707
Xushbo`y moddalar tabiatiga ko`ra ikki xil: tabiiy va sintetik xushbo`y
moddalarga bo`linadi.
Tabiiy xushbo`y moddalar ham yana ikki guruhga: o`siliklardan olinadigan
xushbo`y moddalar, hayvonlardan olinadigan xushbo`y moddalarga bo`linadi.
O`siliklardan olinadigan xushbo`y modddalar efir moylari, smolalar, balzamlar va
quruq o`simlik materiallarining rangli xushbo`y moddalaridir.
Efir moylari – gular (atirgul, yasmin, lavda), gul kurtaklari (chinnigul, yalpiz,
yorongul,), meva (anis, koriandr) larining xomashyolaridan
olinadigan uchuvchan
yog`li suyuqliklardir.
Hozirgi kunda yer yuzida 3000 ga yaqin xushbo`y moddalar tulari mavjud bo`lib,
ulardan yarmi o`rganilib efir moylari olinmoqda. O`simliklar tarkibida efir moylari
0,05-1,3 % gacha bo`lib, ba`zilari bundan mustasno. Masalan, arpobodiyonda
taxminan 6%, qizilmiyyada turiga qarab 4%, koriandrda 1,6-2% gacha bo`ladi.
Smola
kimyoviy tarkibi jihatdan juda murakkab bo`lgan organik moddalar
aralashmasidir. Tabiiy smolalalar normal fiziologik almashinuv natijasida o`simliklar
tomonidan ajraladigan moddalardir. Ularga tropik o`simliklar, archa va qarag`aylar
boy bo`ladi.
Hayvonlardan olinadigan xushbo`y moddalar
bu ayrim hayvonlar erkaklaridan
quritilgan bezlari yoki ichki sekretsiya bezlarining ajralmasidan iborat. Bu turdagi
moddalarga quyidagilarni misol qilishimiz mukin:
Ambrani “parfyumeriya olmosi” ham deyishadi, u qimmatbaho tosh kabidir.
Ambra
bu katta kashalot erkagining oshqozon shirasidir.
Ambrani olish uchun
hayvonlarni ovlash kerak emas, balki, ambra kitlar hayoti davomida o`zi dengiz
suvlariga tushib, qirg`oqqa to`lqinlar bilan chiqarib tashlanadi.Ambra bo`laklarining
og`irligi bir necha grammdan yuz kilogramgacha bo`lishi mumkin.
Muskus – o`ziga xos aromatik modda. O`simlik va hayvonlardan kelib chiqishi
mumkin. Hayvonlar muskuslari bu ayrim sut emizuvchilarning erkaklari muskus
708
bezlaridan ajratib olinadigan mahsulot. Tabiatda muskus hayvonlar tomonidan o`z
hududini belgilash uchun ajratib chiqariladi. Muskus keskin harakterli hidga ega
donador, shilimshiq jigarrang massa. Muskus juda murakkab kimyoviy tarkibga ega.
Xushbo`y moddalarning yana bir turi bu sintetik ya`ni sun`iy xushbo`y
moddalardir. Bular neft, yog`och, ko`mirlarni qayta ishlash mahsulotlari bo’lib, ular
ikki guruhga bo`linadi:
sintetik, organik sintez yo`li bilan neft, torf mahsulotlarini
qayta ishlash mahsulotlari; sun`iy, o`simlik va hayvon moddalarini kimyoviy usullar
bilan ajratib olinadigan moddalardir.
Kundalik hayotimizni bir qismini turli xil hidlar tashkil qiladi. Bu moddalar juda
keng tarmoqli bo`lib ularga ko`p bora duch kelamiz. Xushbo`y moddalar parfyumeriya,
kosmetika, kir yuvish vositalari,
kiyim-kechak, atir-upalar, oziq-ovqat va shu kabi
sohalarda keng qo`llaniladi.
Hozirgi vaqtda zamonaviy dunyoda parfyumeriya sanoati jadal rivojlanmoqda, bu
yerda sintez qilinadigan deyarli barcha kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari
o`simlik ekstraktlaridan olingan ayrim aromatik yoki xushbo`y moddalarni o`z ichiga
oladi. Bundan tashqari oziq-ovqat sanoatida ba`zi xushbo`y moddalar juda mashxurdir.
Ba'zi xushbóy ósimliklarning kimyoviy tarkibi va ba'zi xususiyatlarini keltirib
ótishimizi mumkin:
Nemis moychechak gullar tarkibida 0.2-1.9%gacha kók efir moyini tóplaydi. Bu
ósimlik farkologik xususiyatlar yalliģlanishga qarshi, antiseptic, karinativ, shifobaxsh,
tinchlantiruvchi va spazmalotik faollikni óz ichiga oladi. Moychechak ikkilamchi
metabaloidlar sifatida 120ga yaqin
kimyoviy tarkibi aniqlangan, shu jumladan 28
terpenoid, 36 flovonoid va poatensial faollikka ega 52 qóshimcha birikmalardan iborat.
Atirgul motioning tarkibida 226 turdagi birikmalar kirish aniqlangan. Shulardan
184 nafarining miqdoriy ulishi 1%dan kam bólgan , 16 ta spirt, 15 ta aldegid, 14 ta
kislota va bir qancha murakkab efirlardan tashkil topgan.