot xalq
ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat
vakillari uchun katta ahamiyatga egadir. PIRLS tadqiqotlari Xalqaro ta’lim institutlari
assosiatsiyasi (IEA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Ta’lim yutuqlarini baholash
xalqaro assosasiyasi (IEA- International Association for the Evaluation of Educational
Achievement) tomonidan tashkil etilgan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha
mas’uliyat
Chestnut
Hill
(Maccachucetc,
AQSH)
Boston
kollejiga
yuklatilgan.Tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg)
ma’lumotlar markazida amalga oshiriladi.Ilk bora tadqiqot 2001-yilda
o’tkazilgan.Tadqiqot har 5 yilda bir marotaba o’tkaziladi.PIRLS
tadqiqotda ishtirok
etuvchi turli mamlakatlarda boshlang’ich sinfga maktab o’quvchilarini qabul qilish
yoshi turlicha. Ko’plab mamlakatlarda maktabga olti yoshdan qabul qilishadi va
to’rtinchi sinfni 10.5 yoshda tugatishadi.Biroq, Angliya, Yangi Zelandiya,
Trinidad
Tobagoda- maktabga 5 yoshdan qabul qilishadi va ahamiyatli jihati PIRLS xalqaro
tadqiqotida ushbu mamlakatlarning 5-sinf o’quvchilari xalqaro tadqiqotda ishtirok
etishadi.Shvesiya, Daniya va ko’plab Sharqiy davlatlarda- maktabga 7 yoshdan qabul
boshlanadi va ushbu mamlakatlarning o’quvchilari qolgan tengdoshlariga nisbatan eng
katta (10,7-10,9) yoshni tashkil etadi. PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar uchun
quyidagi mezonlar belgilangan: 1.Uzunligi: PIRLS:1000ta so’zgacha
PIRLS-literacy o’qish savodxonligi darajasi past bo’lgan mamlakatlar uchun 400-
500ta so’z
Bu dastur asosida olib borilyotgan ushbu jarayonlar bevosita fanlar bilan va
fanlararo bog’liqlik tarzda olib borilishi lozim bo’ladi. Quyida integratsiya va baholash
dasturlari asosida olib boriladihan qisqacha fikrlrga e’tibor qaratamiz. Integrastiyaning
asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va o`zining rivojini Integrastiya g`oyasida
topadi.
Integrativ
mazmunga
ega
bo`lgan
predmetlarni
o`rganish
bo`lajak mutaxassislar bilimi,
ish uslublari, shaxsiy fazilatlari yaxlit, bir butunligini
ta’minlovchi omil sifatida qaraladi. Yu. M. Kolyagin fikriga ko`ra, ta’lim tizimida
integrastiya ikki xil ma’noda qo`llanilishi mumkin:
684
1. O`quvchilarda atrofimizdagi olam haqida bir butun, yaxlit tasavvurni shakllantirish
(bunda integrastiyaga ta’lim maqsadi sifatida qaraladi).
2. Predmetlardan beriladigan bilimlarni yaqinlashtirishning
umumiy platformasini
topish (bu erda integrastiya-ta’lim vositasi hisoblanadi).
Birinchi ma’no bo`yicha integrastiya O`quvchi bilim dargohiga dastlabki qadamini
qo`yishidanoq, dunyoni yaxlit, bir butun, uning barcha elementlari o`zaro bog`langan
tizim sifatida tasavvur qilib olsin. Ikkinchi ma’noda integrastiya O`quv fanlaridan
beriladigan
bilimlarning
o`zaro
to`qnash(uchrash)gan
eri(nuqtasi)da
yangi
tasavvurlarni anglay olsin. Dastlab, fanlardagi fikr(g`oya)lar to`qnashgan nuqtada
avvaldan bo`lgan tabaqalashgan bilimlardagi kamchiliklarni to`ldirishga, ular o`rtasida
bo`lgan bog`lanishlarni tarkib toptirishga da’vat etsin.
Huddi manashu tarzda olib
boriladigan integratsiyalash jarayonni PISA, PERLS dasturlari talablari asosida olib
borilishi kerak bo’ladi. Bu jarayon fanlarni o’qitish jarayonini baholash dasturlari
asosida olib borish ya’ni fanlarni baholash dasturlari bilan integratsiyalash hisoblanadi.
Quyida PIRLS savollaridan namunalar bilan tanishib chiqamiz.
1.Dehqon juda xursand bo’ldi. U burgut bolasini oilasiga ko’rsatdi,
keyin uni
tovuq
va
jo’jalarning
oldiga
ehtiyotkorlik
bilan
joylashtirdi.
“Burgut qushlar podshohdir”,-dedi u, lekin biz uni tovuq bo’lishga o’rgatamiz deya
ta’kidladi. Shunday, qilib burgut tovuqlar orasida yashab, ularning yashash tarzini
o’rganibdi. U o’sib ulg’ayganida, tashqi ko’rinishidan ular ko’rgan boshqa tovuqlardan
tamomila farq qilar edi.
Savol: Uchaqol burgut uch!
1.Matnda dehqon hikoyaning boshida nimani qidirish uchun yo’lga otlangan edi?
A) Buzoqni B)Podani C)Toshli qoyani D)Burgut bolasini
2. Dehqonning burgut bolasiga ehtiyotkorona munosabatda bo’lganligini matnda qaysi
holat ochib berdi?
A) U burgut bolasini ikkala qo’lida ehtiyotkorlik bilan oldi
B) U burgut bolasini uyga olib kelgan edi
685
C) U burgut bolasini iniga qaytarib qo’ygan edi
D)U daryo bo’yidan burgut bolasini izlagan edi
3. Dehqon burgut bolasini uyiga olib kelganida uni nima qildi?
A)Burgutni uchishga o’rgatdi
B)Burgutni ozod qildi
C)Burgutni tovuq bo’lishi uchun shug’ullantirdi
D)Burgutga yaxshi uya qurib berdi
Xulosa
. Testlarga javobni izlashda, savol strukturasiga ahamiyat berish juda muhim.
Tajribali kitobxon savolning o’zidan javobni topa olishi mumkin bo’ladi. Tajribasiz
kitobxon esa bu borada qiynaladi. Har bir o’qilgan asarni nafaqat o’qib balki, uni
miyada chuqur “hazm qilish” va baholay olish yaxshi samara beradi. Bolada tanqidiy
va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda kattalar tomonidan oilada, maktabda uning ham
shaxs sifatida o’z fikri borligini inobatga olish juda muhim. Xato fikrlarini ota-onalar,
o’qituvchilar bosiqlik bilan tinglab tushuntirishlari katta
yoshlilardan tolerantlikni,
sabrni talab qiladi. Ba’zan esa hayotning o’zi ham xatolarimizni tan olishga majbur
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: