140
Agar sportchi notanish bo’lgan raqib bilan uchrashsa, u holda ushbu vaziyatdaortga chekinish
orqali chorlashdan foydalanishi mumkin. Bunda sportchi o’ylangan holatda o’zini qo’rqayotgan
holatga solishi, raqibidan vahimaga tushayotgandek bo’lib ko’rinishi
vaortga chekinishi
amalgaoshiradi hamdaortga tomon harakatni amalgaoshiradi. Agar bu holatda raqib ushbu vaziyatni
qo’rqish sifatidagi harakat deb qabul qilsa va unda faol harakatga kirishish istagi tug’ilsa, o’z
navbatida, u olg’a intiladi va hujum qilish harakatlarini amalgaoshirishga urinadi. Bunda qulay
lahzani topaolish bilan sportchi qarshi hujumga o’tishni amalgaoshiradi.
Jangning so’nggi minutlarida raqibni faol harakatlarga chorlash charchashni namoyish qilish
yordamidaamalgaoshirilishi mumkin. Turli xildagi aldamchi harakatlar (yuz qiyofasi orqali; nigoh
orqali, hansirab nafas olish,
harakatlarni sustlashtirish, maydonning chekkasiga qochish va jangda
o’rta qismga qaytishni sekin amalgaoshirish) asosida kuchli sportchilar yetarlicha darajada bu
holatni ishonchli darajada ko’rsataolishadi. Bu holat esa raqibning qayta tashkillanishiga olib
keladi, u faol harakatlarni amalgaoshirishga uyg’onadi va jangni yuqori sur’atdaolib
borishga
intiladi.
Raqibning bu ko’rinishdaadashishi natijasida hujum harakatlariniboshlashi esa uning
hushyorlikni yo’qotishiga sabab bo’ladi. Bu vaqtda sportchi o’zining sevimli usulini qo’llash uchun
nisbatan eng qulay vaziyatni tanlay olishi talab qilinadi. Chorlash jangda raqibning mudofaaga o’tib
olish taktikasidan chiqarishda yetakchi vositalardan biri hisoblanadi.
Bu holatda so’nggi qo’llaniluvchi usuldan boshqa, birinchi va qolgan usullar aldamchi
usullardan tashkil topadi. Hujum qiluvchi bu usullarga uncha katta bo’lmagan
kuch sarflaydi va
keskin holatdaamalgaoshirmaydi, ya’ni bu usullar yordamida raqibning qayta tashkillanishini
yuzaga keltiradi. Hujum qiluvchi katta kuch sarflamasdan bu ko’rinishdagi harakatlarni
amalgaoshirishi natijasida raqibning ham ushbu ko’rinishdagi sust sur’atda
qarshi himoya
harakatlarni amalgaoshirishiga yo’l ochib beradi. Biroq hujum qiluvchi sportchining harakatlar
yakunidaasl haqiqiy amalgaoshiruvchi harakati raqibning sust holatdagi himoyasini yorib o’tishga
qodir bo’lgan, tezkorroq va nisbatan kuchliroq zo’r berish ko’rinishida yuzaga chiqadi va raqibni
qulatuvchiko’rinishda ifodalanadi. Bu ko’rinishdagi hujumga o’tishning muvaffaqiyatli chiqishida
harakatlarni amalgaoshirishning kutilmaganligi asosiy rol o’ynaydi.
Bu taktik tayyorgarlik usuli
sportchining ikki marta
(yoki undan ko’proq sonda) ketma – ketlikda bir xil
usulni amalgaoshirishi bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: