O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Reaksiyalar va nojuya ta‟siri. 
Grippga qarshi vaksinaga reaksiyalar kuchsiz 
va kam bo‗ladi. Ko‗pgina markazlar kuzatuviga asosan inaktivlangan parchalangan 
vaksinalar qilinganlarda 6-48 soat ichida isitmali reaksiyalar va qizarish, shish, 
og‗riq kabi mahalliy o‗zgarishlar kuzatiladi. Burun yo‗llariga tirik grippoz 
vaksinani sepish orqali emlanganlarda kuchsiz kataral belgilar va tana xaroratining 
biroz ko‗tarilishi ko‗rinishidagi tabiiy grippoz infeksiya kuzatilishi mumkin. Ba‘zi 
hollarda ham mahalliy, ham umumiy reaksiyalar bo‗lishi mumkin. Grippga qarshi 
vaksinatsiya tovuq oqsili va aminoglikozidlarga sezgir odamlarga qilish mumkin 
emas. Homilada infeksiya rivojlanishini oldini olish maqsadida homiladorlarni 
emlash masalasi individual hal qilinadi. Bunday hollarda susaytirilgan yuqori 
darajada tozalangan parchalangan vaksinani homiladorlikning birinchi choragi 
o‗tgandan keyin va gripp bilan zararlanish ehtimoli katta bo‗lganlarga qilish 
tavsiya etiladi.
Grippning nospetsifik profilaktiksi. 
Gripp profilaktikasining boshqa 
usullaridan biri erta tashxislash va bemorni 7 kunga alohidalash muhim 
ahamiyatga ega. Uy sharoitida alohida xonaga izolyatsiya qilinadi. Xonani doimiy 
shamollatish, pollarni dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuvish kerak. Bemorlar 
bilan muloqot iloji boricha cheklanishi lozim. Bolani faqat 4-6 qavatli dokali 
niqoblarda parvarishlash mumkin.
Kasallikning epidemik ko‗tarilishi davrida maktabgacha tarbiyalash 
muassasalariga yangi bolalar olinmaydi. Bolalarni bir guruhdan boshqa guruhga 
o‗tkazish mumkin emas. Maktabgacha muassasalarda bolalarni xar kungi ertalabki 


153 
ko‗ruvlarida e‘tiborni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. Kasallikning ozgina 
belgilari (tumov, yo‗tal, holsizlik) paydo bo‗lishi bilan tashkiliy jamolariga bolalar 
qabul qilinmaydi. Havoni zararsizlantirish uchun bakteritsid ultrabinafsha chiroqlar 
bilan nurlantiriladi.
Gripp profilaktikasi uchun alfa-interferonni (leykotsitar yoki rekombinant) 
qo‗llash mumkin. Preparatni 3-5 tomchidan sutkasiga 2 martadan kam bo‗lmagan 
holda burun yo‗llariga tomiziladi yoki sepiladi. Interferonlarni profilaktik samarasi 
epitelial hujayralarning retseptorlarini bloklashga asoslanib, bu bilan ularni gripp 
bilan butun epidemiya vaqtida (2-3 haftaga) yuqishini oldi olinadi. Bundan 
tashqari interferonlar nospetsifik himoya faktorlarini kuchaytiradi, gumoral va 
hujayraviy immunitetning faolligini boshqaradi, fagotsitozni kuchaytiradi va 
hokazo.
Katta yoshdagi bolalarda bemor bilan muloqot bo‗lganda remantadinni 25 
mg.dan kuniga 1 marta yoki arbidol 100 mg.dan kuniga 1 marta 10-14 kun 
davomida tayinlash mumkin. Kuchsizlangan va turli xil somatik kasalliklari bor 
bolalarda kasallikning profilaktikasi uchun grippga qarshi immunoglobulinni 0,1-
0,2 ml/kg.dan m/o ga qo‗llash mumkin.

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish