«Kimki rizqi ulugʻ
boʻlmogʻini yoki nomi uzoq vaqt eslanmogʻini istasa, qarindosh-urugʻlariga
yaxshilik
(xayr-ehson)
qilib tursin!”
- dedilar» (Buxoriy)
41
. Bu hadisni sahihligini
bilish uchun ulamolar kimlardan ushbu hadis naql qilinganini tekshirganlar hamda
shu hadisni o'n yoki yigirma kishidan eshitsalar, shu hadis sanadiga qarab, har bir
insonni ismidan solishtirib chiqqanlar va shu insonlar ijobiy sifatlari mos kelsa hadis
sahih bo'lgan. Yozib olingan har bir hadisi shariflarni sanadlari (isnodlari) bilan
keltirib berganlar. Muhaddis nafaqat fanlarni chuqur egallashi va odamlar bilan
qanday muloqot qilish kerakligini tushunishi, balki xotirasi va zehni ham o’tkir
bo’lishi shart bo’lgan. Chunki ma’lum bir shaharga tashrif buyurish davomida
muhaddis nechta inson bilan muloqot qildi va ularning ismi shariflari, ular aytgan
41
Imom Al-Buxoriy. "Al-jome' As-Sahih" 2-jild. "Savdo sotiq kitobi" 12- bob, 5 b.
569
hadislar ma’nosi, isnodlari hamda bir hadisni necha kishidan eshitganini eslab qolishi
muhim bo’lgan. Yuz ming hadisni yod bilgan imom -"Hafiz", ikki yuz ming hadisni
yod bilgan imom-"Shayx ul-hadis", uch yuz ming hadisni bilgan imom-"Hujjat ul-
Islom, uch yuz mingdan ortiq hadislarni bilgan imom esa "Mujtahid" yoki "Hadislar
bo'yicha Imom" deb ataladi.
Asrlar oshib, ismlari hamon tilga olinayotgan Imom Buxoriy, Abu Iso Termiziy,
Abu Dovud Sijjistoniy, Imom Malik, Ibn Moja, Nasoiylar hadis ilmining yorqin
namoyandalari hisoblanadilar. Dunyo miqyosidagi hadisshunoslar ichra eng ko'p
ishonchli hadislarni jam qilgan hadis ilmi sultoni Imom Muhammad ibn Ismoil al-
Buxoriydir. Imom hayotini butkul hadis to'plashga, Payg'ambar Muhammad (s.a.v)
hayotlarini o'rganishga bag'shida etdi. Asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil
ibn Ibrohim al Buxoriy 810 yilda, Buxoro shahrida tug'ulgan. Otasi Ismoil ibn
Ibrohim ziyoli shaxs bo'lgan, ko'plab doston va rivoyatlarni bilgan hamda muhaddis
bo'lgan. Onasi ham ilmu ma'rifatli, madaniyatli va oilaparvar ayol bo'lgan. Ismoil
go'daklik paytlarida otasi vafot etgan. Yoshlik chog'idan ilmga tashna, ma'rifatparvar
va o'tkir zehnli bo'lgan. Buxoriy bolaligidan hadisshunoslikka muhabbat qo'ygan. U
5-6 yoshlaridan Qur’on va hadis ilmini o‘rganishni boshlagan. Abdulloh ibn al-
Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis to'plamlari mutolaasida hadislarni tezda
eslab qola olgan. Ustozi Shayx Dohiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg'in
suhbatlarda doimiy ishtirok etib kelgan. 16 yoshga yetgach onasi va akasi bilan haj
safariga jo'nab, Makkada 4 yil Imom Ahmad ibn Hanbal rahbarligi ostida
hadisshunoslikni yanada chuqur o'rgangan. Buxoriy butun faoliyati davomida ilmga
tashna insonlarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab quvvatladi. Tijorat qilib, har oy
miskinlarga va talabalarga besh yuz dirhamdan sarfladi. Buxoriy umr bo'yi hadislarni
tizimga solish bilan shug'ullanib, ularni sahih va g'ayri sahihga ajratishda roviylarning
hayotlari, yashash joylari, tug'ilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan qilgan
o'zaro muloqotlarini o'rganish bilan bog'liq holda olib boradi. U boshqa
muhaddislardan o'zining o'tkir zehni bilan ham keskin farq qilgan. Rivoyatlarga ko'ra,
570
Buxoriy 600 mingta hadislarni yoddan bilgan
42
. Imomning zehni bilan bog'liq ko'plab
afsonalar odamlar tilidan hamon tushmaydi. Jumladan, Buxoriy Samarqandda 400 ta
muhaddislar bilan uchrashib ularni lol qoldirgani bunga namunadir. Muhaddislar
hadis rivoyat qiluvchilarini boshqa hadislar bilan o'zaro aralashtirib Buxoriyga o'qib
berishgan. Buxoriy barcha keltirilgan hadislarni eslab qolibgina qolmay, balki, ularni
tog'ri ketma-ketlikda, o'z o'rniga qo'yib tahlil qilib bergan. Barcha hadislar mukammal
darajada o'rniga qaytarilganda, isnodda ham, matnda ham, zarracha yanglishish
bo'lmagan. Ustozi Imom Ahmadning so'zlariga ko'ra, Buxoriydek inson hali
Xurosonda dunyoga kelmagan. Abul Abbos al-Dalaviyning aytishicha, Bog'dod ahli
Buxoriyga yozgan xatida: "Toki Muhammad Buxoriy bor ekan, musulmonlarni
fayzu-baraka tark etmaydi" deb e'tirof etgan. Buxoriy ko'plab ilmiy markazlarda
hadisshunoslardan ta'lim olgan. U o'z kitobi ustida izlanishlarini Basra shahridan
boshlagan. Al jome' as-Sahih kitobini tugatib, Buxoro shahriga qaytib borgan. Ona
shahridagilariga hadisdan ma'lum bir vaqt dars bergan. So'ngra, Buxoro hukmdori
bilan yuzaga kelgan nizolari sababli Samarqanddagi Xartang nomli qishloqqa ko'chib
ketgan va usha makonda 870 yil hijriy 256 yilda vafot etgan. Buxoriy o'zidan juda
ham boy ilmiy meros qoldirgan. Bulardan eng mashhuri Al-jome' as-Sahih kitobidir.
Ibn Salohning hisobiga ko'ra, Imom to'plamida takrorlanib keladigan hadislarni
qo'shib hisoblaganda 7275 ta, takrorlanmaydigan hadislarni o'zini hisoblab chiqqanda
4000 ta hadislarni jam etgan
43
. As-Sahih to'plami olti eng mashhur sunniy to'plam
ya'ni "Kutub as-Sitta"ga kiritilgan. Buxoriy o'z to'plami haqida shunday deb
ta'kidlagan:”–Biron bir hadisni avval g'usul so'ngra, ikki rakat namoz o'qimasdan turib
qo'shmadim". As-Sahihdan tashqari Buxoriy "As-Sunan fi al-Fiqh","Al-Asma' val
Kuna","Xalq Af'al Al-Ibad","Al-Qiro'a Half al-Imam","Al-Adab al-Mufrad","At-
Tarixal Kabir" va boshqa shu kabi durdonalarni yozishga muvaffaq bo'lgan.
Movarounnahr hududidan yetishib chiqqan dunyoga mashhur yana bir
muhaddis, olim, mutafakkir, huquqshunos, Imom Buxoriyning shogirdi Muhammad
ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahdok Sullamiy Bugʻiy Termiziydir. Abu Iso at-
42
Hadisshunoslik. D. Rahimjanov, D. Muratov, R. Obidov, M.Alimova; Toshkent – 2013. 89 b.
43
"Dor ul-Ma’orif", Ibn al-Saloh, 160-9 b.
571
Termiziy 824-yil hijriy 209 yilda Termiz shahrida tavallud topgan. Ushbu asr
"Hadisshunoslikning oltin asri" deb nomlanadi. Chunki,bu asrda ko'plab hadis
to'plangan, jumladan, Imom Ahmadning "Musnad"i, Buxoriyning "Al jome' as-
Sahih"i,Imom Muslimning "Sahih"i va boshqa hadis kitoblari yozilgan. Imom
Termiziy ham Buxoriy kabi yoshlik chog'laridan Qur'on, hadis, fiqh bilan ham qiziqa
boshlagan. Termiziy nafaqat ona shahrida balki, dunyoning yetuk ilmiy markazlarida
ham ilm olgan. Termiziy hadis o'rganish va ularni yig'ish uchun 20 yil o'zga yurtlarda
bo'ldi. Nishopurda Imom Buxoriy bilan uchrashib, fikr almashdi. Bu uchrashuv
Termiziy hayotida ulkan iz qoldirdi. Besh yil Buxoriy bilan hamsuhbat bo'lib
Termiziy hadis ilmini chuqur o'rganib chiqdi. Termiziy bilimini va iqtirodorini ustozi
Buxoriy yuqori baholab shunday degan: "-Men sendan,sen mendan foyda
topganingdan ko'ra ko'proq sendan foyda ko'rdim". Termiziyning Buxoriy bilan
uchrashuvi, uni "Sunan at-Termiziy" nomli to'plamini yaratilishida muhim o'rin tutdi.
Ushbu to'plam ham "Kutub as-Sitta"dan joy olgan. To'plam 3962 tadan ko'proq
hadisdan iborat bo'lib, 50 ta bo'limlarga bo'lingan
44
. Ushbu bo'limlar hadislarni
ishochlilik darajalariga ajratib chiqadi–"sahih", "hasan", "zaif". Imomning "Sunan at-
Termiziy"dan tashqari boshqa mashhur asarlari ham mavjud. Bulardan, "Ash-
Shamoil an-Nabaviya", Risala fil Hilaf val Jadal","At-Tarix", Kitab uz-Zuhd" va
boshqalar yaqqol namuna bo'ladi. Hadisshunoslikka beqiyos hissa qo’shgan Termiziy
892 yil hijriy 277 yilda ona shahrida vafot etgan.
Asrlar mobaynida o'z qadri va samarasini yo'qotmasdan kelayotgan ilmiy meros
mualliflari Imom Buxoriy va Termiziy xotirasini abadiylashtitish maqsadida turli xil
islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda, jumladan, shu borada Prezidentning bir
nechta qarorlari qabul qilindi:
–
2017-yil
27-martda
“O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
45
44
Alizoda A. A. Termiziy Muhammad. Islom ensiklopedik lug'ati. - M.: Ansor, 2007.
45
PQ-2855-son qaror.
572
–
2017-yil 14-fevralda "Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot
markazi"ni tashkil etish to’g’risida".
46
–
2018 yil 16 aprelda “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash
maqsadida 1 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-
quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorlar qabul qilindi.
47
Hozirda yuqorida keltirilgan islohotlar amalda o'z samarasini berib kelmoqda.
“Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi” dunyo miqyosida hadisshunoslik
ilmini rivojlantirayotgan markazlardan biri hisoblanadi. Muhaddis olimlarning ilmiy
meroslari ushbu markazda jam qilingan. Imomi Termiziyning ham ilmiy me'rosini
abadiylashtirish maqsadida ko’plab ilmiy ma’rifiy ishlar olib borilmoqda. Jumladan,
"Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi" Surxondaryo viloyati Sherobod
tumanida tashkil etildi. Markazda Termiziy qalamiga mansub turli qo'lyozma va
kitoblar saqlanib kelmoqda. Ushbu islohotlar bilan hadis ilmini rivojlantirish
harakatlari to'xtab qolgani yo'q. Oradan ko'p o'tmay "Hadis ilmi maktabi"ga asos
solindi. Maktabning asosiy vazifalari Qur'oni karim ilmini puxta o'zlashtirgan,
hadisshunoslik fanini chuqur egallagan va hadis ilmi borasida izlanishlar olib borish
ko'nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi.
Yer yuzida zamonlar oshsa ham yetuk muhaddislar ilmiy meroslari insoniyatga
o'z samarasini berishdan to'xtagani yo'q. Xulosa sifatida shuni ta'kidlash lozim-ki,
hadis ilmi bilan mashg'ul bo'lish Allohga yaqinlashishning eng avfzali va ishlarning
eng sharaflisidir. "Kimki hadis ilmi bilan shug'ullanib, odamlar orasida Payg'ambar
(s.a.v) hadislarini tarqatmoqchi bo'lsa, yuksak xulq va fe'l-atvor bilan ziynatlangan
bo'lishi kerak. Odamlarga yetkazayotgan hadisida sodiq bo'lishi, uni boshqalarga
buyurishdan oldin o'zi amal qilishi kerak bo'ladi" deydi Mahmud Tahhon. Ushbu
sharafli maqom sohiblaridan, Imom Buxoriy hadislarni ishonchliligini aniqlashda
46
PQ-2774-son qaror.
47
PF-5416-son Farmoni bilan oliy diniy-ma’rifiy ta’lim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabi (keyingi o‘rinlarda
Maktab deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
573
barchadan ustun bo'lsa, Termiziy hadisning darajasini aniqlashda "sahih"dan keyin
"hasan" bosqichini ham kiritgani bilan hadisshunoslikni yangi darajaga olib chiqdi.
Imom Buxoriy va Termiziylarning ilmiy ishlari, hadisshunoslik ravnaqi uchun chekkan
mehnat- mashaqqiyatlari dunyo miqyosida olimlar tomonidan hozirgacha e'tirof etib
kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |