O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti


Klinikasi. Kasallikning yashirin davri ko‗pincha 2-3 kun. Meningokokkli  meningitning mahalliy va tarqoq turlari mavjud.  Klinik tasnifi



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Klinikasi.
Kasallikning yashirin davri ko‗pincha 2-3 kun. Meningokokkli 
meningitning mahalliy va tarqoq turlari mavjud. 
Klinik tasnifi: 
1. Mahalliy shakli: 
a) meningokokk tashuvchilik; 
b) o‗tkir nazofaringit; 
c) meningokokkli pnevmoniya. 
2. Tarqalgan shakli:
a) Meningokoksemiya - tipik, chaqmoqsimon, surunkali; 
b) Meningit; 
c) Meningoensefalit; 
d) Aralash shakli (meningit+meningokoksemiya). 
3. Kam uchraydigan shakllari: 
a) Endokardit; 
b) Artrit; 
c) Iridotsiklit; 
d) Poliartrit. 


163 
Mahalliy turlariga meningokokk tashuvchilik holati va meningokokkli 
nazofaringit kiradi. Birinchisida hech qanday klinik belgilar bo‗lmaydi. Bunday 
kishilar bemor atrofidagi muloqotda bo‗lgan kishilarni bakteriologik tekshirishda 
aniqlanadi. 
Meningokokkli nazofaringit 
asosan yengil kechadi va ko‗proq epidimiya 
davrida uchraydi. Bemor bosh og‗rishi, quruq yo‗tal, burun bitib qolishidan va 
tomoq qirilishidan shikoyat qiladi. Ba‘zi hollarda burundan yiring yoki qon aralash 
shilimshiq ajraladi. Odatda, isitma kuzatiladi. Og‗irroq hollarda tana xarorati 38-
39
0
C gacha ko‗tarilishi mumkin. Tomoqni ko‗zdan kechirganda shilliq qavatlar 
qizargani va yallig‗langani, bodomcha bezlari kattalashgani kuzatiladi. 
Bemorlardan qon olib tekshirganda leykotsitlar soni biroz ko‗paygani 
aniqlanadi. 
Meningokokkli nazofaringit asosan tuzalish bilan yakunlanadi. Ayrim 
hollarda infeksiya avj olib, tarqalgan shaklga, ya‘ni meningokokksemiya yoki 
meningit shakliga o‗tib ketishi mumkin. 
Meningokokksemiya 

g‗oyat og‗ir kechadigan kasallik bo‗lib, unda 
organizmda meningokokk sepsisi ro‗y beradi. Kasallik to‗satdan va shiddatli 
boshlanadi. Qisqa vaqt ichida et uvishib, isitma 40-41°C gacha ko‗tariladi. 
Intoksikatsiya kuchli, yaqqol namoyon bo‗ladi, teri quruqlashadi, ko‗kimtir tus 
oladi. Nafas olish va tomir urishi tezlashadi. Qon bosimi pasayadi. 
Meningokokksemiyaning o‗ziga hos belgilaridan biri terida toshma paydo 
bo‗lishidir. Toshmalar kasallik boshlanganidan so‗ng birinchi kun davomida 
toshadi. Toshmalar o‗z tabiatiga ko‗ra gemorragik xisoblanadi, shakli xar xil. 
Ko‗pincha noto‗g‗ri shaklli yulduzchani, ba‘zan rozeola, papulani eslatadi. 
Kattaligi — mayda, nuqtasimondan tortib, 10-15 sm
2
gacha boradi. Toshma teri 
qavatidan bo‗rtib turadi, paypaslab ko‗rganda qattiq bo‗ladi. Dumba, son, tizza, 
qo‗l va qovoq soxalarida toshmalar ko‗p uchraydi (20-rasm). 
Meningokokksemiyada gemorragik toshmalar ko‗z sklerasi, kon‘yunktivasi, 
burun, og‗iz va halqum shilliq qavatlari va ichki a‘zolarga ham toshishi mumkin. 
Shuning uchun burun qonashi, qon qusish, siydik qon aralash (gematuriya) bo‗lishi 


164 
mumkin. Ko‗zning muguz pardasi jarohatlanishi ham ba‘zan uchrab turadi. 
Meningokokksemiyada qonda leykotsitlar va neytrofillar soni keskin ortib 
ketadi. Bir mm
3
qondagi leykotsitlar 16-18-20 mingtaga borishi mumkin. 
Kasallik erta aniqlanib, davolash to‗la tashkil etilgan hollarda bemorning 
ahvoli 8-10 kundan so‗ng yaxshilana boshlaydi. Rozeolyoz- petixial toshmalar 
izsiz yo‗qolib ketadi. Yirik gemorragiyalar bo‗lgan joyda to‗qima nekrozga 
uchraydi. Ularning o‗rni chandiq bo‗lib qoladi. 
Ayrim hollarda meningokokksemiya yashin tezligida boshlanib, bir necha 
soat ichida bemorning ahvoli og‗irlashib, qon bosimi butunlay tushib ketadi, 
infeksion-toksik shok rivojlanadi. Davolash kechiksa, 1-2 kun davomida o‗lim 
bilan tugaydi. 
Rasm 20. Meningokokksemiyadagi toshmalar (kaf.tablitsadan). 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish