Adabiyotlar.
1.https://religions.uz/uz/news/detail?id=501&sa=X&ved=2ahUKEwjk0qWVi_
LmAhWiIDQIHVl8DJQ4ChAWMAh6BAgCEAE
2. https://fayllar.org/hadis-ilmi-va-uning-tarbiyaviy-ahamiyati.html
3. Hadisshunoslik. D. Rahimjanov, D. Muratov, R. Obidov, M.Alimova;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti.
Toshkent – 2013. – 268 b. (89, 92 - betlar)
4.
https://medinaschool.org/library/lichnosti/musulmanskie-
uchenye/muhammad-al-buhari
5.http://ziyo.uz/en/umra2020?start=64
6. https://maestro-ice.ru/uz/finish/skolko-hadisov-v-sahih-al-buhari-hadisy-pro-
tolkovanie-korana/
7. www.lex.uz
8. Hadisshunoslik (o'quv-usluniy qo'llanma). D.Muratov; O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti. Toshkent –
2015. – 392 b. (26- bet)
574
ФИО автора:
Raxshona Muslihiddinova,
Navoiy davlat pedagogika instituti
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-kurs talabasi
ФИО научного руководителя:
N.J.Yarashova (f.f.f.d.)
Название публикации:
«OLIY TAʼLIM KONSEPSIYASI – BARKAMOL
AVLOD TAYANCHI»
Ta’lim va tarbiya uygʻunlikda namoyon boʻluvchi jarayondir. Istiqlol yillarida
mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish vazifalari eng asosiy vazifalardan
biriga aylandi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Bizni hamisha oʻylantirib
keladigan yana bir muhim masala bu yoshlarimizning axloqi, yurish-turishi, bir soʻz
bilan aytganda dunyoqarashi bilan bogʻliq. Bugun zamon shiddat bilan oʻzgarayapti,
bu oʻzgarishlarni hammadan ham koʻproq his qiladigan kim ‒ yoshlar. Mayli, yoshlar
ayni paytda oʻzligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulugʻ zotlarning avlodimiz,
degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib oʻzligiga sodiq qolishga undab
tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya
hisobidan”
48
degan fikrlarida katta hikmat bor. Chunki ta’lim-tarbiya mustahkam
boʻlgan joydagina rivojlanish va taraqqiyot boʻladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishlarga hamda
xalqaro standart talablariga mos keladigan oliy taʼlim tizimini yaratish boʻyicha keng
koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hududlarda yangi ilmiy ta’lim
muassasalarining tashkil etilishi, zamonaviy ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari
hamda sirtqi va kechki boʻlimlar ochilishi, qabul kvotalarining oshirilishi, ilmiy hamda
innovatsion faoliyatning rivojlanishi mazkur yoʻnalishdagi islohotlardan hisoblanadi.
Albatta, yutuqlarimizni yanada rivojlantirish, ularning kelajak istiqboli uchun
xizmat qilishini ta’minlash, xalqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy taʼlimni
yoʻlga qoʻyish maqsadida 2019-yil 8-oktabr kuni Prezidentimizning farmoni bilan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
48
Mirziyoyev Sh. M. O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent,
2019-yil 8-oktabr.
575
konsepsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ–
4391-son “Oliy va oʻrta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi
tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi sifatida
tasdiqlandi. Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim
muassasalari
faoliyatini
rivojlantirishning
strategik
maqsadlari,
ustuvor
yoʻnalishlari, vazifalari, istiqboldagi rejalarini belgilab, shu sohaga oid dasturlar
va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻlmoqda. Shu jihatdan
konsepsiyada bir qator strategik vazifalarni bajarish koʻzda tutilgan boʻlib, bu vazifalar
albatta, zamonaviy ta’limda konsepsiyaning oʻrnini belgilashda muhim sanaladi.
Jumladan:
- oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat
va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan
qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
- Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini
mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;
- respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan
tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher
Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi
1 000 ta oʻrindagi oliy ta’lim muassasalari roʻyxatiga, shu jumladan, Oʻzbekiston
Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oʻrindagi oliy
ta’lim muassasalari roʻyxatiga kiritish;
- oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul
tizimiga oʻtkazish;
- xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilgʻor standartlarini joriy
etish, jumladan, oʻquv dasturlarida nazariy bilim olishga yoʻnaltirilgan ta’limdan
amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-
bosqich oʻtish;
- oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, ijtimoiy soha
va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʻshadigan,
576
mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini
yoʻlga qoʻyish;
- oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash;
- oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar
natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi
“Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
- xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar koʻlamini
kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga oliy ta’lim
muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator
markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy
muassasalar darajasiga olib chiqish;
- oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari,
doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega
nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik
koʻrsatkichlari oshishi, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik
ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash;
- Oʻzbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini
amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish;
- oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-
fan texnologiyalarini jalb etish;
- talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga
tatbiq etish;
- oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu
jumladan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablagʻlarini keng jalb qilish
hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga
oʻtkazish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
- ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan
oʻzaro manfaatli hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
577
- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati
cheklangan shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun
infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash
Xususan, hududlarda davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarini faoliyatini
tashkil etish asosida oliy ta’lim darajasini 50%dan oshirish, sogʻlom raqobat muhitini
yaratish kabi masalalar kelajakning istiqbolini ta’minlab bermoqda. Buning natijasi
oʻlaroq, mamlakatimizning barcha viloyatlarida bir qancha yangidan yangi oliy ta’lim
muassasalari tashkil etildi hamda tashkil etilmoqda. Ushbu oliy ta’lim muassasalarida
oʻqitish sifatini tubdan yaxshilash maqsadida bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Shuningdek, konsepsiyada alohida tasdiqlanadigan bosqichma-bosqich amalga
oshiriladigan ishlar belgilanib, Oliy taʼlim tizimini investitsiyaviy jozibadorligini
oshirish, xorijiy ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish masalalari
koʻzda tutilgan. Oliy ta’lim tizimida shaffof va xolislik, 5 ta tashabbusni amaliyotga
keng tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasini yanada
rivojlantirish masalalari xususida ham atroflicha fikr yuritilgan.
Xulosa qilib aytganda, oliy taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasida
belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda xolisona va fidoiy xizmat qilish har
bir oʻqituvchi va talaba oldida turgan muhim vazifalardandir. Shuni anglagan holda,
konsepsiyada koʻzda tutilgan vazifalarni amalga oshirish oliy taʼlim tizimini yanada
rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassislar yetishib chiqishida hamda oliy taʼlim
muassasalarimizni xalqaro oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy olishida bor kuch-
qudrat va bilimimizni namoyon etmogʻimiz zarur.
578
Do'stlaringiz bilan baham: |