Международный научно-образовательный электронный журнал


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
U.N.Tashkenbayeva “O’quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga 
mo’ljallangan Axborotnoma” Toshkent 2020 yil.
2.
Xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini 
baholash”. metodik qo’llanma. T.: Sharq, 2019 
3.
www.fayllar.org 


686 
ФИО автора:
 Rustamova Shahnoza Rustam qizi 
O'zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti 
Название публикации:
«SIYOSIY ARBOBLARNING NUTQINI TARJIMA 
QILISHDA DUCH KELINADIGAN MUAMMOLAR» 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tarjimashunoslikda siyosiy arboblarning nutqini 
tarjima qilishda duch kelinadigan muammolar haqida muhokama qilinadi. 
Kalit so`zlar:
tarjima nazariyasi, nutq, matbuot, til normalari,
Tarjima nazariyasi fanining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Buni Ikki ming 
yil muqaddam yunonistonlik Liviy Andronik buyuk Gomerning «Odisseya»sini lotin 
tiliga o‘girganidan bilishimiz mumkin.. Mana shu voqea amaliy tarjimachilik 
faoliyatiga asos bõlgan, shu bilan birga, birinchi bo‘lib tarjima nazariyasining 
muammolariga duch kelgan ham. Yevropa mamlakatlarida tarjimadagi muammolar 
VIII—IX asrlardan boshlab namoyon bõla boshladi. Shu davrlarda tarjima nazariyasi 
fan sifatida rivojlanish bosqichiga õtdi. Tarjimani ilmiy idrok qilish masalasi bilan 
ming yillardan buyon shug‘ullanib kelinayotgan bo‘lishiga qaramasdan, hanuzgacha 
chin ma’nodagi tarjima nazariyasi o‘z o‘rnini topgan emas. 
Tarjimashunoslik ilmi XX asrning ikkinchi choragiga kelib tez rivojlanish 
bosqichiga yetdi. Xorij ilmida tarjimaning nazariy muammolarini chuqurroq õrganish 
ham shu davrga to‘g‘ri keladi. Jon Ketfordning Edinburgdagai ma'ruzalari va 
Oksfordda nashr qilingan «Tarjimaning lingvistik nazariyasi» (London, 1965) 
monografiyasi, Jorj Munenning‘fransuz (Parij, 1963) hamda italyan (Turin, 1965) 
tilida doktorlik dissertatsiyasi asosida chop etilgan «Tarjimaniig nazariy muammolari» 
degan asarlarni tarjima sohasidagi katta yutuqlardan hisoblanadi. 
XX asr tarixga ilmiy-texnikaviy rivojlanish asri bõlgan bõlsa, Tarjimachilik ham 
keng rivojlangan asr bo‘ldi. O'zbekistonda esa tarjimachilik XIX asrning so‘nggi 
choragiga kelib, o'zining yangi davriga kirdi. Rossiya,


687 
Yevropada antik madaniyatlarning namunalarini ilk bora zamonaviy o‘zbek 
tiliga o‘girish tajribalari ko‘zga tashlandi. Bu esa Shu davrda katta miqyosdagi 
madaniy harakatning dastlabki kurtaklari unib chiqqanligidan dalolat beradi.
0’zbek tarjimonlari Pushkin, Tolstoy, Gogol, Krilovning ayrim kichik asarlari 
bilan birinchi marotaba shu davrda tanishdilar. Matbuotning tarmoq otishi, o ‘quv 
dargohlarining 
mislsiz 
kengayishi, 
savodxonlik 
darajasining 
ko‘tarilishi, 
tarjimachilikni yil sayin, kun sayin kuchaytirib bordi. XX asrning o‘rtalariga ayniqsa, 
oltmishinchi yillarga kelib, 0 ‘zbekiston dunyo adabiyotlari eng ko‘p tarjima 
qilinadigan o ‘lkalardan biriga aylandi. Milliy zaminda ko‘plab yuksak professional 
layoqatli tarjimon ijodkorlar yetishib chiqdi. Rus mumtoz va zamonaviy adabiyoti qon-
qardosh mamlakatlar, uzoq-yaqin o`lkalar adabiyotining eng qimmatli madaniyat 
ko‘rsatkichi bo`lgan namunalari mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Tarjimalar 
milliy tilning o‘sishi, lug‘at boyligining kengayishi, turli soha terminlarining 
ishlanishi, tartibga solinishi, til normalariga muvofiqlashtirilishi, turli-tuman 
yo‘nalishdagi lug‘atlarni tayyorlab nashr etishga yo‘l ochdi.
Mustaqillik davriga kelib tarjimonlikda ko'plab ilm namoyondalari ko'zga 
tashlana boshlandi. Ulardan Muhammadjon Xolbekov, Ibrohim G‘afurov, Abduzuhur 
Abduazizov, Gulnoza Odilova, Gulchehra Rixsieva, Xayrulla Hamidovlarni sanab 
o'tish joizdir. Bu sohani yana rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Yozuvchilar 
uyushmasi 
qoshidagi 
Badiiy 
tarjima 
va 
xalqaro 
aloqalar 
bo‘limining 
respublikamizdagi yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida poytaxt va 
viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda “Yosh tarjimonlar maktabi”ni 
tashkil etildi. Yosh tarjimonlarning ilk tarjima asarlari “Adib” nashriyotida chop 
etilayotgani, “Jahon adabiyoti” jurnalining muntazam chiqib turgani va amalga 
oshirilgan boshqa ko‘plab tadbirlar misolida ko‘rish mumkin. 
Tarjima sohasida, og'zaki nutq tarjimasi yozma tarjimadan bir muncha murakkab 
hisoblanadi. Ayniqsa, sinxron tarjima yo'nalishi o'ziga xos qiyinchiliklarga ega. Bu 
yo'nalish tarjimondan juda katta bilim va mahorat talab etadi. Tarjimon doimo o'z 
ustida ishlashi, izlanishi yangiliklardan, bo'layotgan o'zgarishlardan xabardor bo'lib 
turishi va muhim. Og'zaki tarjima bilan shug'ullanuvchi mutaxassis har sohadan 


688 
xabardor bo'lib yurishi, shu sohalarga tegishli terminlarni yaxshi bilishi uning o'z 
kasbining mahoratli ustasi ekanligidan darak beradi.
Bugungi globallashuv davrda, davlat va hukumatlar aro siyosiy jarayonlar ham 
tez sur'atlarda jadallashmoqda. Siyosiy suhbatlar, konferensiyalar, uchrashuvlar, 
bitimlar kelishuv jarayonlari shular jumlasidandir. Bu esa tarjimonlik sohasiga ham 
talabni kuchaytirmoqda. 
Ammo, siyosiy nutqni tarjima qilayotganda tarjimonlar turli qiyinchiliklarga va 
muammolarga duch keladilar, xatolarga yo’l qo'yadilar. Misol uchun o'zbek tiliga 
ingliz tilidan to’g’ridan to’g’ri tarjima qilish, o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish 
bir muncha mushkul. Chunki o’zbek tilidagi gapning grammatik tuzilishi bilan ingliz 
tili grammatikasida tafovutlar mavjud. Birida gap kesimi oxirida kelsa, birida gap 
boshida keladi. Bu esa tarjimonlar uchun muammo yuzaga keltirishi mumkin. 
Madaniyatlar o'rtasidagi farqlar ham tarjima jarayonida muammolar keltirib chiqarishi 
mumkin. Ayniqsa, g’arb va sharq davlatlari orasidagi bir biriga umuman o’xshamagan 
urf-odatlar, turmush tarzi, dunyoqarashlar xilma xilligi kabilarni sanab o'tish joizdir. 
Yevropa mamlakatlari siyosatida parlamentlar yig'ilishi, siyosiy arboblarning 
minbarda nutq so'zlash jarayonlari, Osiyo va Markaziy Osiyodagi siyosiy yig'inlardan 
shiddatliroq, murosalarga boy va hattoki, ba'zan janjallar bilan ham o'tadi. Bunday 
jarayonlarda jargonlar va boshqa norasmiy so'zlar qo'llanilishi sinxron tarjimonlarni 
biroz esankiratib qo'yish ehtimoli yo'q emas. Islom diniga e’tiqod qiluvchi 
mamlakatlarda rasmiy, siyosiy uchrashuvlar, parlamentlararo yig’ilishlar bir muncha 
sokin o’tishini ko’pincha guvohi bo’lamiz.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, siyosiy nutq jarayonida ishtirok etuvchi 
tarjimonlarda quyidagi omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi: 
-tillarning grammatik va leksik jihatdan farqlanishi; 
-madaniyatlararo xilma-xillik; 
-e’tiqod, mentalitet va dunyoqarashning farqliligi. 
Shu va shu kabi omillar tufayli tarjimonlar o’z faoliyatlari davomida turli 
muammolarga duch keladilar. Bunday muaamoli vaziyatlar, qiyinchiliklar ayniqsa 
to’g’ridan to’g’ri sinxron tarjima qilish jarayonida ko’proq uchraydi.


689 
Bunday muammolarga duch kelmaslik yoki kamroq duch kelish uchun 
tarjimondan doimo o’z ustida tinimsiz ishlashi, tarjima qilinayotgan tili haqida, uning 
kelib chiqishi hozirgi davrdagi o’zgarishlar, shu tildan foydalanuvchi xalqning turmush 
tarsi, urf-odatlari qiziqishlariga oid yetarlicha ma’lumotlarga ega bo’lishi lozim.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish