Agrar huquqidan on savollari



Download 439,94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.01.2022
Hajmi439,94 Kb.
#411523
Bog'liq
amirshoh,agrar



 

 

Agrar huquqidan ON savollari 



1.

 

Agrar huquqi qanday huquq sohasi hisoblanadi? 



 

Ma‘lumki, huquq predmeti deganda, ijtimoiy faoliyat jarayonida vujudga keladigan, 

qonun  hujjatlari  bilan  tartibga  solinadigan  yerkin  munosabatlar  tushuniladi.  Aytish 

mumkinki,  agrar  huquqi  tartibga  soladigan  ijtimoiy  munosabatlar  o'ziga  xosligi,  turli 

tumanligi,  keng  doirada  ekanligi  bilan  tavsiflanib,  agrar  huquqi  mustaqil  huquq  sohasi 

sifatida  o'zaro  bog'liq,  bir-biriga  yaqin  bo'lgan  bir  maqsadga  xizmat  qiladigan,  bir-biri 

bilan uzviy bog'langan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga qaratilgan yer, 

mulkiy, mehnat va tashkiliy- 13 boshqaruv sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga 

soladi. Demak, agrar huquqi kompleks agrar munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 

bo’ladi. 

 

Agrar huquqini qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan yer, mulkiy, 



mehnat,  tashkiliy-boshqaruv  munosabatlarini  tartibga  soluvchi  huquqiy  qoidalar  va 

institutlarni jamlovchi majmuaviy huquq sohasi sifatida tavsiflash mumkin. 

2.

 

Agrar huquqi tamoyillarini tushuntirib bering? 



Agrar  huquqining  asosiy  tamoyillari  sifatida  quyidagilarni  ko’rsatish  mumkin: 

qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishini  bozor  iqtisodi  talablariga  muvofiqligini  ta‘minlash 

tamoyili; mamlakatimiz xalq xo’jaligida qishloq xo'jaligining ustuvorlik tamoyili; qishloq 

xo’jalik  ishlab  chiqarishining  turli  xil  mulkchilik  va  turli  xil  xo’jalik  yuritish  shaklini 

joriy  etishni  ta‘minlash  tamoyili;  qishloq  xo’jalik  korxonalarining  ishlab  chiqarishni 

tashkil  etishdagi  mustaqilligini  ta‘minlash  tamoyili;  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishi 

natijalaridan  manfaatdorlikni  ta‘minlash  tamoyili;  davlat  rahbarligi  tamoyili;  qishloq 

xo’jaligi ishlab chiqarishga fan va texnika yutuqlarini keng joriy qilish tamoyili; qishloq 

xo’jaligiga  mo’ljallangan  yerlarga  nisbatan  davlat  mulkchiligini  saqlab  qolish  tamoyili; 

qishloq xo’jaligida yer va suvdan oqilona va samarali foydalanishni ta‘minlash tamoyili; 

sug’oriladigan  yerlardan  foydalanishning  ustuvorligi  tamoyili;  qishloq  xo’jalik 

korxonalarini boshqarishda demokratiya va qonunchilikni ta‘minlash tamoyili. 

3.

 

Agrar  huquqini  boshqa  huquq  sohalari  bilan  o‘zaro  aloqasi  nimalarda 



ko‘rinadi? 

Agrar  huquqi  huquq  tizimida  alohida  o’rin  egallagan,  muhim  ahamiyatga  ega 

bo’lgan, iqtisodiyotda tub o’zgarishlar yuz berayotgan sharoitda dolzarbligi yanada oshib 

borayotgan  va  boshqa  huquq  tarmoqlarining  (masalan,  tadbirkorlik  huquqi,  yer  huquqi) 

rivojlanishiga  katta  ta‘sir  ko’rsatayotgan  mustaqil  huquq  tarmog’idir.  Qishloq  xo’jalik 

ishlab  chiqarishi  tufayli  kelib  chiqadigan  huquqiy  munosabatlarni  tartibga  solish 

vazifasini  agrar  huquqi  bajaradi.  Agrar  huquqi  boshqa  huquq  tarmoqlarining  ichida 

konstitutsiyaviy huquq bilan eng yaqin va uzviy bog’liqdir. Zotan, konstitutsiyaviy huquq 

normalari agrar huquqi tamoyillarining asosi hisoblanadi. Konstitutsiyada davlat iqtisodiy 

faoliyat,  tadbirkorlik  va  mehnat  qilish  yerkinligini,  barcha  mulk  shakllarining  teng 

huquqliligini  kafolatlaydi,  deb  o’rnatilgan  (53-  23  modda).  Konstitutsiyaning  boshqa 

normalarini  talqin  etib  aytish  mumkinki,  har  bir  fuqaro  mulkdor  bo’lishiga  haqli  (36-

modda), har bir shaxs mehnat qilish, yerkin kasb tanlash, adolatli mehnat shartnomalarida 

ishlash  va  qonunda  ko’rsatilgan  tartibda  ishsizlikdan  himoyalanish  huquqiga  ega  (37-




 

 

modda),  yollanib  ishlayotgan  barcha  fuqarolar  dam  olish  huquqiga  ega  (38-modda)  va 



hokazo. 

4.

 



Qishloq  xo‘jalik  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solishning 

tushunchasi, maqsadi va xususiyatlari nimalardan iborat? 

  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  Oliy  Majlis  Senati  va 

Qonunchilik  palatasi  a’zolariga  Murojaatnomasida  2019  yil-“Faol  investitsiyalar  va 

ijtimoiy  rivojlanish  yili”  15  deb  nom  berilishi  iqlim  o`zgarishlari  sharoitida  qishloq 

xo`jaligini  davlat  tomonidan  tartibga  solish  investitsiyalarni  kengroq  qo`llash  bilan  ham 

bevosita bog`liqdir. 

  Yuqoridagilar  asosida  ta‘kidlash  mumkinki,  demak  qishloq  xo’jaligini  davlat 

tomonidan  tartibga  solish  deganda  iqtisodiyotning  agrar  sektorida  ijtimoiy-iqtisodiy 

islohotlarni  amalga  oshirish  yuzasidan  davlat  boshqaruvi  organlari  faoliyati  tushuniladi. 

Qishloq  xo’jaligini  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  asosiy  maqsadi  aholini  sifatli 

qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  bilan  ta‘minlash,  mamlakatimiz  iqtisodiy  kudratini 

mustahkamlash va aholining ijtimoiy holatini yaxshilashdan iboratdir. 

  Qishloq  xo'jaligini  davlat  tomonidan  tartibga  solish:  birinchidan,  qishloq  xo`jalik 

mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchi  subyektlarga  qulay  shart-sharoitlar  yaratib  berish, 

ularning  iqtisodiy  va  xo`jalik  mustaqilligini  ta’minlash,  mulkdorlarning  huquqlarini 

himoya  qilish  asosida  ta'sir  ko`rsatish.  ikkinchidan,  ma'muriy-huquqiy  usullardan 

iqtisodiy usullarning ustuvorligini ta`minlash nazarda tutiladi. 

  Qishloq  xo’jaligini  davlat  tomonidan  tartibga  solishda  davlat  organlarining  qonun 

ijodkorligi faoliyati muhim ahamiyatga ega bo’lib, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ekish, 

etishtirish, yig’ib-terib olish, ayirboshlash, qayta ishlash, mahsulotni sotish bilan bog’liq 

munosabatlarning huquqiy holatini belgilaydi. 

5.

 

Qishloq  xo‘jalik  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solish  qanday 



tamoyillarga asoslanadi? 

  Davlat agrar siyosatining quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 

1.qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilarini  davlat  tomonidan  qo’llab-

quvvatlashning manzilliligi; 

2.davlat agrar siyosati holati to’g’risida axborotning mavjudligi; 

3.  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari,  xomashyo  va  oziq-ovqat  mahsulotlari  bozorining 

yagonaligi va bu bozorda raqobat teng shartlarining ta‘minlanishi; 

4.  davlat  agrar  siyosati  chora-tadbirlarini  amalga  oshirishning  ketma-ketligi  va  uning 

barqaror rivojlanishi; 

5. davlat agrar siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qishloq xo’jaligi tovar ishlab 

chiqaruvchilarining ishtirokini ta‘minlanishi. 

Davlat agrar siyosatining asosiy yo`nalishlari: 

1.oziq-ovqat tovarlari bilan aholini barqaror ta‘minlash; 

2.  qishloq  xo’jaligi  va  oziq-ovqat  mahsulotlari,  xomashyo  bozorlarini  shakllantirish  va 

tartibga solish, uning infratuzilmasini rivojlantirish; 

3. qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat 

tomonidan qo’llab-quvvatlanishi; 



 

 

4.  ichki  va  tashqi  bozorda  qishloq  xo’jaligi  tovar  mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchilar 



iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish; 

5. agrosanoat majmuasi sohasida agrar fanni va innovatsion faoliyatni rivojlantirish; 

6. qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish; 

7.  qishloq  xo’jaligi  uchun  mutaxassislarni  o’qitish,  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash 

tizimini takomillashtirish. 

6.

 



Qishloq  xo‘jalik  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solish  qanday 

yo‘nalishlarda amalga oshiriladi? 

  Qishloq  xo’jaligini  isloh  qilishga  qonunchilik  hujjatlarida  davlat  boshqaruv 

organlarining quyidagi yo’nalishlardagi faoliyati belgilangan: 

-  Agrosanoat  majmuining  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy-madaniy  sohalardagi  ijtimoiy 

munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarini qabul qilish; 

- Qishloq xo’jaligida mulkchilik shakllarini takomillashtirish, xususiy mulk manfaatlarini 

himoya qilish, tadbirkorlik faoliyatni qo’llabquvvatlash; 

-  qishloq  xo’jalik  infrastrukturasini  yaratish  va  rivojlantirish;  yerlarni  muhofaza  qilish, 

ulardan oqilona foydalanish, dehqonlarga yerga egalik hissini uyg’otish, dehqonlarni o’z 

mehnati  natijalaridan  foydalanish  huquqiga  to’la  ega  bo’lishni  ta‘minlash,  qishloq 

xo’jaligida mulkiy paylarni joriy etishni yo’lga qo’yish; 

- qishloq xo’jalik korxonalarining huquqini va iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, turli 

qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarish    shakllarini  qishloq  xo’jalik  shirkati,  fermer  xo’jaligi, 

dehqon xo’jaligini va zamonaviy tomarqa yer egalarini tashkil qilish rivojlantirish;  

- qishloq xo’jaligi tarmoqlarida ishlab chiqarish uchun zarur moddiy-texnika ta‘minotini 

yo’lga qo’yish; 

paxtachilik,  don  va  boshqa  qishloq  xo’jalik  ekinlari  seleksiyasi  va  urug’chiligi  tizimini 

rivojlantirish, mahalliy tuproq iqlim sharoitiga mos navlarni tanlashda ko’maklashish; 

- qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, ayirboshlash va xorijiy davlatlarga eksport 

qilishda zarur shart-sharoitlar yaratish va boshqalar. 

Shuni  alohida  ta‘kidlash  joizki,  agrosanoat  majmuini  davlat    tomonidan  tartibga  solish 

iqtisodiyotimizning  boshqa  sohalaridagi  davlat  boshqaruvi  jarayoni  bilan  umumiy 

jihatlari mavjud bo’lishi bilan bir qatorda o’ziga xos xususiyatlariga ham ega. 

7.

 

Qishloq  xo‘jalik  faoliyatini    davlat  tomonidan  tartibga  solishning  qanday 



shakllari mavjud? 

  Qishloq  xo`jaligida  davlat  boshqaruvining  shakllari  O`zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi, qonun va agrar soha majmuini isloh qilishga qaratilgan dasturlar asosida 

belgilangan bo`lib, uch qismga bo`linadi: 

1)  Qishloq  xo`jalik  munosabatlarini  tartibga  solishga  qaratilgan  qoida-talablarni 

belgilash. 

 2) Qishloq xo`jalik va agrar soha qonunchiligi hujjatlarini  ijrosini ta’minlash. 

3)  Qishloq  xo`jalik  va  agrar  soha  qonunchiligi,  dasturlarda  belgilanganqoida-talablar  va 

chora-tadbirlarning  bajarilishini  nazorat  qilish  hamda  tegishli  choralarni  belgilashdan 

iboratdir. 

  Davlat  boshqaruvi  yuqorida  sanab  o’tilgan  shakllar  asosida  qishloq  xo’jaligini  davlat 

tomonidan  tartibga  solish  faoliyatini  amalga  oshiradi.  Qishloq  xo’jaligini  davlat 




 

 

tomonidan  tartibga  solishda  davlat  organlarining  qonun  ijodkorligi  faoliyati  muhim 



ahamiyatga  ega  bo’lib,  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  ekish,  etishtirish,  yig’ib-tyerib 

olish,  ayirboshlash,  qayta  ishlash,  mahsulotni  sotish  bilan  bog’liq  munosabatlarning 

huquqiy  holatini  belgilaydi.  Qishloq  xo’jaligiga  oid  qonun,  farmon,  qaror  va  boshqa 

me‘yoriy-huquqiy  hujjatlar  davlat  hokimiyati  va  ijro  hokimiyati  organlari  tomonidan 

qabul qilinib, barcha vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar 

uchun umummajburiy ahamiyatga ega hisoblanadi. 

8.

 

Qishloq  xo‘jalik  faoliyatini  tartibga  soluvchi  davlat  organlari  tizimi  va 



ularni vazifalari nimalardan iborat? 

 

Davlatning  agrar  siyosatni  amalga  oshirishdagi  asosiy  vazifalari  quyidagilardan 



iborat: 

1. Huquqiy tartibga solish vazifasi – qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari faoliyatining 

tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa asoslarini tartibga solib turuvchi huquqiy 

hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish va ularga rioya etilishini nazorat qilish.  

2.  Huquqiy  himoyalash  va  kafolatlash  vazifasi  –  agrar  sohada  xo’jalik  yurituvchi 

subyektlarni teng sharoitlarda faoliyat yuritishini  

3.  Barqarorlashtirish  vazifasi  –  agrar  iqtisodiyotda  inqirozli    holatlarni  bartaraf  etish, 

ishlab  chiqarishning  pasayishiga  yo’l  qo’ymaslik,  inflyasiya  va  ishsizlik  darajasini 

kamaytirish, qishloq xo’jaligi tarmoqlari tarkibining mutanosibligini ta‘minlash. 

4.  Rag`batlantirish  vazifasi  –  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqaruvchilarini,  shuningdek, 

ularga  xizmat  ko’rsatuvchi  tarmoqlar  faoliyatini  turli  iqtisodiy  dastaklar  yordamida 

rag’batlantirish va qo’llabquvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 

5. Analitik-tahlil va istiqbolni belgilash vazifasi – agrar sohada faoliyat yuritayotgan turli 

tashkiliy-huquqiy  shakldagi  xo’jaliklar  rivojlanishini  kuzatib  borish,  chuqur  tahlil  qilish 

va shu asosda istiqbolda rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilashga doir chora-

tadbirlar ishlab chiqish. 

9.

 

Qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  huquqiy  holatini  qanday  normativ-



huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi? 

 

“  Tabiatni  muhofaza  qilish  to’g’risida”,  “O’simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va 



undan  foydalanish  to’g’risida”,  “Muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  to’g’risida”, 

“O’rmon  to’g’risida”gi  “Kooperatsiya    to’g’risida”gi,    "Qishloq    xo’jaligi  kooperativi  

(shirkat    xo’jaligi)    to’g’risida"gi,    "Fermer    xo’jaligi  to’g’risida"gi,  "Dehqon  xo’jaligi 

to’g’risida"gi  qonunlar,  O’zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  Kodeksi,  Ma‘muriy 

javobgarlik to’g’risidagi Kodeksi, Fuqarolik Kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 

20 oktyabrdagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Biologik resurslardan foydalanishni 

tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish 

tartibi to’g’risidagi Nizom va boshqa normativ huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 

10.

 

Qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklari qaysi jihatlari 



bilan farq qiladi?  

O’zbekiston Respublikasi ―Fermer xo’jaligi to’g’risida‖gi qonunning 3-moddasiga ko’ra 

―Fermer xo’jaliklari ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo  

jaligi  mahsulotini  yetishtirish  hamda  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  boshqa  faoliyat 

turlari bilan shug  ullanuvchi tadbirkorlik subyektidir 



 

 

O’zbekiston  Respublikasi  ―Dehqon  xo’jaligi  to’g’risida‖gi  qonunning  1-moddasiga 



ko’ra ―Dehqon xo  jaligi oilaviy mayda tovar xo  jaligi bo  lib, oila a‘zolarining shaxsiy 

mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig  iga 

berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo  jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya 

qiladi. 


 ―fermer xo’jaligi deb nomlanuvchi huquq subyekti yuridik shaxs, xususiy korxona yoki 

yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi nazarda tutilmagan. ―Tadbirkorlik subyekti‖ atamasi 

esa  xo’jalik  (tadbirkorlik)  faoliyatini  yurituvchi  yuridik  shaxslarga  va  tadbirkorlik 

faoliyati bilan shug’ullanuvchi fuqarolarga nisbatan qo’llaniladigan keng qamrovli atama 

hisoblanadi.  Mazkur  tushuncha  O’zbekiston  Respublikasining  ―Tadbirkorlik  faoliyati 

yerkinligining  kafolati  to’g’risidagi  qonunning  3-moddasida  tadbirkorlik  faoliyati 

tushinchasi keltirilgan bo’lim, unda belgilanishicha tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — 

tadbirkorlik  faoliyati  subyektlari  tomonidan  qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga 

oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida 

 daromad  (foyda)  olishga  qaratilgan  tashabbuskor  faoliyat  hisoblanadi.  Shunga  ko’ra 

fermer  xo’jaligi  faoliyati  mustaqil  tarzda  tashkil  qilinadigan  va  yakkaboshchilik  asosida 

rahbarlik olib boriladigan xo  jalik faoliyati turi sanaladi. 

Dehqon  xo’jaligidagi  faoliyat  tadbirkorlik  faoliyati  jumlasiga  kiradi  hamda  dehqon  xo  

jaligi  a‘zolarining  istagiga  ko    ra  yuridik  shaxs  tashkil  etgan  holda  va  yuridik  shaxs 

tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin. 

―Fermer  xo’jaligi  to’g’risidagi  Qonunning  7-moddasida  Fermer  xo    jaligi  qonun 

hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro  yxatidan o  tkazilganidan keyin tashkil etilgan 

deb hisoblanadi hamda uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to  g  

risida  shartnoma  tuzadi.  Fermer  xo’jaligi  bank  muassasasida  hisob-kitob  varag’i  va 

boshqa  xil  hisobvaraqlar  ochishga,  o’z  nomi  yozilgan  muhrga  ega  bo’lishga  haqli20. 

Demak,  fermer  xo’jaligi vakolatli  organ  tomonidan davlat ro’yxatiga  olinganidan  keyin 

yuridik  shaxs  maqomini  oladi,  bank  muassasasida  hisob-kitob  varag    i  va  boshqa  xil 

hisobvaraqlar ochishga, o ‘z nomi yozilgan muhrga ega bo  lishga haqlidir. 

dehqon xo  jaliklari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasiga ega bo  lgan 

va  o    ziga  umirbod  foydalanish  huquqi  bilan  berilgan  yer  uchastkasida  oilaviy  yoki 

yollanma ishchi kuchi  asosida o  z ehtiyojlari hamda sotish  maqsadida qishloq xo  jalik 

maxsulotlari yetishtirish bilan shug  ullanuvchi qishloq xo  jalik subyekti hisoblanadi. 

11.


 

Fermer xo‘jaliklari qachon tashkil qilingan hisoblanadi? 

  Fermer  xo’jaliklarini tashkil etish uchun  yer  uchastkalari zaxira  yerlardan,  yuridik va 

jismoniy  shaxslarga  berilmagan  qishloq  xo’jaligiga  mo’ljallangan  yerlaridan  beriladi 

(Qonunning  10-moddasi).  O’z  navbatida  bu  qoida  fermer  xo’jaliklarini  tashkil  etish 

tartibini  belgilaydi.  Qonun  hujjatlariga  muvofiq,  fermer  xo’jaliklari  tashkil  etish  uchun 

yer  uchastkalari  qat‘iy  ravishda  tanlov  asosida  beriladi.  Buning  uchun  belgilangan 

tartibda tanlovda g’olib chiqish lozim. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-

son  qarori  bilan  tasdiqlangan  ―Qayta  tashkil  etilayotgan  qishloq  xo’jaligi  korxonasi 

negizida  fermer  xo’jaligi  barpo  etish  uchun  talabgorlarni  tanlash  va  ularning  tanlovini 

o’tkazish  Tartibi‖  va  O’zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo’jaligi  vazirligining 

2005-yil  18-noyabrdagi  237a-son  buyrug’i  bilan  tasdiqlangan  Chorvachilik  mahsuloti 




 

 

etishtirishga  ixtisoslashtirilgan  fermer  xo„jaligiga  beriladigan  yer  uchastkalarining  eng 



kam  o„lchami  bir  shartli  bosh  chorva  molga  hisoblaganda  Andijon,  Namangan, 

Samarqand,  Toshkent,  Farg’ona  va  Xorazm  viloyatlaridagi  sug’oriladigan  yerlarda  0,3 

gektarni  (nasldor  chorvachilik  fermer  xo’jaliklari  uchun  0,5  gektarni)  tashkil  etadi. 

Boshqa  viloyatlar  va  Qoraqalpog’iston  Respublikasidagi  sug’oriladigan  yerlarda  0,45 

gektarni  (nasldor  chorvachilik  fermer  xo’jaliklari  uchun  0,6  gektarni)  tashkil  etadi. 

Sug’orilmaydigan  (lalmikor)  yerlarda  2  gektarni  tashkil  etadi.  Dehqonchilik  mahsuloti 

etishtirishga 

ixtisoslashtirilgan  fermer  xo„jaliklariga  ijaraga  beriladigan  yer 

uchastkalarining eng kam o„lchami Paxtachilik va g’allachilik uchun kamida 30 gektarni 

tashkil  etadi.  G’allachilik  va  sabzavotchilik  uchun  kamida  10  gektarni  tashkil  etadi 

Bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni etishtirish uchun kamida 1 

gektarni  hamda  ko’pi  bilan  5  gektarni  tashkil  etadi  127  ―Fermer  xo’jaligini  yuritish 

uchun  yer  uchastkalarini  berishda  tanlov  g’olibini  aniqlash  tartibi  to’g’risida  Nizom‖ 

fermer  xo’jaliklarini  tashkil  etishda  talabgorlarni  tanlash  va  ularning  tanlovini  o’tkazish 

shartlarini, tanlov g’oliblarini aniqlash tartibini belgilab beradi. 

  (“Fermer  xo`jalilari  to’g’risida”gi  Qonunning  5-moddasiga  ko`ra,  fermer  xo`jaligi 

qishloq  xo`jaligiga  mo`ljallangan  yerlarda  va  zaxira  yerlarda  tashkil  etiladi.  Ushbu 

moddada  fermer  xo`jaligi  xo`jalik  boshlig`i  tomonidan,  xo`jalikka  alohida  mol-mulk 

ajratib berish va ustavini tasdiqlash  yo`li bilan tashkil etilishi, shuningdek, o`n sakkizga 

to`lgan,  qishloq  xo`jaligida  tegishli  malaka  va  ish  tajribaga  ega  bo`lgan  O`zbekiston 

Respublikasining fuqarosi fermer bo`lishi mumkinligi belgilab qo`yilgan. 

  Fermer  xo‘jaliklari  yuritish  uchun  er  uchastkalari  ochiq  tanlov  asosida  ijaraga  50 

yilgacha bo‘lgan, lekin 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi. 

  Fermer  xo‘jaligi  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilganidan  keyin  tashkil  etilgan  deb 

hisoblanadi.  Uning  muassisi  yer  uchastkasini  uzoq  muddatli  ijaraga  olish  to‘g‘risida 

shartnoma tuzadi. Shu asosda fermer xo‘jaligi bank muassasasida hisob-kitob varag‘i va 

boshqa  xil  hisobvaraqlar  ochishga,  o‘z  nomi  yozilgan  muhrga  ega  bo‘lishga  haqli 

hisoblanadi). 

12.

 

Dehqon xo‘jaliklariga yer uchastkalari qanday huquq asosida beriladi?  



  Xususan,  1992  yil  3  iyulda  O’zbekiston  Respublikasining  654-XII-sonli  ―Dehqon 

xo„jaligi to„g„risida‖gi Qonuni qabul qilindi (hozirda o„z kuchini  yo„qotgan). Qonun 5 

bo’lim,  24  moddadan  iborat  edi.  Shu  bilan  bir  qatorda  agrar  sektordagi  tarkibiy 

o’zgarishlar,  qishloq  xo’jaligida  faoliyat  yurituvchi  subyektlar  tizimidagi  yangiliklardan 

kelib  chiqib,  Qonunni  zamon  talablariga  moslashtirish  maqsadida  1998-yil  30-aprelda 

O’zbekiston  Respublikasining  ―Dehqon  xo„jaligi  to’g’risida‖gi  Qonuni  yangi  tahrirda 

qabul  qilindi.  Yangi  tahrirdagi  Qonun  7  bob,  30  moddadan  iborat  bo’lib,  uning  qabul 

qilinishi  dehqon  xo’jaligi  faoliyatning  mustahkam  huquqiy  asosini  barpo  etdi.  Ushbu 

Qonunda  dehqon  xo’jaligi  tushunchasi,  dehqon  xo’jaligi  a‘zolari,  boshlig’i,  ularning 

a‘zolarining  huquq  va  majburiyatlari  dehqon  xo’jaligini  tashkil  etish,  davlat  ro’yxatiga 

olish,  dehqon  xo’jaliklariga  yer  berish,  yerga  egalik  qilish,  yerdan  foydalanish  va  suv 

iste‘moli,  dehqon  xo’jaligining  mol-mulki,  faoliyatining  asoslari,  dehqon  xo’jaligini 

tugatish  (faoliyatini  to’xtatish)  kabi  masalalar  huquqiy  jihatdan  tartibga  solingan. 



 

 

Qonunda  tadbirkorlik  faoliyatining  subyekti  tariqasida  dehqon  xo’jaligining  7  ta  huquqi 



alohida nazarda tutilgan:  

o’ziga  berilgan  tomorqa  yer  uchastkasida  dehqon  xo’jaligining  ishlab  chiqarish 

faoliyatini mustaqil tashkil etish; 

etishtirilayotgan  va  realizatsiya  qilinayotgan  mahsulotga  mustaqil  ravishda  baho 

belgilash;  

o’zi  etishtirgan  mahsulotni,  shu  jumladan  bu  mahsulotni  iste‘molchilarga  o’z  xohishi 

bo’yicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf etish;  

xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq to’lanadigan fyuchyers bitimlari tuzish;  

tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;  

qishloq  xo’jaligi  mahsuloti  etishtiruvchilarga  sotish  uchun  va  yerkin  savdoga 

mo’ljallangan aksiyalarni sotib olish; 

o’z  mol-mulkini,  shuningdek  tomorqa  yer  uchastkasiga  meros  qilib  qoldiriladigan 

umrbod  egalik  qilish  huquqini,  shu  jumladan  kimoshdi  savdosi  asosida  sotib  olingan 

huquqni  garovga  qo’yish.  Qonunda  shuningdek,  dehqon  xo’jaligining  7  ta  majburiyati 

ham alohida belgilab qo’yilgan.  

Bular: tomorqa yer uchastkasidan qat‘iy belgilangan maqsadda foydalanish; tabiiy obyekt 

bo’lmish yerga zarar etkazmaslik;  tomorqa yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini 

saqlash  va  oshirish  yuzasidan  sarf-xarajatlar  qilish;  yangi  berilgan  tomorqa  yer 

uchastkasidan,  agar  qonun  hujjatlarida  boshqa  muddat  belgilangan  bo’lmasa,  bir  yil 

ichida  foydalanishga  kirishish;  agrotexnika  talablariga,  belgilangan  rejim,  saqlash 

vazifasi  va  servitutlarga  rioya  etish;  dehqon  xo’jaligining  majburiyatlari  va  qarzlari 

bo’yicha  to’la  javobgar  bo’lish;  xo’jalik  a‘zolari  uchun  xavfsiz  mehnat  sharoitini 

ta‘minlash. 

  (Fuqarolarga  dehqon  xo`jaligi  yuritish  uchun  yer  uchastkalari  meros  qilib 

qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  huquqi  asosida  beriladi.  Dehqon  xo`jaligi  yuritish 

uchun  yer  uchastkalari  imoratlar  va  inshootlar  qurish  huquqisiz  beriladi.  Mazkur  qoida 

yakka  tartibda  uy-joy  qurish  uchun  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilishga 

ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi. 

  Dehqon  xo`jaligiga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilishga  berilgan 

tomorqa  yer  uchastkalari  xususiylashtirilishi  va  oldi-sotdi,  garov,  hadya,  ayirboshlash 

obyekti  bo`lishi,  shuningdek  bo`linishi  mumkin  emas.  Yer  uchastkasiga  meros  qilib 

qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  huquqi  kredit  olish  uchun  garovga  qo`yilishi 

mumkin.  

  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1995-yil  11-apreldagi  126-sonli 

qarori bilan tasdiqlangan “Savdo va xizmat ko`rsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan 

yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan 

umrbod  egalik  qilish  uchun  xususiy  mulk  sifatida  sotish  tartibi  to`g`risida”gi  nizomga 

muvofiq,  yer  maydonlari  meros  qilib  qoldirish  sharti  bilan  umrbod  egalik  qilish  uchun 

fuqarolarga  dehqon  xo`jalik  yuritish  uchun  0,06  gektar  doirasida  kimoshdi  savdolarida 

sotiladi). 

 

 



 

 

13.



 

Qishloq  xo‘jalik  agroklasterlari  qaysi  yo‘nalishda  faoliyat  olib  borishi 

mumkin?  

   


Agroklasterning  mohiyati  A.A.  Nastin  tomonidan  atroflicha  asoslangan: 

―agroklaster bir vaqtda va o’zaro hamkorlikda ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish va 

atrof-muhitni  himoya  qilishda  birlashish  maqsadida  geografik  jihatdan  bir  joyda 

joylashgan, o’zaro bir-biriga bog’liq va bir-birini to’ldiruvchi, turli mulk egalari – oilaviy 

ferma,  fermerlarning  kooperativ  korxonalari,  ijtimoiy  va  ilmiy  tashkilotlar,  ta‘lim 

muassasalari va maslahat xizmatlaridan iborat bozor subyektlari tizimidan iborat.  

  Agroklaster – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish 

jarayonlarini  yagona  zanjirga  birlashtirish  va  yuqori  texnologik  innovatsiyalardan 

foydalanish  bilan  bir  qatorda,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  ichki  va  tashqi  bozorda 

raqobatbardoshligini  oshirish,  qishloq  joylarda  infratuzilma  majmuini  shakllantirish  va 

rivojlantirish,  qishloq  aholisini  ish  bilan  bandligi  darajasi  va  daromadlarini  oshirish 

hamda  kelajakda  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  sifati  va  ekologik  muhitni  yaxshilashda 

faoliyat  yuritadigan xo’jalik  yuritish subyektlaridan tarkib topadi, degan xulosaga kelish 

mumkin. 


(Keyingi  yillarda  mamlakat  iqtisodiyotining  muhim  tarmoqlaridan  biri  boʻlgan  qishloq 

xoʻjaligini  jadal  rivojlantirishga  qaratilgan  qator  islohotlar  amalga  oshirildi.  Xususan, 

qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yoʻlga qoʻyilishi, zamonaviy resurs 

tejovchi  texnologiyalarning  joriy  etilishi  qishloq  xoʻjaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilari 

tomonidan  yer, suv va moddiy-texnika resurslarini tejash,  yetishtirilgan xomashyo qayta 

ishlangan  holda,  tayyor  mahsulot  koʻrinishida  isteʼmolga  yetkazib  berish  jarayonida 

yuqori  qoʻshilgan  qiymat  yaratish  imkonini  bermoqda.  agroklasterlar  quyidagi 

yoʻnalishlarda faoliyat olib borishi mumkin: 

- meva va sabzavotlarni yetishtirish, saqlash va qayta ishlash faoliyatlari; 

-  chorvachilik faoliyati va chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash; 

-  parrandachilik faoliyati va parrandachilik maxsulotlarini qayta ishlash; 

-  baliqchilik faoliyati va baliqchilik maxsulotlarini qayta ishlash; 

-  asalarichilik faoliyati va asalarichilik maxsulotlarini qayta ishlash; 

 - Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati yoʻnalishlari 

  - paxtachilik-toʻqimachilik ; 

 - Issiqxona komplekslarini rivojlantirish;) 

14.

 

Agrofermalarni qanday shaklda tashkil qilinishi mumkin?  



   

Agrofirmalarni  tashkil  etish  va  ularning  faoliyatini  tartibga  solish  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  "Meva-sabzavotchilik  va  uzumchilik  sohasida  iqtisodiy 

islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2006 yil 9 yanvardagi PF-3709-

son  Farmoni  va  Vazirlar  Mahkamasining  2006  yil  10  martdagi  42-son  qaroriga  asosan 

tashkil  qilanadi.  Agrofirma  yuridik  shaxs  hisoblanib,  fermer  xo’jaliklari  va  aholi 

tomonidan  etishtirilgan  meva-sabzavot  mahsulotlari  va  uzumni  qayta  ishlash  hamda 

sotishni  o’z  faoliyatining  asosiy  maqsadi  deb  qo’yadi.  Meva-sabzavot  mahsulotlari  va 

uzum,  shuningdek  boshqa  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  etishtirishga  ixtisoslashgan 

fermer  xo’jaliklari,  shunday  mahsulotlarini  qayta  ishlash  korxonalari,  yakka  tartibdagi 

tadbirkorlar,  O’zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  xorijiy  investorlar  hamda  boshqa 



 

 

shaxslar  agrofirmaning  muassislari  bo’lishi  mumkin.  Agrofirmalar  tijorat  tashkilotlari 



hisoblanib,  qonunda  nazarda  tutilgan  har  qanday  tashkiliy-huquqiy  shaklda 

muassislarning  moddiy  va  moliyaviy  resurslarini  birlashtirish  asosida  tashkil  etiladi. 

Agrofirmalar  ular  Vazirlar  Mahkamasining  2017  yil  9  fevraldagi  O’zbekiston 

Respublikasi Prezidentining ―Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va 

hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida‖ 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-

son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi 66-son qaroriga ilova qilingan 

―Tadbirkorlik  subyektlarini  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  tartibi  to’g’risida‖gi  Nizomga 

muvofiq davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. 

(Agrofirmalarni tashkil etish va ularning faoliyatini tartibga solish O`zbekiston 

Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy 

islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida" 2006-yil 9-yanvardagi PF–3709-

son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 42-son qaroriga asosan 

tashkil qilinadi. 

   


Ularga ko`ra, agrofirma fermer xo‘jaliklari va aholi tomonidan yetishtirilgan 

meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash hamda sotish asosiy faoliyati 

bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi. Meva-sabzavot mahsulotlari va uzum, shuningdek 

boshqa qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo`jaliklari, 

shunday mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, 

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy investorlar hamda boshqa shaxslar 

agrofirmaning muassislari bo`lishi mumkin. Agrofirmalar tijorat tashkilotlari hisoblanib, 

qonunda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda muassislarning moddiy 

va moliyaviy resurslarini birlashtirish asosida tashkil etiladi. Agrofirmani ta’sis etishda 

uning qatnashchilari o‘z mustaqilligini saqlab qoladi. 

Agrofirmalar uning qatnashchilari tomonidan ixtiyoriy tartibda tashkil etiladi. 

Agrofirmalar ular Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori 

bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga 

qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida 

nizomga

 

muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi 



15.

 

Agrofirmalarning vazifalari sifatida qanday faoliyat turlari belgilanadi?  



  Quyidagilar Agrofirmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

meva-sabzavot  mahsulotlari  va  uzumni  tayyorlash,  tashish,  saqlash  va  qayta  ishlash 

hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish;  

meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy 

texnologiyalarni joriy etish; 

marketing  tadqiqotlari  o‘tkazish,  meva-sabzavot  mahsulotlari  va  uzum  yetishtirishning 

maqbul hajmlarini belgilash; 

oqilona texnologiya va kooperatsiya aloqalarini yaratish; 

eksport potensialini ko‘paytirish va investitsiyalar jalb etish

aholini ish bilan ta’minlash. 

16.Qishloq  xo‘jaligida  faoliyat  yurituvchi  nodavlat  notijorat  tashkilotlarning  qanday 

shakllari mavjud va ular qanday faoliyatni amalga oshiradi.   




 

 

  Qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar bevosita 



qishloq  xo’jaligi  sohasida  ishlab  chiqarish  faoliyatiga  ko’maklashuvchilar  hisoblanib, 

ular  qishloq  xo’jalik  oziq-ovqat  maxsulotlari  ishlab  chiqarish,  qayta  ishlash  sohasida 

qishloq xo’jalik korxonalariga ko’maklashuvchi subyektlardir. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktyabrdagi “Fermer, 

dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo`yicha 

tashkiliy chora tadbirlar to`g`risida”gi PQ–3318-son Qarori asosida Fermer, dehqon 

xo`jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, 

O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bu sohadagi 

vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini ta‘minlash maqsadida O`zbekiston Fermer, 

dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi nodavlat tashkilot sifatida asosiy 

qishloq xo`jalik ishlab chiqaruvchilari va subyektlari faoliyatini tashkil qilish huquqi 

berilgan. 

 Qishloq xo`jaligi sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilot sifatida 

Suv iste‘molchilari uyushmasi faoliyat yuritadi. O`zbekiston Respublikasining “Suv va 

suvdan foydalanish to`g`risida”gi qonunning ko`ra, suv iste’molchilari uyushmasi – 

yuridik shaxs bo`lgan suv iste‘molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi 

o`z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va 

himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti, deb 

belgilangan. Mazkur qonunning 18-1 -moddasida belgilanishicha Suv iste‘molchilari 

uyushmalari asosan gidrografiya prinsipiga yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va 

ulardan oqilona foydalanishni ta‘minlaydigan boshqa shartlarga muvofiq tashkil etiladi. 

Fermer xo`jaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo`jaliklari, shuningdek 

yuridik shaxs bo`lgan boshqa suv iste‘molchilari suv iste‘molchilari uyushmalarining 

muassislari bo`lishi mumkin. Fermer va dehqon xo`jaliklari, fuqarolarning o`zini o`zi 

boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv iste‘molchilari suv iste‘molchilari 

uyushmalarining a‘zolari bo`lishi mumkin. Suv iste‘molchilari uyushmasi va uning 

xizmat ko`rsatish zonasida joylashgan a‘zolari, shuningdek boshqa qishloq va suv 

xo`jaligi organlari hamda o`zga yuridik va jismoniy shaxslar o`rtasidagi suvga doir 

munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.  

Qishloq xo`jalik sohasini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan O`zbekiston 

Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari 

faoliyatini yanada rivojlantirish bo`yicha tashkiliy chora tadbirlar to`g`risida”gi Qarori 

asosida O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya 

vazirligi hamda Kengashning yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan O`zbekiston fermer, 

dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon 

xo`jaliklari va tomorqa yer egalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil qilingan.  

Bundan tashqari Qishloq xo`jaligini rivojlantirish Xalqaro jamgarmasi mavjud 

bolib, ushbu loyiha asosida mamlakatimizda qishloq xojaligini rivojlantirish maqsadida 

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 noyabrdagi “Qishloq xojaligini 

rivojlantirish xalqaro jamg`armasi ishtirokida ―Qishloq xo`jaligini divyersifikatsiya va 

modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida`gi qarori 

bilan qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni divyersifikatsiya qilish, dehqon va 




 

 

fermer xo`jaliklarini qo`shilgan qiymat yaratishning zamonaviy zanjirlariga samarali 



integratsiyalash va ularning moliyaviy barqarorligini oshirish hamda Qishloq xo`jaligini 

rivojlantirish xalqaro jamg`armasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida 

Qishloq xo`jaligini rivojlantirish xalqaro jamg`armasi tomonidan qishloq xo`jalik 

sohasini moliyalashtirish belgilangan.  

Nodavlat notijorat tashkilotlar, jamg`arma va fondlar ham agrar sohada faoliyat 

yuratadigan subyektlar hisoblanadi. Ular agrar soha faoliyatida muhim o`rin tutishi bilan 

bir qatorda qishloq xo`jalik ishlab chiqaruvchilari faoliyatini rivojlantirish va 

kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, qishloq xo`jaligida sifatli va jahon 

standartlari darajasida maxsulot yetishtirish va mahsulotlarni eksport qilish salohiyatini 

oshirishga xizmat qiladi.  

17.Qishloq  xo‘jaligida  ekologik  xavfsizlikni  huquqiy  ta’minlash  tushunchasiga  ta’rif 

bering? 


   

Shuningdek,  qishloq  xo’jaligida  ekologik  xavfsizlikni  huquqiy  ta‘minlash 

jarayoni, o’zining subektlari va obektlariga ega. Qishloq xo’jaligida ekologik xavfsizlikni 

huquqiy  ta‘minlash  obyekti  bo’lib,  ―qishloq  xo’jaligida  ekologik  xavfsizlikni 

ta‘minlashda  yuzaga  keladigan  ijtimoiy  munosabatlar  hisoblanadi‖.  Bu  obyektlarga 

qishloq  xo’jaligi  faoliyati  amalga  oshirilayotgan  jarayonda  (yer,  yer  osti  boyliklari,  suv, 

o’simlik  va  hayvonot  dunyosi,  atmosfera  havosi)  ifloslanishdan,  buzilishdan, 

zararlanishdan,  vayron  bo’lishdan,  yo’q  bo’lib  ketishdan,  nooqilona  foydalanishdan 

muhofaza etilishi bilan bog’liq munosabatlar kiradi. 

Mamlakatimizda ijtimoiy hayotimizning barcha jabhasi qatorida qishloq 

xo’jaligida ekologik xavfsizlik muammolarini bartaraf qilish, salbiy oqibatlarining oldini 

olish, oziq-ovqat xavfsizligini va inson salomatligini muhofaza etish borasida ham 

salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Qishloq xo’jaligida ekologik jihatdan toza mahsulot ishlab chiqarish, insoniyatning 

qishloq xo’jaligiga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun zamonaviy agrotexnik tadbirlar 

o`tkazish, qishloq xo`jaligini texnik hamda texnologik jihatdan qayta jihozlash, 

yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligida mavjud tabiiy resurslarni 

himoyalash va ulardan oqilona foydalanish ham doimiy e’tibor markazida turibdi.  

Mamlakatimizda qishloq xo’jalik xavfsizlik hamda barqaror taraqqiyotni 

ta’minlash maqsadida atrof-muhitni muhofaza qilishga, qishloq xo’jaligidagi ekologik 

vaziyatni sog`lomlashtirishga yo`naltirilgan qator chora-tadbirlar amaliyotga tatbiq 

etilyotgani va bu boradagi qonunchilik bazasi tobora takomillashtirilayotganini ham 

aytish o’rinlidir.  

Qishloq xo`jaligida ekologik xavfsizlikni ta’minlash tushunchasi - sifatida ya’ni 

aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash va bir qator sanoat uchun xom-ahyo yetishtirish 

jarayonida ekologiya atrof muhitga zarar yetkazadigan tabiiy va antropogen omillarning 

atrof muhitga va insonga salbiy ta’sir ko’rsatishi bilan yuzaga keladigan ijtimoiy 

jarayonida kelib chiqadigan agrar munosabatlarni tartibga soluvchi normalar 

yig`indisidir. (67-betdan) 

 

 




 

 

18. Ekologik xavfsizlik va agrar sohada ekologik xavfsizlik deganda nimani tushunasiz?  



  Qishloq  xo’jaligida  ekologik  xavfsizlikni  huquqiy  ta‘minlash  tushunchasi  -  sifatida 

ya‘ni aholini oziq-ovqat bilan ta‘minlash va bir qator sanoat uchun xom-ashyo etishtirish 

jarayonida ekologiya va atrof muhitga zarar etkazadigan tabiiy va antropogen omillarning 

atrof  muhitga  va  insonga  salbiy  ta‘sir  ko’rsatishi  bilan  yuzaga  keladigan  ijtimoiy 

jarayonida  kelib  chikadigan  agrar  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  huquqiy  normalar 

yig’indisidir. 

  Qishloq  xo’jaligida  ekologik  xavfsizlikni  huquqiy  ta‘minlash  subyektlari  ushbu 

jarayonda ishtirok etadigan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.. 

  Qishloq  xo„jaligida  ekologik  xavfsizlikni  huquqiy  ta‟minlash  subyektlari  orasida 

davlat  organlari  alohida  o„rin  tutadi.  Ular  qishloq  xo„jaligida  ekologik  xavfsizlik 

choralari, ularni ishlab chiqish va ta‟minlashni belgilab beradi. 

Ekologik xavfsizlik — tabiiy muhit va insonning hayotiy muhim manfaatlarining xoʻjalik 

va boshqa faoliyat, tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va ularning 

oqibatlarining ehtimoliy salbiy taʼsiridan himoyalanganlik holati hisoblanadi.  

19.Qishloq  xo‘jaligi  sohasida  ekologik  xavfsizlikni  ta’minlashning  huquqiy  asoslari 

nimalardan iborat? 

   

Mamlakatimizda  qishloq  xo’jaligida  ekologik  xavfsizlikni  taminlashga  qaratilgan 



qonunlar  va  normativ  huquqiy  hujjatlar  huquqiy  asos  bo’lib  xizmat  qiladi.Qishloq 

xo’jaligida  ekologik  xavfsizlikni  taminlashning  huquqiy  asoslari  quyidagi  jihatlari 

bilanboshqa huquq sohalaridan farq qiladi:  

Birinchidan, yagona kodifikatsiyalangan qonun hujjatlarining bo’lmaganligi;  

ikkinchidan,  agrar  ishlab  chiqarish  jarayonini  tartibga  solishda  qonunlarining  ekologik 

muhitni yaxshilashga qaratilganligi; 

 uchinchidan,  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  orgnlari  me‘yoriy  hujjatlari  bilan 

birgalikda tor doiradagi lokal hujjatlarning mavjudligi;  

to„rtinchidan,qishloq  xo’jaligida  ekologik  xavfsizlikni  taminlashga  qaratilgan  qonun 

hujjatlarining ixtisoslashganligi. 

Qishloq  xo`jaligida  ekologik  xavfsizlikni  taminlashga  qaratilgan  qonun  hujjatlari 

ekologik  xavfsizlikni  ta‘minlashdagi  munosabatlarni  tartibga  solishda  ishtiroki,  harakat 

doirasining hajmi va mazmuniga ko`ra quyidagicha guruhlarga bo`lish mumkin: 

 O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;  

O`zbekiston Respublikasining ekologik va agrar qonunlari;  

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari;  

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 

 Agrar  sohada  maxsus  vakolatli  davlat  organlari  ya‘ni,  vazirlik,  davlat  qo`mitasi  va 

vakolatli idoralarning me‘yoriy hujjatlari

 mahalliy davlat hokimiyat organlarining me‘yoriy hujjatlari;  

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  tomonidan  ma‘qullangan  uyushmalari  va 

tashkilotlarning hujjatlari;  

Qishloq xo`jalik korxonalari, tashkilotlari, muassasalarining lokal ahamiyatli, ya‘ni ichki 

xo`jalik hujjatlari va boshqalardan iborat. 

 O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  qoida-talablari  va  tamoyillari  asosida 



 

 

ekologiya va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 



va aholining ekologik xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi.  

Qishloq  xo`jaligida  ekologik  xavfsizlik  hamda  atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish 

yuzasidan 

bir 


qator 

qonunchilik 

hujjatlari 

mavjud. 


Jumladan, 

O`zbekiston 

Respublikasining  1992-yil  9-dekabrdagi  “Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risida”  gi 

Qonuni,  O`zbekiston  Respublikasining  1993-yil  6-maydagi  “Suv  va  suvdan  foydalanish 

to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi “Atmosfera 

havosini  muhofaza  qilish  to’g’risida”  gi  Qonuni,  O`zbekiston  Respublikasining  2016-

yildagi  “O`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to`g`risida”  gi 

Qonuni,  O`zbekiston  Respublikasining  2016-yildagi  “Hayvonot  dunyosini  muhofaza 

qilish  va  undan  foydalanish  to`g`risida”gi  Qonuni,  O`zbekiston  Respublikasining  2018-

yildagi  “O`rmon  to`g`risida”gi  Qonuni,  O`zbekiston  Respublikasining  2002-yilda  qabul 

qilingan “Yer osti boyliklari  to`g`risida” gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasining 2002-

yil  5-apreldagi  “Chiqindilar  to`g`risida”gi  Qonuni,  O`zbekiston  Respublikasining  2004-

yil  3-dekabrdagi  “Muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  to`g`risida”gi  Qonuni, 

O`zbekiston  Respublikasining  1998-yilgi  Yer  kodeksi,  O`zbekiston  Respublikasining 

2013-yil  27-dekabrdagi  “Ekologik  nazorat  to`g`risida”gi  qonuni  va  boshqa  qonunlarni 

keltirish mumkin.  

  Ushbu  qonunlar  va  qonun  osti  normativ  huquqiy  hujjatlarning  asosiy  maqsadi  va 

vazifasi,  konstitutsiyaviy  tamoyillar,  qonunlarda  belgilangan  maxsus  qoida-talablarni 

amalda  qo`llanilishini  osonlashtirish,  ma‘muriy  hududlarning  tabiiy  holati  asosida 

me‘yoriy  qoida-talablarni  belgilash,  ularning  hayotiyligini  ta‘minlash  va  asosiy  qoida-

talablarni barcha yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazishdan iborat bo`ladi.  

  Qishloq  xo`jaligida  ekologik  xavfsizlikni  ta‟minlashda  O`zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  Farmon  va  qarorlari  hamda  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  asosiy 

huquqiy asosdir. 

  Bulardan  tashqari  mamlakatimiz  tomonidan  qishloq  xo`jaligida  ekologik  xavfsizlikni 

taminlashga  qaratilgan  xalqaro  normativ-huquqiy  hujjatlarning  ratifikatsiya  qilish  va 

imzolashi  natijasida  bugungi  kunda  O`zbekiston  Respublikasining  hududida  ham 

majburiy bo`lgan quyidagi Xalqaro hujjatlarning ham o`rni kattadir. 

 Jumladan,O`zbekiston  1993-yili  Iqlim  o`zgarishi  haqidagi  doiraviy  konvensiyaga 

qo`shildi,  1998-yilda  esa  Kioto  protokolini  imzoladi.  Hukumatimiz  qaroriga  binoan, 

iqlim  o`zgarishi  bilan  bog`liq  muammolarni  muvofiqlashtirish  “O`zgidromet”  markazi 

zimmasiga qo`yildi.  

O`zbekiston  1995-yil  19-iyulda  Biologik  xilma  xillikni  saqlash  haqidagi  konvensiyaga 

a‘zo  bo`ldi  va  bu  mas‘uliyatli  vazifa  O`zbekiston  Respublikasi  Ekologiya  va  atrof-

muhitni  muhofaza  qilish  qo`mitasiga  yuklatildi.  1994-yil  17-iyun  kuni  BMTning 

Cho`llanish  va  qurg`oqchilikka  qarshi  kurash  konvensiyasi  qabul  qilingan  bo`lib, 

mamlakatimiz vakillari konvensiyani ishlab chiqish jarayonida ishtirok etdi va 1995-yili 

birinchilar  qatorida  uni  ratifikatsiya  qildi.  Og`ir  qurg`oqchilikni  yoki  cho`llanishni 

boshidan  kechirayotgan  mamlakatlarda,  ayniqsa  Afrikada  cho`llanishga  qarshi  kurash 

bo`yicha  BMTning  konvensiyasi.  O`zbekiston  tomonidan  1994  y.  imzolandi.  1995  y. 

ratifikatsiya  qilindi.  (ijrochi  agentlik-O`zgidromet),  Ozon  qatlamini  muhofaza  qilish 



 

 

bo`yicha  Vena  konvensiyasi  (Vena,  22-mart  1985  y.)  O`zbekiston  1993  y.  qo`shildi. 



(ijrochi agentlik-Ekoqo`mita), Xavfli chiqindilarni transchegaraviy olib chiqish va ularni 

yo`qotishni nazorat qilsh bo`yicha Bazel konvensiyasi (Bazel, 1988 y.) O`zbekiston 1995 

y.  qo`shildi.  (ijrochi  agentlik-Eko  qo`mita),  Asosan  suvda  suzuvchi  qushlar  yashash 

joylari  sifatida  Xalqaro  ahamiyatga  ega  bo`lgan  suv  botqoq  joylari  to`g`risidagi 

konvensiyaga  (Ramsar,  1995  y.)  (Ramsarskaya  konvensiya)  O`zbekiston  2001  y.  72 

qo`shildi,  Yo`qolib  ketishi  xavfi  ostida  bo`lgan  yovvoyi  fauna  va  flora  turlari  bilan 

Xalqaro  savdo  qilish  to`g`risidagi  konvensiya  (Sites)  (Vashington,  1997  y.)  2006  y. 

ratifikatsiya  qilindi.  (ijrochi  agentlik  Ekoqo`mita),  Transchegaraviy  suv  oqimlari  va 

xalqaro ko`llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo`yicha konvensiya (Xelsinki, 

17-mart  1992  y.)  O`zbekiston  1998  y.  qo`shildi.  (ijrochi  agentlik-  Qishloq  xo`jaligi  va 

Suv xo`jaligi vazirliklari) va boshqalar. 

20.


 

Qishloq  xo‘jaligida  ekologik  xavfsizlikni  ta’minlashga  qaratilgan  qanday 

tashkiliy-huquqiy choralar mavjud? 

  Mamlakatimizda  agrar  sohada  ekologiya  va  atrof  muhitga  bo’lgan  munosabat  davlat 

darajasiga ko’tarilib, “2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor 

yo’nalishi  bo’yicha  Harakatlar  strategiyasi”ning  uchinchi  yo’nalishi  “Iqtisodiyotni 

rivojlantirish  va  liberallashtirishning  ustuvor  yo’nalishari”  deb  nomlangan  hamda  3.3 

bandi  Qishloq  xo’jaligini  modernizatsiya  qilish  va  jadal  rivojlantirishga  bag’ishlangan 

qismida o’z ifodasini topgan.  

  Jumladan,  u  quyidagilarni:  tarkibiy  o’zgartirishlarni  chuqurlashtirish  va  qishloq 

xo’jaligi  ishlab  chiqarishini  izchil  rivojlantirish,  mamlakatimiz  oziq-ovqat  xavfsizligini 

yanada  mustahkamlash,  ekologik  toza  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  agrar 

sektorning  eksport  salohiyatini  sezilarli  darajada  oshirish,  paxta  va  boshoqli  don 

ekiladigan  maydonlarni  qisqartirish,  bo’shagan  yerlarga  kartoshka,  sabzavot,  ozuqa  va 

yog’  olinadigan  ekinlarni  ekish,  shuningdek,  yangi  intensiv  bog’  va  uzumzorlarni 

joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini  yanada optimallashtirish,fermer xo’jaliklar, eng 

avvalo,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  bilan  bir  qatorda,  qayta  ishlash, 

tayyorlash, 

saqlash, 

sotish, 


qurilish 

ishlari 


va 

xizmatlar 

ko’rsatish 

bilan 


shug’ullanayotgan  ko’p  tarmoqli  fermer  xo’jaliklarini  rag’batlantirish  va  rivojlantirish 

uchun  qulay  shart-sharoitlar  yaratish,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  chuqur  qayta 

ishlash,  yarim  tayyor  va  tayyor  oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  bo’yicha  eng 

zamonaviy  yuqori texnologiyalar asosida asbob-uskunalar bilan jihozlangan  yangi qayta 

ishlash  korxonalarini  qurish,  mavjudlarini  rekonstruksiya  va  modernizatsiya  qilishga 

qaratilgan  investitsiya  loyihalarini  amalga    oshirish,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini 

saqlash, tashish va sotish, agrokimyo,  moliyaviy  va boshqa  zamonaviy  bozor xizmatlari 

ko’rsatish  infratuzilmasini  tarmoqlarini  yanada  kengaytirish,  sug’oriladigan  yerlarning 

meliorativ holatini  yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini 

rivojlantirish,  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarish  sohasiga  intensiv  usullarni,  eng  avvalo, 

suv  va  resurslarni  tejaydigan  zamonaviy  agrotexnologiyalarni  joriy  etish,  unumdorligi 

yuqori  bo’lgan  qishloq  xo’jaligi  texnikasidan  foydalanish,  yuqori  mahsuldorlikka  ega, 

kasallik  va  zararkunandalarga  chidamli,  mahalliy  yer-iqlim  va  ekologik  sharoitlarga 

moslashgan  qishloq  xo’jaligi  ekinlarining  yangi  seleksiya  navlarini  hamda  hayvonot 




 

 

turlarini  yaratish  va  ishlab  chiqarishga  joriy  etish  bo’yicha  ilmiy-tadqiqot  ishlarini 



kengaytirish,  global  iqlim  o’zgarishlari  va  Orol  dengizi  halokatining  qishloq  xo’jaligi 

rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta‘sirini yumshatish bo’yicha tizimli 

chora-tadbirlar ko’rishni o’z ichiga oladi. 

21.Qishloq  xo‘jaligida  ekologik  xavfsizlikni  ta’minlashda  oziq-ovqat  xavfsizligining 

ahamiyati nimada? 

  Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Oziq-ovqat va qishloq xo„jaligi tashkiloti” (FAO) 

tomonidan  qabul  qilinganoziq-ovqat  xavfsizligi  tushunchasi  quyidagicha:  “Barcha 

odamlar o„z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy xohishlariga binoan hamda faol va sog„lom 

hayotni ta‟minlash uchun yetarli me‟yorda xavfsiz va to„yimli oziq-ovqatmahsulotlariga 

ega  bo„lish  uchun  jismonan,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  imkoniyatlarga  egaligi  oziqovqat 

xavfsizligi ta‟minlanadi demakdir 30 ,-deb belgilangan. 

   


Mustaqillikka  yerishganimizdan  so’ng  xalqimizni  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan 

barqaror  ta‘minlash,  aholi  talabini  o’zimizda  etishtirilayotgan  ekologik  va  sifatli  meva-

sabzavot,  poliz,  uzum  va  kartoshka  mahsulotlar  hisobiga  to’la  qondirish  masalalariga 

alohida  e‘tibor  berilmoqda.  Shu  ma‘noda,  mamlakatimizda  ―2017-2021  yillarda 

O’zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo’nalishlari  bo’yicha 

Harakatlar  strategiyasi‖da  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishini  izchil  rivojlantirish, 

mamlakat  oziq-ovqat  xavfsizligini  yanada  mustahkamlash,  ekologik  toza  mahsulotlar 

ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  agrar  sektorning  eksport  salohiyatini  sezilarli  darajada 

oshirish  ustuvor  vazifa  sifatida  belgilangan.  Hozirgi  vaqtda  rivojlangan  va 

rivojlanayotgan  mamlakatlar  oziqovqat  etishtirish  borasida  olib  borayotgan  samarali 

faoliyatga  qaramasdan,  oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmining  o’sishi  aholi 

soni  o’sishidan  orqada  qolmoqda,  bu  esa  qishloq  xo’jaligini  rivojlantirish  uchun  yetarli 

sharoit  mavjud  bo’lmagan  mamlakatlarda  muammo  tobora  chuqurlashib  borayotganini 

ko’rsatmoqda. 

22.Qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini    sotib  olish  va  foydalanish  tizimi  deganda  nimani 

tushunasiz? 

Agrar huquqining obyekti sifatida qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta 

ishlash va sotish bilan bog’liq yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyati tushuniladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  9  oktyabrdagi  ―Fermer,  dehqon 

xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, 

qishloq  xo’jaligi  ekin 

maydonlaridan  samarali  foydalanish  tizimini 

tubdan 

takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi PF–5199-son Farmoni 

gilab berdi. Bu masalada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 apreldagi 

PQ-2520-son ―Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan 

foydalanish  tizimini  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida‖gi  qarorlari,  ‖Fermer, 

dehqon  xo’jaliklari  va  tomorqa  yer  egalari  faoliyatini  takomillashtirish  bo’yicha 

qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida‖gi Qarori28 , ayniqsa ‖O’zbekiston Respublikasida 

urug’chilik  tizimini  tubdan  takomillashtirish  choratadbirlari  to’g’risida‖gi  Qarori29  o’ta 

muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ana shu asnoda, qishloq xo’jaligida ekologik xavfsizlikni 

ta‘minlash bugungi kunda agrar huquqi fanini dolzarb vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. 

 



 

 

 



23.Qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  xarid  qilish  bo‘yicha  «O‘zbekoziqovqatxolding» 

xolding  kompaniyasi,    «O‘zbekoziqovqatzaxira»  uyushmasi  va  «O‘zagroeksport» 

ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi qanday vazifa va funksiyalarga ega? 

«O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi vazifasi quyidagilardan iborat: 

davlat  buyurtmasi  parametrlariga  muvofiq  hajmlarda  meva-sabzavot  mahsulotlari 

zaxiralari shakllantirilishini tashkil etish hamda aholini va boshqa iste’molchilarni arzon 

narxlardagi yangi meva-sabzavot mahsulotlari bilan yil davomida va uzluksiz ta’minlash 

maqsadida ularni rejali tarzda sotish; 

ixtisoslashtirilgan yangi omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovutish kameralarini 

qurish,  mavjudlarini  rekonstruksiya  va  modernizatsiya  qilish,  shuningdek,  oziq-ovqat 

tovarlarini  qayta  ishlash  va  qadoqlash  bo‘yicha  zamonaviy,  yuqori  texnologiyali, 

energiyadan  samarali  foydalanadigan  uskunalarni  faol  joriy  etish  yo‘li  bilan  meva-

sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; 

ichki  iste’mol  bozori  konyunkturasini  muntazam  o‘rganish,  obyektiv  sabablarga  ko‘ra 

mahalliy  sharoitlarda  yetishtirilmaydigan  yoki  respublikada  yetishmaydigan  ijtimoiy 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  oziq-ovqat  tovarlari  va  meva-sabzavot  mahsulotlarini  import 

bo‘yicha o‘z vaqtida chetdan keltirishni tashkil etish yuzasidan takliflarni kelishish uchun 

tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish; 

dehqon  oziq-ovqat  bozorlarida  chakana  savdo  tarmoqlarini  kengaytirish,  barcha  tuman 

markazlarida,  aholidan  oziq-ovqat  mahsulotlarini  xarid  qilish  bo‘yicha  punktlar  tashkil 

etish  hisobiga  ularga  meva-sabzavot  mahsulotlarini  bevosita  yetishtiruvchilardan 

to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni yo‘lga qo‘yish; 

aholini,  shu  jumladan  uzoqdagi  va  borish  kiyin  bo‘lgan  joylardagi  aholini,  shuningdek, 

ijtimoiy  soha  muassasalarini  oziq-ovqat  tovarlari  va  meva-sabzavot  mahsulotlari  bilan 

ishonchli va uzluksiz ta’minlash; 

respublika  va  xalqaro  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  qabullarni  o‘tkazishda  umumiy 

ovqatlanish korxonalariga ko‘maklashish va tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatish; 

meva-sabzavot  mahsulotlari  uchun  muvofiqlik  sertifikatlari  olishda,  umumiy  e’tirof 

etilgan  xalqaro  normalar  va  standartlar  talablariga  javob  beradigan  sifat  menejmenti 

tizimlarini joriy etishda eksport qiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatish; 

yangi ixtisoslashtirilgan omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovutish kameralarini 

qurish,  mavjudlarini  rekonstruksiya  va  modernizatsiya  qilishni  loyihalashtirishni  va 

loyiha-smeta  hujjatlarini  ishlab  chiqishni  tashkil  etish,  “O‘zbekoziqovqatzaxira” 

uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar uchun qurilish-transport xizmatlari ko‘rsatish. 

“O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifalari: 

meva-sabzavot  mahsulotlarining  jahon  va  mintaqaviy  bozorlari  konyunkturasini 

marketing  jihatdan  chuqur  tadqiq  qilish,  mamlakatimizning  yangi  va  qayta  ishlangan 

meva-sabzavot mahsulotlari eksportga chiqarilishini ta’minlash, ularni sotish uchun yangi 

bozorlarni izlash va o‘zlashtirish; 

O‘zbekistonda yetishtiriladigan o‘ziga xos sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlariga 

tashqi bozorlardagi talab va takliflarni tizimli asosda o‘rganish va shuning asosida ushbu 

ekinlarni joylashtirish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirish, tayyor 

raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 



 

 

ishonchli xorijiy xaridorlar bilan doimiy aloqa o‘rnatish, yangi va qayta ishlangan meva-



sabzavot eksport qilish bo‘yicha ular bilan uzoq muddatli va qisqa muddatli shartnomalar 

tuzish; 


O‘zbekiston  Respublikasida  har  yili  Xalqaro  meva-sabzavot  yarmarkasini  eksport 

shartnomalari  tuzilgan  holda  o‘tkazilishini  tashkillashtirish  hamda  tomonlarning 

shartnomaviy majburiyatlari to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; 

xorijiy  investorlarning  keng  ko‘lamli  ishtirokida  kompaniyaga  kiruvchi  korxona  va 

tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, meva-sabzavot 

mahsulotlarini eksport qilish uchun maxsus sabzavot omborlari va sovutish qurilmalarini 

barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, ilg‘or xorijiy texnologiyalar va 

dizayndan  foydalangan  holda  zamonaviy  tara-qadoqlash  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni 

tashkil qilish; 

yetishtirilgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarish 

bo‘yicha  zamonaviy  logistika  tizimini  keng  joriy  etish,  mahsulotni  xalqaro  talablar  va 

standartlarga mos keladigan holda saralash, kalibrlash va qadoqlash yo‘li bilan eksportga 

chiqarishdan oldin tayyorlashni tashkillashtirish; 

meva-sabzavot  mahsulotlarini  eksportga  chiqarishning  zamonaviy  usullarini  egallagan 

hamda ushbu mahsulotga bo‘lgan talabni va sotish bozorlarini o‘rganishga ixtisoslashgan 

menejer hamda mutaxassislarni tanlash va tarbiyalashni ta’minlash. 

24.

 

Agrar qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik deganda nimani 



tushunasiz? 

Agrar  soha  qonunchiligi  kompleks  agrar  munosabatlarni  tartibga  solishga  qaratilgan 

bo’lib,  u  bir-biri  bilan  uzviy  bog’langan,  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarishni  tashkil 

etishga  qaratilgan  yer,  mulkiy,  mehnat  va  tashkiliy-boshqaruv  sohalaridagi  ijtimoiy 

munosabatlarni  tartibga  soladi.  Agrar  qonunchilik  talablarini  buzish  haqida  gapirganda, 

avvalombor  shu  sohadagi  qonunchilik  tartibga  soladigan  ijtimoiy  munosabatlarni  ko’rib 

o’tishimiz  lozim.  Ushbu  ijtimoiy  munosabatlar  doirasi  va  yo’nalishlari  quyidagilardan 

iboratdir: 

Birinchidan,  qishloq  xo„jalik  ishlab  chiqaruvchilarning  xo„jalik  faoliyati  bilan  bog„liq 

ijtimoiy munosabatlar; 

ikkinchidan,  qishloq  xo„jalik  ishlab  chiqaruvchilarning  tabiiy  resurslardan 

foydalanishlari bilan bog„liq ijtimoiy munosabatlar; 

uchinchidan,  qishloq  xo„jaligida  mehnatni  tashkil  qilish  bilan  bog„liq  ijtimoiy 

munosabatlar; 

to„rtinchidan,  qishloq  xo„jaligida  tashkiliy-boshqaruv  bilan  bog„liq  ijtimoiy 

munosabatlar; 

beshinchidan,  qishloq  xo„jaligida  mulkchilik  munosabatlari  bilan  bog„liq  ijtimoiy 

munosabatlar va boshqalar. 

 

 

 



 


 

 

25.



 

Agrar  qonunchilik  talablarini  buzganlik  uchun  qanday  intizomiy  jazo 

choralari qo‘llanilishi mumkin?  

 

Intizomiy javobgarlik ob‟ekti agrar sohaga oid qoida va talablar hamda ichki mehnat 



tartibi  bo’lib  hisoblanadi.  Intizomiy  javobgarlik  faqatgina,  xodimlarning  o’z  mehnat 

faoliyatlari davomida o’z mehnat majburiyatlarini bajarmaganliklari tufayli kelib chiqadi. 

 

Agrar  sohada  mehnat  intizomini  mustahkamlash  bu  sohadagi  qonunchilikni 



ta‘minlashning  samarali  usullaridan  biri  hisoblanadi.  O’z  mehnat  burchlarini  qonunga 

nomuvofiq  ravishda  bajarmaslik  yoki  lozim  darajada  bajarmaganligi  uchun  aybdor 

bo’lgan  xodimga  ta‘sir  ko’rsatish  vositasi  sifatida  mehnat  qonunchiligida  intizomiy 

javobgarlik  belgilangan.  Intizomiy  javobgarlikka  tortish  uchun  xodim  tomonidan  sodir 

qilingan  intizomga  xilof  nojo’ya  xatti-harakat  asos  bo’ladi.  Agrar  soha  qonunchiligini 

buzganlik uchun intizomiy  javobgarlik  – bu  mehnat  majburiyatlari  agrar sohasidagi reja 

va  tadbirlarini  amalga  oshirish  bo’yicha  o’z  majburiyatlarini  bajarmaganligi  yoki  lozim 

darajada bajarmaganligi uchun, shuningdek, rioya etilishi mehnat shartnomasi yoki ichki 

mehnat  intizomi  qoidalarida  belgilangan  agrar  soha  talablari  buzilgan  taqdirda 

qo’llaniladi. 

26.

 

Agrar qonunchilik talablarini buzganlik uchun fuqaroviy-huquqiy (mulkiy) 



javobgarlikning xususiyati nimada? 

Agrar qonunchilikni buzganlik uchun yuridik javobgarlikning navbatdagi turi fuqaroviy-

huquqiy  javobgarlik  hisoblanadi.  Bozor  munosabatlari  sharoitida  turli  mulk  shakllarini 

rivojlantirish,  soddalashtirish  hamda  muhofaza  qilishda  fuqarolik-huquqiy  (mulkiy) 

javobgarlik muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyamizda belgilanganidek, ―mulkdan 

foydalanish  ekologik  muhitga  zarar  etkazmasligi,  fuqarolar,  yuridik  shaxslar  va 

davlatning  huquqlarini  hamda  qonun  bilan  qo’riqlanadigan  manfaatlarini  buzmasligi 

shart‖. Aks holda bunday zarar belgilangan tartibda, aksariyat hollarda, fuqarolik-huquqiy 

tartibda qoplanadi. 

Agrar qonunchiligi  norma  va talablarini buzish natijasida  yetkazilgan zararni fuqaroviy-

huquqiy  tartibda  undirish  fuqarolik  qonunchiligining  hamda  qishloq  xo’jaligidan 

foydalanish bilan bog’liq bir qator qoidalarga asoslanadi: 

*jismoniy  yoki  yuridik  shaxsga  yetkazilgan  zarar  uni  etkazgan  shaxs  tomonidan  to’la 

hajmda qoplanishi zarur; 

*shartnoma  yoki  qonunda  zarar  etkazuvchining  yetkazilgan  zarar  me‘yoridan  ortiqcha 

kompensatsiya to’lovi to’lashi ko’zda tutilishi mumkin

*zarar  etkazgan  shaxs  basharti  zarar  uning  aybi  bilan  etkazilmaganligini  isbotlasa  yoki 

aybi bo’lmasa zararni qoplashdan ozod etilishi mumkin; 

*huquqqa  mos  harakatlar  natijasida  yetkazilgan  zarar  qonunda  ko’zda  tutilgan 

hollardagina  qoplanadi,  zararni  qoplash  jabrlanuvchi  iltimosi  yoki  uning  roziligi  bilan 

yetkazilgan  hamda  zarar  etkazuvchi  shaxs  qilmishi  jamiyatdagi  axloq  mezonlariga  zid 

bo’lmagan taqdirda, zararni qoplash rad etilishi mumkin; 

*kelgusida  zarar  etkazish  xavfi  bunday  faoliyatni  to’xtatish  to’g’risida  da‘vo  qo’zg’ash 

uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin; 




 

 

*agar yetkazilgan zarar tashkilot, qurilma yoki boshqa ishlab chiqarish faoliyati natijasida 



yetkazilgan  bo’lsa,  sud  javobgarga  yetkazilgan  zararni  qoplash  barobarida  bunday 

faoliyatni to’xtatish yoki tugatish majburiyatini ham yuklashi mumkin; 

*sud  faoliyatni  to’xtatish  yoki  tugatishni  bunday  faoliyat  jamiyat  manfaatlariga  zid 

bo’lgan  taqdirdagina  rad  etishi  mumkin.  Bunday  faoliyatni  to’xtatish  yoki  tugatishning 

rad etilishi jabrlanuvchini yetkazilgan zararni qoplash huquqidan mahrum etmaydi; 

*yuridik  yoki  jismoniy  shaxs  o’z  xodimining  mehnat  (mansab,  xizmat)  majburiyatini 

bajarishi  munosabati  bilan  yetkazilgan  zararni  qoplaydi.  Bunda  xodim  mehnat  yoki 

fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan bo’lishi lozim; 

27.

 

Agrar  qonunchilik  talablarini  buzganlik  uchun  ma’muriy  javobgarlik 



qanday hollarda qo‘llaniladi? 

Agrar  qonunchilik  talablarini  buzganlik  uchun  boshqa  javobgaliklardan  farqli  ravishda 

ma‘muriy javobgarlik ushbu munosabatlarni tartibga solishda keng qo’llanadigan yuridik 

javobgarlik turi hisoblanadi. 

Yodda  tuting.  O’zbekiston  Respublikasining  MJTKning  10-moddasiga  ko’ra  ma‘muriy 

huquqbuzarlik  deganda  qonun  hujjatlariga  binoan  ma‘muriy  javobgarlikka  tortish 

nazarda  tutilgan,  shaxsga,  fuqarolarning  huquqlari  va  yerkinliklariga,  mulkchilikka, 

davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g’ayrihuquqiy, aybli (qasddan 

yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi‖ 46 . 

 

Ma‘muriy javobgarlikka tortish uchun quyidagi asoslar bo’lishi talab etiladi:  



1)  qilmishda  qishloq  xo’jaligi  sohasidagi  huquqbuzarlik  alomatlari  mavjud  bo’lishi;  2) 

huquqbuzarlik subyektining qasd yoki ehtiyotsizlik ko’rinishidagi aybi;  

3)  ma‘muriy  javobgarlik  to’g’risidagi  qonunchilikda  uning  buzilganligi  uchun  sanksiya 

ko’zda  tutuvchi  va  sodir  etilishini  taqiqlovchi  normaning  mavjudligi.  Ma‘muriy 

javobgarlik  to’g’risidagi  kodeksning  10-bobida  qishloq  xo’jaligidagi  huquqbuzarliklar 

uchun ma‘muriy javobgarlik belgilangan. 

28.

 

Agrar  qonunchilik  talablarini  buzish  bilan  bog‘liq  qanday  jinoyat  turlarini 



bilasiz? 

   


Agrar  qonunchilikni  buzganlik  uchun  yuridik  javobgarlik  turlaridan  biri 

jinoyat-huquqiy  javobgarlik  bo’lib,  jinoyat  kodeksida  taqiqlangan  qilmish  sodir  etilgan 

taqdirdagina qo’llanadigan javobgarlikning eng og’ir turidir51 . Agrar sohadagi jinoyatlar 

boshqa  huquqbuzarliklardan  asosan  quyidagi  ikki  belgisi  bilan  farqlanadi:  1)  obyekt  2) 

qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishiga  zarar  yetkazilganligi  fakti.  Agrar  sohadagi 

jinoyatlarni  ikkiga  bo’lib  o’rganishimiz  mumkin:  1)umumiy  xususiyatli  jinoyatlar;  2) 

maxsus  xususiyatli  jinoyatlar.  Agrar  sohadagi  jinoyatlar  uchun  jinoiy  javobgarlik 

quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1) Agrar sohadagi jinoyatlar natijasida qishloq 

xo’jaligi  ishlab  chiqarishiga  jiddiy  putur  etkaziladi;  2)  Agrar  sohadagi  jinoyatlar 

faqatgina  moddiy  tarkibli  jinoyatlar  bo’lib,  ular  muayyan  ijtimoiy  xavfli  oqibatlarning 

kelib  chiqishi  bilan  bog’langan;  3)  Jinoyat  kodeksida  qishloq  xo’jalik  sohasidagi 

jinoyatlar  uchun  javobgarlik  belgilangan  bir  qator  normalari  o’z  xaraktyeriga  ko’ra, 

havolaki bo’lib, qishloq xo’jalik qonunchiligi qoida-talablariga murojaat qiladi. 

  Yodda  tuting!  Agrar  qonunchiligi  talablarini  buzganlik  uchun  jinoiy  javobgarlik  - 

qishloq  xo’jaligining  Jinoyat  kodeksida  belgilangan  tartibiga  tajovuz  qiluvchi  jinoyat 



 

 

sodir  etishda  aybdor  bo’lgan  shaxsga  nisbatan  sud  tomonidan  hukm  qilish,  jazo  yoki 



boshqa  huquqiy  ta‘sir  chorasi  qo’llanilishida  ifodalanadigan  huquqiy  oqibatdir.  Agrar 

soha qonunchiligini buzish bilan bog’liq jinoyat esa, jazo tahdidi ostida jinoyat qonunida 

nazarda  tutilgan  ijtimoiy  xavfli  qilmish  bo’lib,  u  O’zbekiston  Respublikasi  qishloq 

xo’jalik  tizimiga,  atrof  tabiiy  muhitga  va  uning  alohida  kompanentlariga,  tabiiy 

resurslardan  oqilona  foydalanishga,  qishloq  xo’jalik  mahsuloti  ishlab  chiqarish  sifati 

samaradorligiga,  qishloq  xo’jalik  korxonalari  hamda  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarishi 

bilan  shug’ullanuvchi  fuqarolarning  qonuniy  manfaatlariga  tahdid  ko’rsatuvchi  har 

qanday harakat yoki harakatsizlikdir. 

29.

 

Kooperatsiyaga  oid  munosabatlar  qanday  qonun  xujjatlari  bilan  tartibga 



solinadi? 

Respublikamizda  kooperatsiya  sohasida  normativ-huquqiy  baza  shakllantirilgan. 

O’zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksi  (69  va  70  moddalari),  O’zbekiston 

Respublikasining  ―Kooperatsiya  to’g’risida‖,  ―Qishloq  xo’jaligi  kooperativi  (shirkat 

xo’jaligi) to’g’risida‖gi Qonunlari kooperatsiyaga oid munosabatlarni tartibga soladi. 

30.


 

Kooperatsiyaning tijoratchi va tijoratchi bo‘lmagan qanday turlarini bilasiz? 

O’zbekiston  Respublikasining  «Kooperatsiya  to’g’risida»gi  qonunining  3-

moddasiga muvofiq, kooperativ — kooperatsiyaning birlamchi bo’g’ini hisoblanadi.  

Yuridik  shaxs  huquqiga  ega  bo’lgan,  jamoa  mulki  huquqi  asosida  o’ziga  qarashli 

mulkka egalik qiladigan, undan foydalanadigan va uni tasarruf etadigan mustaqil xo’jalik 

yurituvchi  subyekt  kooperativ  hisoblanadi.  Yer  va  boshqa  tabiiy  boyliklar 

kooperativlarga foydalanish uchun beriladi.  

Ishlab  chiqarish  va  ishlab  chiqarish-matlubot  kooperativlarining  faoliyati,  o’z 

a‘zolarining,  shuningdek  mehnat  shartnomalari  (kontraktlar,  bitimlar)  bo’yicha 

ishlayotgan kishilarning o’z mehnatlari bilan shaxsan ishtirok etishiga asoslanadi.  

Matlubot kooperativlari hamda o’z a‘zolarining o’y-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy 

ehtiyojlarini  qondirishga  xizmat  qiladigan  kooperativlar  faoliyati  o„z  mehnati  bilan 

shaxsan ishtirok etish bilan bo„lmasligi ham mumkin. 

31.

 

Qishloq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat  xo‘jaligi)ni  tashkil  etish  va  tugatish 



tartibini aytib bering! 

Tashkil etish 

Ta‘sischilarning yig‘ilishini o‘tkazish  

1-bosqich Ta‘sis hujjati: Ustavini tasdiqlash Yer uchastkasi ni olish. 

2-bosqich  Kooperativni  davlat  ro‘yxatiga  olish  Ro‘yxatga  olinganligi  haqidagi 

guvohnomani olish. 

3-bosqich Kooperativ shtamplarini tayyorlash Bankda hisobvaroq ochish 

Tugatish 

Qishloq xo’jaligi kooperativiga (shirkat xo’jaligiga) a‘zolik quyidagi hollarda tugatiladi:  

kooperativ (shirkat) a‘zoligidan ixtiyoriy ravishda chiqilganda;  

kooperativ (shirkat) faoliyatida mehnati bilan ishtirok etish tugatilganda;  

kooperativ  (shirkat)  a‘zoligidan  uning  ustavida  belgilangan  hollarda  va  tartibda 

chiqarilganda;  



 

 

boshqaruvning  (raisning)  qishloq  xo’jaligi  kooperativiga  (shirkatga)  qabul  qilish 



to’g’risidagi  qarori  umumiy  majlisda  tasdiqlanmaganda;  kooperativ  (shirkat)  xo’jalik 

yuritishning  boshqa  shakllariga  o’zgartirilib  qayta  tashkil  etilganda  yoki  kooperativ 

(shirkat)  tugatilganda.  Qishloq  xo’jaligi  kooperativiga  (shirkat  xo’jaligiga)  a‘zolikni 

tugatish tartibi uning ustavida belgilanadi.  

Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) a‘zoligidan chiqarish ustidan sud tartibida 

shikoyat qilinishi mumkin. 

32.

 

Qishloq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat  xo‘jaligi)ni  umumiy  majlisining 



mutloq vakolatlariga nimalar kiradi? 

Qishloq  xo’jaligi  kooperativining  (shirkat  xo’jaligining)  umumiy  majlisi: 

kooperativning  (shirkatning)  ustavini  qabul  qiladi  va  unga  belgilangan  tartibda 

o’zgartishlar  kiritadi;  kooperativning  (shirkatning)  raisini,  kooperativning  (shirkatning) 

boshqaruvini  va  taftish  komissiyasini  (taftishchini)  saylaydi  va  ularni  chaqirib  oladi, 

ularning  faoliyati  to’g’risidagi  hisobotlarini  eshitadi  va  faoliyatiga  baho  beradi; 

kooperativ  (shirkat)  a‘zoligiga  qabul  qilish,  a‘zolikdan  chiqarish  to’g’risidagi 

masalalarni,  shuningdek  kooperativ  (shirkat)  a‘zoligidan  chiqish  bilan  bog’liq 

masalalarni hal etadi; kooperativning (shirkatning) ichki mehnat tartibi qoidalarini hamda 

mehnatga haq to’lash tartibini belgilaydi; kooperativ (shirkat) a‘zolarining mulkiy paylari 

miqdorini belgilaydi; kooperativ (shirkat) faoliyatining biznes-rejalarini va ularning ijrosi 

to’g’risidagi  hisobotlarni  tasdiqlaydi;  Qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligini) 

Kooperativning  yuqori  boshqaruv  idorasi  Kooperativning  ijro  organi  kooperativ 

boshqaruvi  (raisi)  Taftish  komissiyasi  (umumiy  yig'ilish  oldida  hisobdor)  kooperativ 

raisini,  taftish  komissiyasini  saylaydi  va  ularga  kooperativni  boshqarish  bo'yicha 

vakolatlarni  topshiradi  Umumiy  yig'ilish    daromadni  (foydani)  taqsimlash  tartibini, 

kooperativning (shirkatning) bo’linmas, pay va boshqa jamg’armalari turlarini, miqdorini 

va  ulardan  foydalanish  yo’nalishlarini  belgilaydi;  kooperativni  (shirkatni)  qayta  tashkil 

etish  va  tugatish,  uning  uyushmalar,  jamiyatlar,  agrofirmalar  va  boshqa  birlashmalarga 

kirishi va ulardan chiqishi masalalarini hal etadi. 

33.

 

Qishloq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat  xo‘jaligi)  ning  mol-mulki  qanday 



shakillantiriladi? 

Kooperativ  (shirkat)  mol-mulkini  shakllantirishda  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

shartnoma  asosida  pul  va  moddiy  badallar  kiritish  yo’li  bilan  ishtirok  etishlari  mumkin. 

Qishloq  xo’jaligi  kooperativi  (shirkat  xo’jaligi)  tomonidan  tashkil  etiladigan  korxonalar 

va  tashkilotlarning  mol-mulki,  shuningdek  xo’jaliklararo  korxonalar  va  tashkilotlarning 

mol-mulki  ularning  ulushli  ishtirokiga  muvofiq  shu  kooperativning  (shirkatning)  mulki 

hisoblanadi. 

Tarkibiga 

qishloq 

xo’jaligi 

kooperativlari 

(shirkat 

xo’jaliklari), 

mulkchilikning turli shaklidagi boshqa korxonalar va tashkilotlar kirgan uyushmalarning 

mol-mulki  ularning  umumiy  (ulushli)  mulki  hisoblanadi.  Tarkibiga  faqat  kooperativlar 

(shirkatlar)  kirgan  uyushmalarning  mol-  121  mulki,  agar  uyushmalarning  ta‘sis 

hujjatlarida  yoki  qonun  hujjatlarida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo’lmasa,  shu 

kooperativlarga  (shirkatlarga)  umumiy  (ulushli)  mulk  huquqi  asosida  qarashli  bo’ladi. 

Qishloq  xo’jaligi  kooperativi  (shirkat  xo’jaligi)  yuridik  va  jismoniy  shaxslardan  mol-



 

 

mulkni  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  olish,  ijaraga  yoki  vaqtincha 



foydalanishga olish huquqiga ega. 

34.


 

Qishloq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat  xo‘jaligi)  va  Aksiyadorlik 

jamiyatlarini o‘xshash va farqlovchi jihatlarini ko‘rsating! 

35.


 

Fermer  xo‘jaligini  tashkil  etishda  tanlov  o‘tkazish  tartibi  qanday  va  qaysi 

huquqiy hujjat bilan tartibga solinadi? 

Fermer xo’jaligi tashkil etish shartlari qonunda aniq ko’rsatib berilgan. Qonunning 

5-moddasiga ko’ra, fermer xo’jaligi qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarda va zaxira 

yerlarda tashkil etiladi. Fermer xo’jaligi xo’jalik boshlig’i tomonidan, xo’jalikka alohida 

molmulk  ajratib  berish  va  ustavini  tasdiqlash  yo’li  bilan  tashkil  etilishi  qonunning  6-

moddasida  bayon  etilgan.  Qonunning  4-moddasida  esa,  o’n  sakkizga  to’lgan,  qishloq 

xo’jaligida  tegishli  malaka  va  ish  tajribaga  ega  bo’lgan  O’zbekiston  Respublikasining 

fuqarosi  fermer  bo’lishi  mumkinligi  belgilab  qo’yilgan.  Chorvachilik  mahsulotlari 

etishtirishga  ixtisoslashgan  fermer  xo’jaligi  kamida  30  shartli  bosh  chorva  moli  bo’lgan 

taqdirda tashkil etiladi. 

Lekin  mazkur  shartlarning  mavjudligi  fermer  xo’jaligi  tashkil  etish  va  fermer 

bo’lish  uchun  yetarli  degan  xulosani  bermaydi.  Respublikamizda  fermer  xo’jaligini 

tashkil etish istagida bo’lgan shaxslarga qat‘iy talablar qo’yilgan. Bunda Fermer xo’jaligi 

tashkil  etish  uchun  uning  boshlig’i  belgilangan  tartibda  yer  uchastkasi  olishi  kerak 

bo’ladi.  Fermer  xo’jaliklarini  tashkil  etish  uchun  yer  uchastkalari  zaxira  yerlardan, 

yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  berilmagan  qishloq  xo’jaligiga  mo’ljallangan  yerlaridan 

beriladi (Qonunning 10-moddasi). 

36.


 

Fermer xo‘jaligini tashkil etishda g‘oliblarni aniqlashda nimalarga ahamiyat 

beriladi? 

Tanlovda  ishtirok  etish  uchun  qatnashuvchilarni  tanlash  ikki  bosqichdan  iborat 

bo’ladi:  birinchi  bosqichda  hujjatlarning  to’liqligi  va  mazmuni  tekshiriladi;  ikkinchi 

bosqichda 

talabgorlarning 

arizalarida 

bayon 

qilingan 



takliflarning 

iqtisodiy 

asoslanganligi  o’rganib  chiqiladi.  Bunda  talabgorlarning  imkoniyatlari  10  ballik  reyting 

shkalasida baholanadi. Bunda olgan bali eng yuqori ball olgan talabgordan 10 ballgacha 

yoki  10  ballga  farq  qilgan  talabgorlar  eng  yuqori  ball  olgan  talabgorlar  hisoblanadi  va 

tanlovda  ishtirok  etish  uchun  tavsiya  etiladi.  Tanlov  uni  o’tkazish  to’g’risida  e‘lon 

qilingan  kundan  so’ng  bir  oydan  keyin  o’tkaziladi  va  unda  komissiya  a‘zolari  umumiy 

sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi. Tanlov eng 

ko’p  ariza  tushgan  loyihalar  bo’yicha  boshlanib,  arizalarning  soni  kamayishiga  qarab 

navbatma-navbat o’tkaziladi. 128 Eng ko’p yakuniy ball to’plagan talabgor tanlov g’olibi 

deb  komissiya  raisi  tomonidan  e‘lon  qilinadi.  Komissiya  yakuniy  yig’ilishining 

bayonnomasi  ikki  nusxada  tuzilib,  komissiya  raisi,  a‘zolari  va  kotibi  tomonidan 

imzolanadi.  Yer  maydonlarini  berish  (realizatsiya  qilish)  masalalarini  ko’rib  chiqish 

bo’yicha  tuman  komissiyasining  qarori  protokol  bilan  rasmiylashtiriladi  va  barcha 

hujjatlar,  shu  jumladan  tuman  fermer,  dehqon  xo’jaliklari  va  tomorqa  yer  egalari 

kengashining  xulosasi  bilan  birgalikda  ko’rib  chiqish  uchun  xalq  deputatlari  tuman 

Kengashiga  yuboriladi.  Xalq  deputatlari  tuman  Kengashi  eng  yaqindagi  sessiyada  yer 

uchastkalari  berish  (realizatsiya  qilish)  masalalarini  ko’rib  chiqish  bo’yicha  tuman 




 

 

komissiyasi  tomonidan  taqdim  etilgan  hujjatlarni  ko’rib  chiqadi  va  tegishli  qaror  qabul 



qiladi,  ushbu  qaror  tuman  hokimiga  yuboriladi.  Tuman  hokimi  xalq  deputatlari  tuman 

Kengashining  ijobiy  qarori  asosida  uch  kun  mobaynida  fermer  xo’jaligi  yuritish  uchun 

yer  uchastkasi  berish  to’g’risida  qaror  chiqaradi  va  uch  kun  muddatda  ushbu  qarorni 

tasdiqlash  uchun  viloyat  hokimi  boshchilik  qiladigan  yer  maydonlarini  berish 

(realizatsiya qilish) masalalarini ko’rib chiqish bo’yicha viloyat komissiyasiga  yuboradi. 

Bunda  tuman  hokimining  qaroriga  tuman  fermer,  dehqon  xo’jaliklari  va  tomorqa  yer 

egalari  kengashining  xulosasi,  yer  maydonlarini  berish  (realizatsiya  qilish)  masalalarini 

ko’rib chiqish bo’yicha tuman komissiyasining qarori, shuningdek xalq deputatlari tuman 

Kengashining  qarori  ilova  qilinadi.  Viloyat  hokimi  boshchilik  qiladigan  viloyat 

komissiyasi  taqdim  etilgan  hujjatlarni  ko’rib  chiqadi  va  tuman  hokimining  fermer 

xo’jaligi  yuritish  uchun  yer  uchastkasi  berish  to’g’risidagi  qarorini  tasdiqlash  (yoki 

tasdiqlashni  rad  etish)  haqida  qaror  qabul  qiladi.  Rad  etish  to’g’risidagi  qaror  tanlovni 

o’tkazish shartlari buzilgan taqdirda va  yer uchastkasini ijaraga berish tartibining qo’pol 

ravishda  buzilishlari  aniqlangan  hollarda  qabul  qilinadi.  Tuman  hokimining  fermer 

xo’jaligi  yuritish  uchun  yer  uchastkasi  berish  to’g’risidagi  qarori  viloyat  hokimi 

boshchilik  qiladigan  yer  uchastkalari  berish  (realizatsiya  qilish)  masalalarini  ko’rib 

chiquvchi viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi. 

37.


 

Qonunchilik  fermer  xo‘jaliklarini  tugatishni  qanday  asoslarini  ko‘zda 

tutadi? 

kasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganida; - fermer xo’jaligi bankrot deb 

topilganda,  shu  jumladan  moddiy-texnika  resurslari  yetkazib  beruvchilar,  ish 

bajaruvchilar va xizmat 139 ko’rsatuvchilar bilan hisob-kitob muntazam ravishda amalga 

oshirilmaganida;  -  fermer  xo’jaligining  boshlig’i  vafot  etib,  xo’jalik  faoliyatini  davom 

ettirishni  xohlovchi  merosxo’r  bo’lmasa;  -  davlat  va  jamiyat  ehtiyojlari  uchun  yoki  yer 

to’g’risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  uchun,  shu  jumladan  fermer  xo’jaligi  yer 

uchastkasidan  belgilangan  maqsadda  foydalanmaganida,  xususan  shartnomaatsiya 

shartnomasida  nazarda  tutilmagan  qishloq  xo’jaligi  ekinlarini  ekkanida  yer  uchastkasini 

olib  qo’yish  zarurati  bo’lgan  taqdirda,  yer  uchastkasini  ijaraga  olish  shartnomasi 

belgilangan  tartibda  bekor  qilinsa  (32-modda).  Qonunning  33-moddasida  fermer 

xo’jaligini  tugatish  tartibi  mustahkamlangan.  Unga  ko’ra,  agar  fermer  xo’jaligi 

ixtiyoriylik  asosda  tugatilganda  fermer  xo’jaligi  boshlig’ining  qarorini  chiqarish  talab 

etiladi.  Basharti  fermer  xo’jaligining  xohishiga  bog’liq  bo’lmagan  taqdirda,  qonun 

hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda sudning hal qiluv qaroriga asosan tugatiladi. 

38.


 

Chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi qanday tashkil etiladi?  

Chorvachilik  mahsulotlari  etishtirishga  ixtisoslashgan  fermer  xo’jaligi  kamida  30 

shartli bosh chorva moli bo’lgan taqdirda tashkil etiladi. 

39.

 

Fermer  xo‘jaligini  qayta  tashkil  etish  (qo‘shib  yuborish,  qo‘shib  olish, 



bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) qanday tartibda amalga oshiriladi?  

Qonunchilikda fermer xo’jaligini tugatish asoslari belgilab qo’yilgan bo’lib, fermer 

xo’jaligi quyidagi hollarda tugatiladi: - yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy 

voz  kechilganida;  -  fermer  xo’jaligi  bankrot  deb  topilganda,  shu  jumladan  moddiy-

texnika  resurslari  yetkazib  beruvchilar,  ish  bajaruvchilar  va  xizmat  139  ko’rsatuvchilar 



 

 

bilan  hisob-kitob  muntazam  ravishda  amalga  oshirilmaganida;  -  fermer  xo’jaligining 



boshlig’i vafot etib, xo’jalik faoliyatini davom ettirishni xohlovchi merosxo’r bo’lmasa; - 

davlat  va  jamiyat  ehtiyojlari  uchun  yoki  yer  to’g’risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik 

uchun,  shu  jumladan  fermer  xo’jaligi  yer  uchastkasidan  belgilangan  maqsadda 

foydalanmaganida,  xususan  shartnomaatsiya  shartnomasida  nazarda  tutilmagan  qishloq 

xo’jaligi  ekinlarini  ekkanida  yer  uchastkasini  olib  qo’yish  zarurati  bo’lgan  taqdirda,  yer 

uchastkasini  ijaraga  olish  shartnomasi  belgilangan  tartibda  bekor  qilinsa  (32-modda). 

Qonunning  33-moddasida  fermer  xo’jaligini  tugatish  tartibi  mustahkamlangan.  Unga 

ko’ra, agar fermer xo’jaligi ixtiyoriylik asosda tugatilganda fermer xo’jaligi boshlig’ining 

qarorini  chiqarish  talab  etiladi.  Basharti  fermer  xo’jaligining  xohishiga  bog’liq 

bo’lmagan  taqdirda,  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  sudning  hal  qiluv 

qaroriga asosan tugatiladi. 

40.


 

Fermer xo‘jaliklarini yer ijara shartnomasi qanday tartibda bekor qilinadi?  

41.

 

Qonunga  muvofiq  fermer  xo‘jaligiga  qanday  yerlardan  yer  uchastkasi  



beriladi? 

Fermer  xo’jaligi  to’g’risidagi  qonunni  10-moddasi.  Fermer  xo‘jaliklari  yuritish  uchun 

beriladigan yer uchastkalari 

Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari: 

zaxira yerlardan; 

yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan; 

Ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari 

va umumta’lim maktablarining yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga 

berilishi mumkin emas. 

O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  chegarasi,  katta  va  kichik  daryolar,  suv  havzalari 

bo‘ylab  joylashgan  yer  uchastkalari  fermer  xo‘jaligi  yuritish  uchun  qonun  hujjatlarida 

belgilangan  tartibda  beriladi.  O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  chegarasi  bo‘ylab 

besh yuz metrli mintaqada faoliyati hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, mo‘ynali va 

boshqa  hayvonlarni,  baliqlar,  asalarilarni,  hayvonot  bog‘lari  hamda  vivariylarning 

hayvonlarini  va  boshqa  jonivorlarni)  ko‘paytirish,  o‘tlatish  va  boqish  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan  chorvachilik,  parrandachilik  hamda  boshqa  yo‘nalishdagi  fermer  xo‘jaliklariga 

yer uchastkalari berish taqiqlanadi. 

Fermer  xo’jaliklariga  yer  uchastkalarini  berishning  huquqiy  tartibi  Vazirlar 

Mahkamasining  2003  yil  30  oktyabrdagi  476-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  ―Yer 

uchastkalarini fermer xo’jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to’g’risida Nizom 

ga asosan belgilanadi. 

42.


 

Fermer xo‘jaligida mehnat munosabatlari qanday tartibga solinadi? 

Qishloq 

xo’jaligida 

mehnatni 

tashkil 


etish 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasi,  O’zbekiston  Respublikasining  Mehnat  kodeksi,  ―Qishloq  xo’jalik 

kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida‖gi, ―Fermer xo’jaligi to’g’risida‖gi, ―Dehqon 

xo’jaligi to’g’risida‖gi qonunlari, ―Qishloq xo’jalik kooperativi(shirkat xo’jaligi)ning va 

Fermer  xo’jaligining  namunaviy  Ustavi,  har  bir  qishloq  xo’jalik  korxonasining  ustavi 

hamda  Ichki  mehnat  tartibi  Namunaviy  Qoidalarida  belgilangan  tamoyillar  asosida 

amalga  oshiriladi.  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  ko’rsatilishicha,  har  bir 



 

 

shaxs  mehnat  qilish,  yerkin  kasb  tanlash,  adolatli  mehnat  sharoitlarida  ishlash  huquqiga 



ega.  Davlat  iqtisodiy  faoliyat,  tadbirkorlik  va  mehnat  qilish  yerkinligini,  barcha  mulk 

shakllarining  teng  huquqliligini  va  huquqiy  jixatdan  bab-baravar  muhofaza  etilishini 

kafolatlaydi (53-modda). 

43.


 

Yerga bo‘lgan ijara huquqini bekor qilinishini fermer xo‘jaligini tugatishga 

nisbatan ta’sirini ayting. 

44.


 

 Dehqon  xo‘jaligiga  ta’rif  bering.  Dehqon  xo‘jaligi  qanday  o‘ziga  xos 

xususiyatlarga ega? 

Dehqon xo„jaligi – oilaviy mayda tovar xo„jaligi bo„lib, oila a‟zolarining shaxsiy 

mehnati asosida, myeros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig„iga 

byerilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo„jaligi mahsulotlari etishtiruvchi xo„jalik. 

Dehqon  xo’jaliklari  tashkiliy  ishlab  chiqarish  bo’yicha  quyidagicha  o„ziga  xos 

xususiyatlarga  ham  ega:  –  dehqon  xo’jaligi  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  barcha 

yo’nalishlarini  qamrab  olgan  ishlab  chiqarish  subyekti  hisoblanadi;  –  dehqon  xo’jaligi 

a‘zolarining  istagiga  ko’ra  yuridik  shaxs  tashkil  etgan  holda  va  yuridik  shaxs  tashkil 

etmasdan  amalga  oshirilishi  mumkin;  –  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarning  asosiy  qismi 

aholi tomonidan iste‘mol bozorlarida naqd tovar-pul shakli ko’rinishida xarid etiladi va 

iste‘mol  qilinadi;  –  dehqon  xo’jaliklari  boshqa  ishlab  chiqarish  korxonalari  kabi  bozor 

qonuniyatlari  asosida  o’z  faoliyatlarini  amalga  oshirsalarda,  ular  tomonidan  ishlab 

chiqarilgan  mahsulotning  asosiy  qismini  aholi  iste‘mol  qiladi;  Yodda  tuting!  Dehqon 

xo„jaligi  –  oilaviy  mayda  tovar  xo„jaligi  bo„lib,  oila  a‟zolarining  shaxsiy  mehnati 

asosida,  myeros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  uchun  oila  boshlig„iga 

byerilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo„jaligi mahsulotlari etishtiruvchi xo„jalik. 

Dehqon xo‟jaligidagi faoliyat– tadbirkorlik faoliyati Amalga oshirish shakillari Yuridik 

shaxs  tashkil  etgan  holda  Yuridik  shaxs  tashkil  etmasdan  144  –  dehqon  xo’jaligi  ishlab 

chiqarishning  barcha  sohalarida  shaxsiy  va  ijtimoiy  manfaatlarni  o’zida  ifodalaydi;  – 

dehqon  xo’jaliklarining  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlaridan  kelib  chiqqan  holda  uning 

eng muhim xususiyatlari ularni ishlab chiqarish jarayoni oilaning iste‘mol tasnifiga ega; – 

oilaviy xo’jalik hisoblanadi, mehnat oila a‘zolari tomonidan amalga oshiriladi va dehqon 

xo’jaligi subyekti tadbirkor subyekti hisoblanadi 

45.


 

 Dehqon xo‘jaligi a’zolarining huquqiy holatini tushuntirib bering. Ularning 

pensiya ta’minoti qay tartibda amalga oshiriladi?  

Dehqon  xo’jaligi  oilaviy  mayda  tovar  xo’jaligi  bo’lgani  bois,  oila  a‘zolarining 

shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Ushbu xususiyat uning a‘zolarining huquqiy holatiga ta‘sir 

ko’rsatadi.  O’zbekiston  Respublikasining  ―Dehqon  xo„jaligi  to„g„risida‖gi  Qonuniga 

muvofiq,  dehqon  xo’jaligi  a‘zolari  jumlasiga  oila  boshlig’i,  uning  xotini  (yeri),  bolalari, 

shu  jumladan  farzandlikka  olingan  bolalari,  tarbiyaga  olgan  bolalari,  ota-onalari, 

mehnatga  qobiliyatli  yoshga  etgan  boshqa  qarindoshlari  kiradi  (3-modda).  Qonunda 

dehqon  xo’jaligi  a‘zosi  bo’lish  uchun  quyidagicha  talablar  nazarda  tutilgan:  1)  bir  oila 

bo’lishi;  2)  birgalikda  yashashi;  3)  dehqon  xo’jaligini  birgalikda  yuritishda  qatnashishi 

lozim. Shu bilan bir qatorda Qonunda dehqon xo’jaligi a‘zolari soniga nisbatan talab yoki 

cheklov nazarda tutilmagan. 



 

 

Dehqon xo„jaligi a‟zosi – birgalikda yashayotgan va dehqon xo„jaligini birgalikda 



yuritayotgan  oila  boshlig„i,  uning  xotini  (yeri),  bolalari,  shu  jumladan  farzandlikka 

olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga etgan 

boshqa qarindoshlari. 

46.


 

Dehqon xo‘jaligi a'zolari qanday huquqlarga ega?  

Huquqlari 

dehqon xo’jaligi nomidan  ishonchnomasiz ish ko’rish 

yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish 

ishonchnomalar berish 

bankda hisobvaraqlar ochish 

Majburiyati 

dehqon xo’jaligining hamda uning a‘zolarining manfaatlari himoya qilish 

dehqon xo’jaligining hamda uning a‘zolarining huquqlari amalga oshirilishini 

ta‘minlash 

Huquqlari 

shartnomaga  ko’ra  birgalikda  yoki  yakka  tartibda  foydalaniladigan  daromaddan  o’z 

ulushini olish 

davlat ijtimoiy sug’urtasidan o’tkazilish va ijtimoiy ta‘minlanish 

dehqon xo’jaligida sarflangan ish vaqti mehnat stajiga kiritilish 

Majburiyati 

dehqon xo’jaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi 

47.

 

 Dehqon xo‘jaligini tashkil etish qay tartibda amalga oshiriladi? 



Dehqon xo’jaligini tashkil etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:  

1-bosqich – yer uchastkasini olishga muhtoj bo’lgan fuqarolar dehqon xo’jaligini yuritish 

uchun  yashash  joyidagi  tuman  (shahar)  hokimiga  oilasining  tarkibini  va  yer 

uchastkasining mo’ljallangan joyini ko’rsatgan holda ariza beradi;  

2-bosqich  –  yer  uchastkalarini  berish  (realizatsiya  qilish)  masalalarini  ko’rib  chiquvchi 

komissiyasi arizani ko’rib chiqib, tegishli xulosa taqdim etadi; 

3-bosqich  –  yer  uchastkalarini  berish  (realizatsiya  qilish)  masalalarini  ko’rib  chiquvchi 

komissiyasi  xulosasi  asosida  tuman  (shahar)  hokimi  dehqon  xo’jaligini  yuritish  uchun 

fuqarolarga  yer  uchastkalari  berish  to’g’risida  qaror  qabul  qiladi  yoki  arizachiga  yer 

uchastkasi berish bo’yicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi;  

4-bosqich  –  tuman  (shahar)  hokimining  yer  uchastkasi  berishni  rad  etish  to’g’risidagi 

qarori  ustidan  sudga  yoki  bo’ysunuv  tartibida  yuqori  turuvchi  organga,  mansabdor 

shaxsga shikoyat qilinishi mumkin;  

 

5-bosqich  –  dehqon  xo’jaligi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  davlat  ro’yxatiga 



olinadi  hamda  dehqon  xo’jaligi  boshlig’iga  Yer  uchastkasiga  umrbod  egalik  qilish 

huquqini  beruvchi  davlat  hujjati  hamda  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilganlik  to’g’risidagi 

belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi;  

6-bosqich – fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari har bir dehqon xo’jaligini Xo’jalik 

kitobiga  kiritib,  unda  dehqon  xo’jaligining  tarkibi,  xo’jalik  boshlig’i  yoxud  uning 



 

 

vazifasini  bajaruvchi  shaxs,  shuningdek  xo’jalikning  tashkiliy-huquqiy  shakli 



to’g’risidagi ma‘lumotlarni qayd etib qo’yadi. 

48.


 

 Dehqon  xo‘jaliklari  yer  uchastkalaridan  samarali  foydalanish  sohasida 

monitoring qay tartibda amalga oshiriladi? 

Dehqon xo’jaliklari yer uchastkalaridan samarali foydalanish sohasida monitoringni 

tashkil  etish  masalasi  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2018-yil  18-

martdagi  205-son  ―Dehqon  xo’jaliklari  va  tomorqa  yer  uchastkalaridan  samarali 

foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi qarorida belgilangan. 

Monitoring ishlarini o„tkazish, qoida tariqasida, ekish (mart-aprel, avgust-sentyabr, 

noyabr-dekabr oylari) va parvarishlash davri bo„yicha belgilanadi. 

49.


 

O‘zbekiston  Fermer,  dehqon  xo‘jaliklari  va  tomorqa  yer  egalari  kengashi 

qachon va qanday huquqiy xujjat asosida tashkil etildi?  

O‘zbekiston  Fermer,  dehqon  xo‘jaliklari  va  tomorqa  yer  egalari  kengashi  qachon  va 

qanday huquqiy xujjat asosida tashkil etildi? 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Fermer,  dehqon  xo‘jaliklari  va  tomorqa  yer 

egalarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish,  qishloq  xo‘jaligi  ekin 

maydonlaridan  samarali  foydalanish  tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 

2017-yil  10-oktabrda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Fermer,  dehqon 

xo‘jaliklari  va  tomorqa  yer  egalari  faoliyatini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  tashkiliy 

chora-tadbirlar  to‘g‘risida”  Qarori  asosida  O‘zbekiston  Fermer,  dehqon  xo‘jaliklari  va 

tomorqa yer egalari kengashi tashkil etilgan va uning tuzilmalari, vazifalari va boshqalar 

yuqoridagi qarorda batafsil yoritilgan. 

50.

 

Fermer  xo‘jaligi  faoliyatini  O‘zbekiston  Respublikasining  “Xususiy 



korxona to‘g‘risida”gi qonuni  bilan tartibga solish mumkinmi? 

Ha,  sababi  Qishloq  xo’jalik  korxonalari  faoliyat  yo’nalishlariga  ko’ra  quyidagi 

turlarga  bo’linadi:  qishloq  xo’jaligi  kooperativi  (shirkat  xo’jaligi);  fermer  xo’jaliklari; 

qishloq xo’jaligidagi aksiyadorlik va boshqa xo’jalik jamiyatlari; davlat qishloq xo’jaligi 

korxonalari;  dehqon  xo’jaliklari;  qishloq  xo’jaligida  xususiy  korxonalari;  qishloq 

xo’jaligidagi boshqa korxonalar. Bundan ko’rinib turibdiki, fermer xo’jaligi ham xusisiy 

korxona.    Ushbu  qonunning  1  –  moddasiga  asosan,  Ushbu  Qonunning  maqsadi  xususiy 

korxonalarning  tuzilishi,  faoliyati,  qayta  tashkil  etilishi  va  tugatilishi  sohasidagi 

munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 

 

 



Download 439,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish