Toshkent davlat yuridik universiteti


Oliy Sudi Plenumi qarorlari



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Oliy Sudi Plenumi qarorlari 
o‘ziga xos o‘ringa ega. Ular 
tadbirkorlik huquqi uchun manba bo‘lmasa-da, qonunlar va boshqa 
qonunosti hujjatlarni iqtisodiy sudlari tomonidan to‘g‘ri qo‘llashda, 
xo‘jalik nizolarini tez va to‘g‘ri hal etishda sudlarga tushuntirishlar berib, 
muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Misol uchun,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 
2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-son “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog‘liq qonun 
hujjatlarini sud amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori sudlar va ushbu 
masalaga taalluqli barcha shaxslar uchun majburiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat hisoblanadi. 
1.4. Tadbirkorlik huquqiy munosabatlari
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq subyektlar o‘rtasida vujudga 
keladigan, ya’ni tadbirkorlik subyektini tashkil etish, uni roʻyxatdan 
o‘tkazish, hisobga qo‘yish, uni boshqarish, faoliyat olib borishi, 
shartnomalar tuzish, ularni ijro etish, majburiyatlar yuzasidan javobgarlik 
kabi munosabatlarni huquq normalari bilan tartibga solish zarurati vujudga 
keladi. Bunday huquqiy munosabatlar tadbirkorlik huquqiy munosabatlari 
hisoblanadi. 
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlari
– bu tadbirkorlik subyektlarining 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan, tadbirkorlik 
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan va tadbirkorlik- 
huquqiy normalari asosida tartibga solinadigan munosabatlardir.
 
Tadbirkorlik faoliyati faqat tovar ishlab chiqarishga oid munosabat 
emas, balki ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun yer uchastkasi olish, 
bino olish yoki qurish, yoqilg‘i, xomashyo, asbob-uskunalarga ega bo‘lish 
bilan bog‘liq munosabatlarni ham qamrab oladi. Ular tadbirkorlik 
huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar bo‘lib, bevosita 
daromad (foyda) olishga qaratilmagan boshqa maqsadlar bilan ham 
bog‘liq. Jumladan, mulkni boshqarish, korxonani tuzish va tugatish 
boʻyicha tashkiliy-mulkiy munosabatlar bilan aloqador barcha 
faoliyatlardir. 
Bozor munosabatlarining tobora rivojlanib borishi, yangi-yangi 
mulkdorlar guruhini, tadbirkorlarni keltirib chiqaradigan bu guruhlar 
tadbirkorlik munosabatlarining mustaqil subyekti, tashkiliy-huquqiy shakli 
bo‘lib ishtirok etadi. Ular o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarning aksariyati 
tadbirkorlik qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Tadbirkorlik huquqiy 
munosabatlar doirasi bozor iqtisodiyotining rivojlanib borishi bilan birga 


27 
borgan sari kengayib boradi. Xususan, tovar ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohasida korxonalar, fermer, dehqon xo‘jaliklari, banklar, 
birjalar va shunga o‘xshash boshqa subyektlar o‘ziga xos maxsus faoliyat 
ko‘rsatadi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish