O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti


Etiotrop terapiyani intensifikatsiya (kuchaytirish) qilish



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

 
Etiotrop terapiyani intensifikatsiya (kuchaytirish) qilish:
1-og‗irlik darajasidan qat‘iy nazar hamma bemorlarga odam leykotsitar 
interferoni intranazal parokislorodli palatka yoki IP-2u tipidagi ingalyator orqali
3-5 tomchidan 4mah/kun changlatish yoki aerozol ko‗rinishida intratraxeal 
tayinlanadi. 
2-gripp va boshqa O‗RVI larni mujassamlashtirilgan davolashda 7 yoshgacha
Viferon-1, 7-yoshdan katta bolalarga Viferon -2 qo‗llanadi (xar kuni 1 shamchadan 
5 kun davomida). Og‗ir bemorlarga va tez-tez kasallanadigan bolalarga 1 yoshdan 
7-yoshgacha Viferon-2, 7 yoshdan 14 yoshgacha Viferon-3 tayinlanadi. 
Shamchalarni xar kuni 5 kun davomida 1 ta shamchadan sutkasiga 2 mahal 12 soat 
interval bilan qo‗yiladi.
3- amiksin yoshiga mos dozada ichishga tayinlanadi.
Sindromal terapiya: 


149 
1- infeksion toksikoz yaqqol namoyon bo‗lganida (gipertermiya, talvasalar, 
hushni yo‗qotish) tayinlanadi: litik aralashma (50%li analgin, 1%li dimedrol, 
0,5%li novokain eritmalari) 0,1 ml dan xar bir bola yoshiga m/o, fizik sovutish 
o‗tkaziladi (bolani usti ochiladi, 50 gradusli spirt bilan artiladi, katta qon 
tomirlarga sovuq qo‗yish yoki +8.... +10 gradusli suv bilan klizma qilish). «Oq 
gipertermiyada» (tomirlar spazmi) badanni isitish (grelkalar, oyoqqa vannalar) va 
spazmolitik preparatlar (no-shpa, papaverin) qilish kerak.
2-kuchli talvasalarni yo‗qotish uchun 0,5% li seduksen: 1yoshgacha-0,3-0,5 
ml, 1-7yoshda -0,5-1 ml, 8-14yoshda -1-2 ml 1 mah/kun m/o yuboriladi.
3- yurak qon tomir yetishmovchiligi belgilari kuzatilganida v/i ga 20% li 
glyukozani 0,06% li korgliyukon yoki 0,05% li strofantin, yoki 1% li mezaton 
bilan yoshiga mos dozalarda v/i ga yuboriladi. 
4-miya shishi belgilari paydo bo‗lganida (talvasalar, turg‗un gipertermiya, 
hushni yo‗qotish) gidrokortizon 5-10 mg/kg/sut v/i ga yoki m/oga, laziks- 20-40 
mg/kg, mannitol- 1,5 g/kg v/i tayinlanadi. 
5-qonning reologik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida 2% li trental 0,25 
mg/kg dan qilinadi. 
6- obstruktiv sindromda eufillin, alupent va boshqalar tayinlanadi. 
7-dezintoksikatsiya maqsadida 10% li glyukoza, insulin (1 yed 5,0 shakarga, 
kokarboksilaza, reopoliglyukin (50-100 ml/kg), albumin (5 ml/kg) diurezni, 
elektrolitlar miqdorini, EKG nazorati ostida. Oliguriya yoki anuriya kuzatilganda 
diurez tiklangunga qadar suyuqliklar kiritish man etiladi. Buyrakda qon aylanishini 
yaxshilanishiga eufillin eritmalari, kalsiy preparatlari, glyukozo – insulinli 
aralashma yordam beradi.
8-antibakterial preparatlar faqat asoratlar kuzatilganida tayinlanadi (krup, 
pnevmoniya, otit, sinusit, siydik chiqaruv yo‗llari infeksiyasi va boshqalarda) yoki 
bakterial asoratlar bo‗lish ehtimoli bo‗lganida, ayniqsa erta yoshdagi bolalarda, 
hamda surunkali infeksiya o‗choqlari (surunkali pielonefrit, surunkali gaymorit va 
bosh.). Odatda penitsillin, ampitsillin, oksatsillin, eritromitsin va boshqalardan 
foydalaniladi (per os yoki m/o), hamda sulfanilamid preparatlari (baktrim, lidaprim 


150 
va bosh.). Og‗ir bakterial asoratlarda sefalosporinlar va aminoglikozidlar 
guruhidagi preparatlarni alohida yoki turli xil kombinatsiyalarida tayinlanadi. 
Krupli bemorlarni maxsus boksli bo‗limlarda yoki maxsus ta‘mirlangan palatalarda 
davolash maqsadga muvofiqdir.

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish