ФИО авторов:
Erekeeva Zulfiya Barliqbay qizi
Nukus davlat pedagogika inistituti, Texnologik tálim Yónalishi 3-kurs talabasi
Aleuatdinova Jamila Maxset qizi
Nukus davlat pedagogika inistituti,
Texnologik tálim Yónalishi 3-kurs talabasi
Название публикации:
«PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR
HAQIDA
OLIMLARNING TA’RIFLARI»
Kalit sózlar:
Pedagogik texnologiya, tálim texnologiyalar, yangi pedagogik
texnologiya, ilǵor pedagogik texnologiya ,zamonaviy tálim texnologiya
Annotatciya:
Bu maqolada pedagogik texnologiya tushunshasi,yangi pedagogik
texnologiyalar haqida bilim berish,óqitish, pedagogik texnologiya óquvchini mustaqil
óqishga, bilim olishga, fikrlashga va órganishni kafolatlaydigan jarayoni, olimlarning
pedagogik texnologiyaga bergan ta’riflari,
Ótgan yillarimizga nazar solsak, biz mustaqilligimiz sharofati bilan tálim butunlay
yangilanishini, yangi jarayonga ótishni va unga moslashishni boshdan
kechirmoqdamiz. «Tálim tóǵrisida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
bizlarga eski usullardan voz kechishni va tálimning har bir qirrasigacha qayta qurishni
imkonini beradi. 2004-2009 yillarda “Maktab tálimini rivojlantirish” va “Davlat
umummilliy dasturi” qólga kiritilgan imkoniyatlarni: takomillashgan davlat tálim
standartlari, óquv dasturlari, davlat talablari, yangi óquv darsliklarini har jihatdan
zamon talablariga mos jihozlangan maktablarda, zamonaviy óquv xonalarida
amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini berdi.
Ózbekistonda 1997 yili “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilingandan buyon
tálim tizimida, pedagogik nashrlar orqali pedagogik texnologiyalar muammolari
dolzarb tadqiqotchilik ob’ektlari sifatida kótarila boshladi.
1999 yilga kelib Respublika tálim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar bóyicha
Markaz tashkil etilgan. “Tálim texnologiyalari”, “Tálim muammolari” kabi jurnallar
nashr qilina boshlagan, pedagogik texnologiyalar muammolari bóyicha maqolalar
“Xalq tálimi”, “Pedagogik tálim”, “Tálim va tarbiya” jurnallarida, “Márifat”,
“Óqituvchilar gazetasi” va boshqa ilmiy-pedagogik nashrlarda chop etilmoqda.
711
1994 yili pedagogik texnologiyalar bóyicha muammolar 1-Respublika ilmiy-nazariy
konferensiyasi ótkazilgan bólib, ma’ruzalar va hisobotlar materiallari maxsus tóplamda
nashr qilindi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi.
Pedagogik texnologiya - bu bilimlar sohasi bólib, ular orqali uchinchi ming yillikfa
kóra mamlakatning tálim sohasi siyosatida tub burilish bólib, óqituvchi faoliyatlari
yangilanib, óquvchi va yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga bólgan
muhabbat, isonparvarlik tuyǵulari tizimi shakllantirilishi lozim.
“Pedagogik texnologiya” bu – butun óqitish va bilimlarni samaradorlashtirish
vazifasini qóyuvchi texnik hamda shaxs resurslari hisoblanadi. Ularning ózaro
aloqasini hisobga olib yaratish, qóllash va belgilashning tizimli metodidir».
Texnologiya sózi yunonchadan texne – mahorat, san’at; logos –tálimot ma’nolarini
bildiradi. Texnologiya sanoatda yoki qishloq xójaligida tayyor mahsulot olish uchun
ishlab chiqarish jarayonida qóllanadigan usul va metodlar yiǵindisini anglatadi. Tálim
jarayoniga solishtirganda bu óqish va óqitishning ózaro uzviyligini bildiradi.
Aloqadorlik bosqichlarini ajratish, tálim-tarbiya jarayonida belgilangan maqsadga
erishish uchun bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning ketma-ketligini
táminlash, rejalashtirilgan barcha ishlar va amallarni talab darajasida bajarishni
anglatadi. Boshqacha atab ótganda, tálim texnologiyasi sózi tálim berish san’ati, tálim
berish mahorati ma’nolarini anglatadi. Yangi pedagogik texnologiya- bu ta’lim berish
san’atini ishga slogan holda samarali tashkil etish va uni jahon andozalari darajasiga
kótarishni bildiradi.
Pedagogik texnologiya tálim processiga yangi, óziga xos belgi va xususiyatlarga ega
bólgan tizimli yondashuvga asoslangan va tálim jarayoniga innovatsion yondashuv
ekanligini bildiradi.. Yangi tálimni tashkillashtirishda jahon pedagogikasi
amaliyotidagi qóllaniladigan ilǵor metod va usullar, texnika vositalari, óqitishning
shakllarini tálim jarayoniga har bir óquvchi shaxsi, ruxiy óziga xosligi, intellektual
imkoniyatlari, milliy va ijtimoiy xususiyatlarini inobatga olib, kiritish hisoblanadi.
Ayni damlarda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, tálim texnologiyasi,
óqitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinib kelmoqda. Hozirgi kunga qadar
pedagogik adabiyotlarda tálim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda
«yangi pedagogik texnologiya», «ilǵor pedagogik texnologiya», «zamonaviy tálim
texnologiyasi» ga oid tushunchalari hozirgacha bir qolipga tushirilmagan va
entsiklapediyalarda izohlanganicha yóq, uning mazmuni ishlab chiqilmagan bólib,
iboraning bir-biridan farqlanuvchi kópgina ta’riflari mavjud.
V.M.Shepelning pedagogik texnologiyaga bergan ta’rifi :
712
Ayni damlarda tálim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yónalishlardan biri
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qóllash hisoblanadi. Tálim-tarbiya jarayoni
katta avlod tomonidan óz bilim va tajribalarini ósib kelayotgan avlodga órgatishdan
iborat bólib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan
avlodga uzatish demakdir. Pedagogik texnologiyaning turlicha ta’riflari bor bólib, har
bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va
ularning sharxlarini kórib chiqamiz.
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni ózgartirish san’ati, mahorati, malakasi va
metodlar yiǵindisi hisoblanadi (V.M.SHepel).
Pedagogik texnologiya – psixologik va pedagogik ógitlar yiǵindisi bólib, shakllar,
metodlar, usullar, óqitish yóllari, tarbiyaviy vositalarning maxsus tóplamidir. Ayni
zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi.
(B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya-tálimning rejalashtiriladigan óqitish natijalariga erishish
jarayoni tafsiloti. (I.P.Volkov).
Pedagogik texnologiya-óquv jarayonida óquvchilar va óqituvchining sózsiz qulay
sharoitlarni táminlashni loyihalash, tashkil qilishni va ótkazish bóyicha barcha detallari
óylab chiqilgan va birgalikdagi pedagogik faoliyatning modeli. (V.M.Monaxov).
Pedagogik texnologiya- bu tálim shakllarini jadallashtirish vazifasini kózlagan óqitish
va bilimlarni ózlashtirishning hamma jarayonlarini texnika va inson omillarida va
ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va tartibini bildiradi.
(YuNESKO).
Pedagogik texnologiya- pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy
imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda bólishning tizimli yiǵindisi
va tartibini bildiradi. (M.V.Klarin).
Óqituvchining óqitish (tarbiya) vositalari yordamida óquvchilarga muayyan sharoit va
izchillikda ta’sir kórsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan
belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov).
Pedagogik texnologiya- óquv jarayonida amalga oshirishning mazmuniy texnikasi.
(V.B.Bespalko).
V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan
pedagogik tizimni loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar
ishllab chiqish uchun asos báladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat áquv pedagogik
jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va óqitish texnologiyalari
tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P.Bespalko óquv jarayonini loyihalash
ǵoyasini ilgari suradi. Afsuski hozirga qadar pedagogik texnologiya va loyiha
tushunchalari haqida aniqlik yóq.
713
Yuqorida atab ótilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligi ko’rinib turganidek,
pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali hisoblanadi. Unga pedagogik,
psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai
nazalardan yondashishga bóladi.
Pedagogik texnologiya- bu axborotlarni ózlashtirish, ulardan amalda foydalanish,
ulardagi yangi ma’no va mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli boǵliqliklarni
ochish orqali yangi axborotlar yaratishga órgatish jarayoni hisoblanadi. Pedagogik
texnologiya-tálim metodlari, usullari, yóllari hamda tarbiyaviy vositalar yiǵindisi
bólib, u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir. Pedagogik
texnologiya-málumotlarni ózlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish, ya’ni
ózlashtirish jarayonidan iborat. Demak, pedagogik texnologiya-insonga (tálim-tarbiya
oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bóyicha ta’sir ótkazish faoliyati hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya óquvchini mustaqil óqishga, bilim olishga, fikrlashga va
órgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning ahamiyatli negizi bu óqituvchi va
óquvchilarning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga erishish. Ularning
hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga boǵliq deb xisoblaymiz.
Maqsad bóyicha kafolatlangan natijaga erishishda qóllaniladigan har bir tálim
texnologiyasi óqituvchi va óquvchi órtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etishi lozim.
Hamkorlikda har ikkalasi ijobiy natiyjaga erisha olsa, óquv jarayonida óquvchilar
mustaqil fikrlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, ózlari xulosa qila olsalar, ózlariga,
guruhga, guruh esa ularga baxo bera olsa, óqituvchi esa ularning bunday faoliyatlari
uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha ana shu óqitish
jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, bu yakka tartibdagi jarayon bólib, u
óquvchining ehtiyojidan kelib chiqqan xolda bir maqsadga yónaltirilgan bólib,
oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik
jarayon hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar róyxati:
1.U. Begimqulov Masofaviy óqitish va pedagogik tálim.
Pedagogik tálim – Toshkent.2004.
2. Sh.S.Sharipov, O.A.Qóysinov, Sh.T.Ergashev, Ó.O.Tohirov, Z.S.Shamsiyeva,
F.Nasrullayeva, U.Talipova. Texnologiya fanini óqitish va psixologik xizmatni tashkil
etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Óqituvchilar uchun metodik
qóllanma. – Toshkent: nashriyoti, 2017.
3. Sh. Abdullaeva., D. Axadova. Pedagogik texnologiya. – Navoiy, 2007
714
4. www. tdpu. uz
5. www. pedagog. uz
6. www. Ziyonet. Uz
7. www. edu. uz
715
Do'stlaringiz bilan baham: |